Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Yong’inga qarshi suv kranlaridan foydalanish qoidalari


Download 0.62 Mb.
bet79/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

Yong’inga qarshi suv kranlaridan foydalanish qoidalari:

- yong’inga qarshi shkafni ochib yong‘in o‘chirish yenglari (shlangalarni) yoyish (tarqatish); ularni suv kranlariga ulash; suv kranlarini ochish; yonayotgan joyga stvolni to’g’rilab suv purkash orqali yong’inni o’chirish mumkin.

Elektr tokidan zararlanishni oldini olish maqsadida stvolni kuchlanish ostida bo’lgan elektr o’tkazgichlar, vositalar va jihozlariga to’g’rilash taqiqlanadi. Buning uchun birinchi navbatda elektr kuchlanishini o’chirish talab etiladi.

80- Yong‘in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi.

Yong’in sodir bo’lganda odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida shoshilinch evakuatsiya tadbirlari o’tkaziladi. Bunda evakuatsiya vaqti (tev) o’ta mihim ko’rsatkichlardan biri sanaladi va u xavfli yong’in omillari chiqish yo’llarini to’sib qo’yishi mumkin bo’lgan vaqtdan ko’p bo’lmasligi kerak. Ta’lim muassasalarining ko’pgina binolari, inshootlari va binolari uchun bu vaqt tegishli usullar yordamida hisoblanadi va 4 minutdan 10 minutgacha bo’lishi mumkin.

Evakuatsiya vaqtini hisoblash quyidagicha ifodalanishi mumkin:

tev = tav + txv + tyv + thv,

Bu yerda:

tev - odamlarni xavfli zonadan evakuatsiya qilish vaqti;

tav - yong’in belgilarini aniqlash vaqti;

txv - xabar berish vaqti, ya’ni odamlarni yong’in sodir bo’lganligi va favqulodda evakuatsiya zarurligi to’g’risida ogohlantirish vaqti;

tyv - yig’ish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqti;

thv - odamlarning xavfsiz hududga qarab harakatlanish vaqti.

Yong’in belgilarini aniqlash vaqti (tav) - tashkiliy va texnik tadbirlar majmui bilan belgilanadi: navbatchi kuchlar va vositalar, xabar berish (signalizatsiya) tizimlarining mavjudligi, yong’in hodisasi to’g’risida qaror qabul qilish algoritmlari va boshqalar. Vaqtning yuqori darajasi yong’inni aniqlash va xabar berish oralig’idagi davr davomiyligi bilan belgilanadi va odamlarni evakuatsiya qilish to’g’risida qaror qabul qilish tezligiga, ogohlantirish tizimining tayyorligi va ishonchliligiga va boshqa omillarga bog’liq.

Yig’ilish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqti (tyv) - asosan yong’indan xabar berish (signalizatsiya) tizimining turiga bog’liq. Misol uchun, agar yong’in to’g’risida ovozli xabar uzatilsa, taxminan bir daqiqadan so’ng odamlarni evakuatsiya qilish boshlanadi. Agar yong’in xaqidagi xabar qo’ng’iroqlar, rangli signallar va boshqalar orqali uzatilsa, yig’ish va evakuatsiya uchun tayyorgarlik vaqti 4 daqiqadan ko’proq vaqt olishi mumkin.

Yig’ilish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqti (tyv) quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

1. Yong’in to’g’risidagi xabarning ishonchliligi tekshirish (aniqlash).

2. Uskunalarni o’chirish, hujjatlar va materiallarni yig’ishtirish, kiyinish.

3. Evakuatsiya yo’llarini qidirish.

4. Chalkashlikliklarga olib keluvchi ma’lumotlar bilan bog’liq noto’g’ri harakatlar.

Yig’ilish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqtni xodimlarni yong’in tartib-qoidalariga o’rgatish, evakuatsiya yo’llarini belgilash, doimiy tarzda o’quv mashq va mashg’ulotlari o’tkazish yo’li bilan qisqartirish mumkin.

Umuman olganda, bino va inshootlarda odamlarning harakatlanishi zaruriy funksional jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni amalda oshirishda odamlarning harakati me’yoriy yoki majburiy holda bo‘lishi mumkin. Birinchisida odamlarning bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj yuzasidan normal harakatlanishi bilan ifodalansa, ikkinchisida bino va xonalardan yong‘in yoki zilzila sharoitida odamlarni xavfli muhitdan xavfsiz joyga majburiy ko‘chish uchun mo‘ljallangan harakati tushuniladi. Majburiy evakuatsiya jarayoni ikkita yoki to‘rtta pog‘onada o‘tkaziladi.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling