50.Yadroviy qurollar, ularning ta’sir etish omillari?
Qirg'in qurollar deganda juda katta miqyosda vayronagarchilik va yo'q qilish uchun mo'ljallangan qurollar tushuniladi. Bunday qurollar qatoriga yadroviy. kimyoviy, biologik, nurli va boshqa qurollar kiradi. Qirg'in qurollari nafaqat insoniyatni, balki atrof-muhitni, inshootlarni, kiyim-kechaklami, moddiy boyliklami shikastlantiradi. Bunda albatta. zararlanish darajasi, qirg'in qurollarining turiga, xususiyatlariga bog'- liq. Jumladan, yadroviy qurollar tirik mavjudotlami ham, jarniki inshoatlar, texnikalaml qattiq shikastlantiradi. Kimyoviy qurollar ta'sir etgan jarniki mavjudotlar moddiy resurslami zaharlab, oldingi holatiga qaytarib bo'lmaydigan darajaga tushirib qo'yadi, ya'ni zaharlaydi. Biologik qurollar asosan tirik mavjudotlarda, kuchIi kasallik tarqatish orqali qo'yilgan maqsadga erishiladi. Yadroviy qurollar: yadro zaryadidan, qurolni nishonga yo'naltiruvchi qismdan va qurolni boshqaradigan qismidan tashkil topgan. Yadroviy aslahalar turli xiI ko'rinishlarda: bomba, mina, snaryad, raketa va torpedolaming jangovar qismida va boshqa ko'rinishlarda tayyorlanadi. Yadroviy quroUaming ishlashi zanjirli reaksiya natijasida (tennoyadro reaksiyasi asosida parchalanadigan og'ir yadrolar va yengil yadrolar, vodorod va boshqa element izotoplarining hosil bO'lishi) hosil bo'ladigan ichki yadroviy energiyalaming hisobiga amalga oshadi. Yadroviy qurollaming kuchi trotil ekvivalenti bilan o·lchanadi. Bu degan so'z oddiy portlovchi modda trotil (trinitrotoluol) portlaganda ajraladigan energiya miqdori o'sha portlovchi moddaning portlash kuchiga ekvivalentdir. Trotil ekvivalenti tonna (t.), kilotonna (kt.) va megatonna (Mt.) bilan o·lchanadi. Yadro qurolidagi portlovchi moddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati 1 kt-gacha), kichik (1-10 kt), o'rtacha (l0-100 kt), katta (100 kt- 1 Mt) vajuda katta (1 Mt dan yuqon) turlariga bo'linadi. Yadroviy qurollarning vayronagarchilik darajasi qurolning turiga, quvvatiga, joylashgan o'miga, portlash sharoitiga, inshootlarning himoyalanish darajasiga qarab va boshqa sabablar bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |