Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Jazirama issiq kunlarda qanday saqlanish kerak?


Download 0.62 Mb.
bet54/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

60.Jazirama issiq kunlarda qanday saqlanish kerak?

Jazirama issiq - bir necha kunda o‘rtacha havo haroratining 10 va undan yuqori gradusga ko‘tarilishini anglatadi.Xavfi shundan iboratki, inson tana harorati 37.1oS dan ko‘tarilishi, yoki tana haroratining 38.8oS ga ko‘tarilib inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Inson tana haroratining ko‘tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqqa olib keladi. Keyinchalik, hushdan ketish, nafas qisishi va yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

Jazirama issiqqa tayyorgarlik choralari.

Suv zaxirasini yaratish uchun qo‘shimcha idishlarga suv to‘ldirib qo‘ying. Issiq kunga mo‘ljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunalarni (ventilyator, konditsioner) tayyorlab qo‘ying. Agar siz qishloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, shiyponlar, quduqlarlardan, shuningdek derazalar uchun qalin pardalardan foydalaning. Ichimlik suvidan unumli foydalaning.

Jazirama issiq harorat ta’siridan saqlaning. Och rangdagi, havo o‘tkazuvchi (iloji bo‘lsa paxta xomashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalaning.

Yodda tutingki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan harakatlaning, iloji boricha soya joylarda bo‘lishga harakat qiling. Pivo va boshqa alkogol mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, bu organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Issiq kunda shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, qo‘shimcha tuzli maxsulotlar va meva, sabzavotlardan iste’mol qiling.

Jazirama issiq natijasida oftob urganda zudlik bilan soya joylarda saqlaning, zudlik bilan dush qabul qiling yoki shamol bor joyga o‘ting va asta-sekinlik bilan ko‘proq suv iste’mol qiling. Oftob urushidan saqlanish maqsadida iloji boricha badaningizni sovutishga harakat qiling.

Jazirama issiq kunda yong‘in xavfi kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting.



Issiq kunda nima qilish kerak

1.                 Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me’yorlashtirishiga qulay sharoitlar yaratadi. Issiq kunda suv iste’mol xajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste’mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lganlar, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.

2.                 Eng issiq paytda - 12-00 dan 16-00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikka harakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtiring-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo‘ling.

3.                 Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona haroratiday bo‘lishi kerak. Muzdek suv bilan yuvinish esa, tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.

4.                 Albatta, ochiq suv xavzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish ta’qiqlangan xavzalarda cho‘milish qat’iyan man etiladi.

5.                 Ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qiling. Bunday issiq kunda kamharakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

6.                 Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste’mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste’mol qilmang, ammo baliq va sabzavot mahsulotlaridan voz kechmang. Sutli mahsulotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozimki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste’molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan mahsulotlarni sotib olmaslik kerak.

7.                 Albatta taomlarni tuz bilan tanovvul qiling chunki, yuqori haroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.

8.                 Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga harakat qiling.

9.                 Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob urishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.

Bunday issiq kunda, konditsionersiz iloji yo‘q. Ammo kun bo‘yi konditsioneri bor bo‘lgan xonada bo‘lsangiz ham, shunday joylashing-ki undan chiqayotgan sovuq havo to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga ta’sir qilmasin.

61. .Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari?

2000 yilning 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi (FM) sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi. Qonun 5 ta bo‘lim, 23 moddadan iborat.Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;

fuqaro muhofazasi xizmati — fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo‘linmalar majmui;

himoya inshootlari — aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirg‘in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo‘ljallangan muhandislik inshootlari majmui;

fuqaro muhofazasi kuchlari — qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funksional va ob’ekt tuzilmalari.

Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat:

- aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;

- ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;

- boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;

- xalq xo‘jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;

- aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;

- fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash;

- aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o‘tkazish;

- aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;

- radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;

- qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;

- harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;

- aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

Fuqaro muhofazasi xizmatlari va kuchlari.

Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek ob’ekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi.

Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo‘shinlari tuzilmalaridan tarkib topadi.

Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo‘linmalari ham jalb etilishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.

Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- zararlanish o‘choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;

- qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish;

- aholini va xalq xo‘jaligi ob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;

- aholi hayot faoliyatini ta’minlash ob’ektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.

Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish prinsipiga ko‘ra tashkil etiladi.

Fuqaro muhofazasi tuzilmalari:

bo‘ysunuviga ko‘ra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi) hamda ob’ekt (xalq xo‘jaligi ob’ektlaridagi) tuzilmalariga;

belgilangan vazifasiga ko‘ra — umumiy maqsaddagi (zararlanish o‘choqlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni o‘chirish, jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga bo‘linadi.

Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko‘rsatmasiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironlari, homilador ayollar, sakkiz yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, o‘rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.

Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi byudjetdagi tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan, tashkilotlarda esa - o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

62. Davlat organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari?


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling