Agar soatiga 300tadan so`z yodlashni boshlasangiz, atiga
20 soat
ichida siz bemalol
6000ta so`z yodlab,
Advanced darajasini
egallashingiz mumkin.
Qolaversa, bizda 15 daqiqada 80.000ta so`z yodlash texnikasi mavjud
bo`lib, siz katta miqdorda passiv lug`at boyligiga ega bo`lishingiz
mumkin.
Lug`at yodlash jarayoni 3 qismga bo`linadi: So`zlarni tanlab olish,
ularni eslab qolish, ularni mustahkamlash.
So`zlarni tanlab olishingiz shart emas, eng muhim so`zlarni biz siz
uchun allaqachon tayyorlab qo`yganmiz. Eslab qolish jarayoni ham hal, u
yuqoridagi texnika orqali bo`ladi. Mustahkamlash jarayoni esa eng
muhimi. Sababi, so`zlarni ishlata olish ko`nikmasi shu yerda paydo
bo`ladi. Ushbu jarayon Grammatika bilan birgalikda mustahkamlanadi.
Deylik, siz 5000ta so`z yodladingiz, lekin ularni barchasini ham
qo`llay olmaysiz. Ikki xil lug`at turi mavjud,
passiv hamda aktiv. 5000ta
so`zni siz tushunishingiz mumkin, lekin hammasini ham tarjimasini
bilmaysiz. Undan 3000ta so`zni siz tarjimasini bilasiz va uni tarjima qila
olasiz. Undan 1500ta so`zni siz qo`llay olasiz. Ayni shu so`zlar sizning
aktiv lug`atingiz hisoblanadi, qolgan 3500tasi shunchaki passiv
hisoblanadi. Shu bois, mustahkamlash jarayoni juda muhim, ayni shu
jarayonda barcha so`zlar aktivlashtiriladi. Ya`ni 5000ta aktiv lug`at
boyligiga ega bo`lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: