3.
VI. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalar
Talaba bilishi kerak:
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi
va rivojlanishining nazariy
asoslarini; talab va taklif modeli asosida taqchil
resurslarning taqsimlanish
mexanizmini; raqobatlashgan va raqobatlashmagan
bozorlarning asosiy
xususiyatlari va firmalarning ushub bozordagi harakat qilish qoidalari haqida
tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
(bilim)
talaba bozordagi talab va taklif to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar
asosida bozorni tahlil
qilish va xulosalar chiqarish; statistik ma’lumotlar
asosida talab va taklif funksiyalarini tuzsh va ular asosida bozordagi holatni
tahlil va prognoz qilish bo‘yicha
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
(ko‘nikma)
talaba bozor iqtisodiyotini ishlash va rivojlanish mexanizmi to‘g‘risida;
taqchil resurslarni taqsimlanish tamoyillari to‘g‘risida; talab va taklif asoslari
to‘g‘risida; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to‘g‘risida aniq
malakalariga ega bo‘lishi kerak. (malaka)
4. VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
5. VIII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini
to‘g‘ri
aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar
haqida mustaqil mushohada
yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish,
yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: