IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar sizlarni yangi mavzuni qay darajada o’zlashtirganliklaringizni “Ajratish usuli” va “Xotira mashqi” o’yini orqali bilib olamiz.
“Ajratish usuli”
Bu usulda kompyuter qurilmalariga oid atamalar ustun shaklida beriladi.
Tayanch so’zlar
Klaviatura
Monitor
Skaner
Sistemali blokModem
Printer
Plotter
Sichqoncha
|
O’quvchilar so’zlarni ajratishda “T” usulidan foydalanishadi. (2 nafar o’quvchi doskaga, chiqib doskada ishlaydilar)
“Xotira mashqi” o’yini (Bu o’yin shartiga ko’ra o’quvchiga ko’rsatilgan texnik vositalarni raqami bilan birgalikda xotirasiga saqlagan holda aytib berishi kerak )
5-bosqich.
V. O’QUVCHILARNI BAHOLASH VA XULOSALASH
O’qituvchi: Endi baholanmagan o’quvchilarni baholaymiz. Avtopley dasturi yordamida yaratilgan o’quv qo’llanmadagi Quizmaker dasturi yordamida tuzilgan o’tilgan mavzu bo’yicha testni ishlaydilar. Testimiz 10 tadan iborat, dastur o’zi o’quvchilarni baholaydi.
Har gal kompyuterdan foydalanganingizda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishni va jismoniy mashqlar bajarishni esda tutishingiz lozim. Zero, siz yoshlar Vatanimizning kelajagi, sizlar O’zbekistonimizni yuksaklarga ko’taradigan, uni ko’z qorachig‘iday asrab rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiquvchilarsiz. Bunga ishonchim komil. Men mamnuniyat bilan darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni a’lo, yaxshi baholar bilan taqdirlashni lozim deb topdim. Darsda ishtirokingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. (Baholangan o’quvchilarning ismi va familiyalari o’qib beriladi)
6-bosqich.
Do'stlaringiz bilan baham: |