holatga kela boshlaydi. Ana shundan so`ng lug`at yodlash jarayoni ishga
tushib ketadi.
Statistikaga murojaat qilamiz. Olimlarning hisob-kitoblariga ko`ra:
- 150ta so`z – Beginner darajasi, ya`ni odatiy suhbatlar uchun yetarli
hisoblanadi;
- 800ta so`z – Elementary darajasi, ya`ni chet elga borib, bemalol
sayohat qilib, u yerdagi insonlar bilan suhbatlashish uchun yetarli;
- 2000-3000ta so`z – Intermediate darajasi, ya`ni talaba darajasi
hisoblanadi. Ushbu darajada siz bemalol gaplashishni boshlaysiz,
bemalol yoza olasiz, bemalol kitoblar o`qiysiz, bemalol filmlarni
tomosha qilib, tushunishingiz mumkin. IELTSdan 5,5 – 6 ball,
CEFRdan B2 darajasini olishingiz mumkin;
- 5000-6000ta so`z boyligi – Advanced darajasi, ya`ni o`qituvchi
darajasi. Har qanday o`qituvchi ushbu darajada bo`lishi shart hamda
5000ta so`z bilishi shart. Ushbu darajada IELTS 7,5 – 8 ball,
CEFRdan C1 darajasini egallash mumkin;
- 10.000ta so`z – Proficiency darajasi, ya`ni professorlar darajasi.
Ushbu darajada siz bemalol ilmiy ishlar qila olasiz, dissertasiya yoza
olasiz hamda ilmiy-texnik kitoblarni o`qishingiz mumkin. IELTS 9
Do'stlaringiz bilan baham: |