Changak, bolta va lomdan foydalanish qoidalari:
- changak pollarni ochish, panjaralarni ajratish, turli materiallarni chiqarib tashlash, yong’in sodir bo’lgan joyni tozalash uchun ishlatiladi. Hozirda asosan uzunligi 3 metr, og’irligi 6 kilogrammdan oshmagan metaldan tayyorlangan changaklardan foydalaniladi;
- bolta va lom eshiklarni ochish, panjaralarni ajratish va pollarni buzish uchun ishlatiladi.
Konussimon chelak, suv va qum to’ldirilgan idishlardan foydalanish:
- chelak suvga to’ldirilib olovning ustiga sepiladi;
- kurak yordamida olov ustiga qum sepiladi yoki olovni tarqalib ketishini cheklash maqsadida perimetr bo’ylab tashlab chiqiladi;
- kichik ko’lamli yong’inlarni o’chirishda qalin jundan to’qilgan materiallarni (namat, kigiz) yonayotgan buyumlar ustiga yopib kislorod kirishini bo’g’ish (to’xtatish) va yong’inni o’chirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |