Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Download 0.62 Mb.
bet38/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

Sun’iy yoritish manbalari.

Ish bajarish vazifasiga ko‘ra suniy yoritishlar: ishchi yoritilish, avariya yoritilishi va maxsus yoritilishlarga bo‘linadi.

Sanoat korxonalarida unumli ish sharoitini tashkil qilish va ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida ko‘zni toliqishdan saqlovchi yoritish vostalarini tashkil qilish sanoat korxonalari oldiga qo‘yilgan asosiy sanitariya - gigienik talabdir. Bunday sharoit tashkil qilish uchun sanoat korxonalarini yoritish sistemalariga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi.

1.                 Ish joylarini yoritish sanitariya gigienik normalar asosida ish kategoriyalariga moslashgan bo‘lishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish albatta ish sharoitini yaxshilashga olib keladi.

2.                 Ish olib borilayotgan yuzaga va ko‘zga ko‘rinadigan atrof muhitga yorug‘lik bir tekis tushadigan bo‘lishi kerak. Chunki ish olib borilayotgan yuzada va atrof-muhitda yaltiroq uchastkalar mavjud bo‘lsa, unda ko‘zning ularga tushishi va qaytib ish zonasiga qaraganda ko‘zning jimirlashishi va ma’lum vaqt ko‘nikishi kerak bo‘ladi.

3.                 Ish yuzalarida keskin soyalar bo‘lmasligi kerak. Ularning bo‘lishi, ayniqsa soyalar harakatlanuvchi bo‘lsa, ish ob’ektining ko‘rinishini yomonlashtiradi.

4.                 Ishlab chiqarish zonalarida to‘g‘ri yoki nur qaytishi ta’sirida hosil bo‘layotgan yaltirash bo‘lmasligi kerak. Chunki ish zonalaridagi yaltirash ko‘zning ko‘rish qobiliyatini pasaytirib, ko‘zni qamashtirishi mumkin.

5.                 Yoritilish miqdori vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lishi kerak. Yoritilishning ko‘payib-kamayishi ro‘y beradigan bo‘lsa, ko‘zga zarar keltiradi, chunki ko‘z yorug‘lik o‘zgarishlariga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi.

6.                 Yorug‘lik nurlarini optimal yo‘nalish bilan yo‘naltirish kerak, bunda ma’lum holatlarda detalning ichki yuzalarini ko‘rish va boshqa hollarda detal yuzasidagi kamchiliklarini yaxshiroq ko‘rish mumkin.

7.                 Yorug‘likning lozim bo‘lgan spektor tarkibini tanlash zarur. Bu talab materiallarning rangini aniq belgilash zarur bo‘lgan hollarda muhim rol o‘ynaydi.

8.                 Yorug‘lik qurilmalari qo‘shimcha xavf va zararlar manbai bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishini maksimal kamaytirish kerak.

9.                 Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o‘rnatish oson va iqtisodiy samarador bo‘lishi kerak.



Yoritgichlar va ularni joylashtirish.

Yorug‘lik manbalarini tanlashda va ularni bir-birlariga solishtirishda, ularning quyidagi tavsiflaridan foydalaniladi:

1.                 Elektronika tavsifi (uning nominal kuchlanishi va quvvati).

2.                 Yorug‘lik texnikasi tavsifi (lampa nurlantirayotgan nur oqimi, maksimal yorug‘lik kuchi).

3.                 Iqtisodiy va ishlatish tavsiflari: lampaning nur berishi lm/vt bilan o‘lchanib, lampada kelayotgan nur oqimining uning elektr quvvatiga nisbatidan iborat.

4.                 Konstruktiv tavsiflari: kolbaning formasi, cho‘g‘lanuvchi elementning tuzilishi, kolba gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, gazning tarkibi, bosimi va boshqalar.

 

34.Ishlab chiqarishda shovqin va titrash, uning inson organizmiga ta’siri?

Shovqin va silkinishga qarshi ko‘riladigan tadbirlar.

Ishlab chiqarishdagi qattiq shovqinlarni keskin kamaytiradigan yoki yo‘qotadigan choralarga, birinchi navbatda shovqin chiqaradigan texnologik protsesslarni yoki asbob uskunalarni o‘zgartirish kiradi.

Mashinalar, stanoklar va boshqa turdagi mexanik asbob uskunalarning ishlashida shovqin va silkinishni keltirib chiqaruvchi sabablar eng avvalo harakat qilish protsessida ulardagi ayrim qismlarning bir-biriga urilishi, mashinalarning silkinuvchi va aylanib harakat qiluvchi qismlari kiradi. Bu sabablarni yo‘qotishni asbob uskunalarni konstruksiyalash vaqtidan boshlash kerak.

To‘suvchi konstruksiya bilan tovush yutilishini shunday hisoblab chiqish kerakki, devor satxiga urilib aks sado qaytarish natijasida kelib chiqadigan shovqin qattiqligi yoki tezlik darajasi 3 detsibeldan oshib ketmasin. Imkon boricha, shovqinli ishlarni ochiq joylarda bajarish kerak. Shovqinli ishlar bino ichida bajariladigan bo‘lsa, bu binolarni boshqa binolardan alohida qilib qurish kerak. Masalan, nihoyatda shovqin chiqaradigan, sim, mix yasaydigan, to‘qimachilik va shtampovka qiladigan sexlarni shovqinsiz yoki kam shovqinli texnologik jarayonlar joylashgan binolardan ma’lum uzoqlikda alohida qurilgan binolarga joylashtirish kerak. Bu ikkala binolar o‘rtasiga daraxtlar ekilsa ular shovqinning kamayishiga yordam beradi.

Shovqinli sexlarni shovqinsiz yoki kam shovqinli sexlar bilan bir binoga qurish zarur bo‘lgan holda ularning devorlarini va shiplarini tovushni yutadigan, masalan, akustik suvoq, akustik cherepitsa, kigiz, yung va boshqalar bilan qoplash kerak. Akustik suvoq tarkibiga asosiy material sifatida pozma yoki shlak kiradi, mannezit, sement, ohak, gips va boshqalar biriktiruvchi materiallar bo‘lib hisoblanadi.

Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, shovqinni yutuvchi materiallar yordamida shovqin kuchini deyarli 10 marta kamaytirish mumkin ekan.

Shovqin tarqalishining oldini olishda, tovush yutishga qaraganda tovush to‘sish yoki tovush paydo bo‘ladigan joylarda uni tutib qolish katta ahamiyatga ega ekanligi shubxasizdir.

Ishlab chiqarish sharoitda shovqin va silkinishga qarshi kurashish maqsadida mashinalarning titrashi va silkinishini yo‘qotishga harakat qilish kerak.

Kuchli shovqin chiqaradigan va silkinadigan mashinalarni yumshoq materiallardan, masalan moskalitdan (kigiz va probkalarning kombinatsiyasi) ishlangan maxsus poydevorga o‘rnatiladi. Shunda ham poydevorlar binoning boshqa qismilaridan havo qatlamlari bilan ajralib turishi kerak. Elektr dvigatellarni moskalit va rezinadan ishlangan yumshoq tayanchga o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.

Ishchilar organizmiga silkinishning ta’sirini kamaytirish yoki uni tamoman yo‘qotishga polning tebranish davriga qaraganda uzoqroq tebranib turadigan supacha-amortizatorlarni qo‘llash bilan erishish mumkin, bunda tebranish ishchi kuchiga ta’sir qilmaydi. G‘ildiraklar, turbinalar va shunga o‘xshash asbob uskunalarning aylanadigan qismlari kuchli silkinish hosil qilmasligi uchun mumkin qadar ularni bir taraflama emas, balki ikki tomonlama tayanchlarga o‘rnatish kerak. Bu ayniqsa katta hajmdagi asbob-uskunalar, masalan, yuqori nomerli markazdan qochirma ventilyatorlarning g‘ildiraklari uchun muximdir. Masalan, shofyorlarda, uchuvchilarda, traktorchi, kombaynchi va shunga o‘xshashlarda o‘rindiqdan o‘tadigan silkinishlarni turli xildagi yumshoq narsalarni, yostiqcha prujina va boshqalarni qo‘yib kamaytirish kerak.

Shovqin va silkinishni organizmga ta’sirini kamaytirishda ishchilarni mehnat qilish rejimi e’tibor berib va normal mehnat sharoitini tashkil etish kerak.

Shovqin va silkinishga qarshi kurashda maxsus kiyimlar ham muhim ahamiyatga ega. Quloqni shovqindan himoya qilish uchun maxsus antifonlar, silkinishga qarshi maxsus oyoq kiyimlari va qo‘lqoplar beriladi. Silkinadigan asboblarni ushlanadigan joylari rezina bilan qoplangan bo‘lishi kerak.

Shovqinli va silkinishli ishlarda ishlaydigan ishchilar vaqti-vaqti bilan meditsina ko‘rigidan o‘tib turadilar. YAngi qabul qilinadigan ishchilar esa maxsus meditsina ko‘rigidan o‘tishi zarur.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling