Barchangizni ana shu quvonchli voqea bilan chin qalbimdan tabriklayman, deydi Shavkat Mirziyoyev


Download 199.06 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi199.06 Kb.
#1291232
  1   2   3
Bog'liq
14-22 Gurux talabalari Ne`matova Iroda va Yusufova Rushana ning tuzgan gazeta lavxasi


Bugun, 27 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga safarini Karmana tumanidan boshladi. Davlat rahbari bu yerda barpo etilgan yangi quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish marosimida ishtirok etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev stansiyaning ochilish marosimida nutq so‘zlab, bu inshoot Karmanada “yashil energetika”ga o‘tishdagi ilk qadam ekanini ta’kidladi.

Barchangizni ana shu quvonchli voqea bilan chin qalbimdan tabriklayman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu loyiha doirasida qisqa muddatda 110 million dollar investitsiyalar o‘zlashtirilib, 300 mingta quyosh panellari o‘rnatilgan.
Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu stansiya Yangi O‘zbekiston energetika tizimidagi birinchi mana shunday ulkan qadam, ta’bir joiz bo‘lsa, “birinchi qaldirg‘och” bo‘lib, soha rivojida mutlaqo yangi davrni boshlab berayotganini ta’kidladi.
Ma’lumki, yurtimizda bir yilda o‘rtacha 320 quyoshli kun kuzatiladi. O‘lkamizni bejiz “Serquyosh O‘zbekiston” deb atashmaydi.
Lekin shu paytga qadar ana shunday ulkan salohiyatdan foydalanish masalasi e’tiborimizdan chetda qolib kelayotgan edi”, degan Prezident Mirziyoyev.
«Odamlarimiz o‘zgarishlarni o‘z kundalik hayotida his qila boshladi. Birgina misol, Navoiyda oxirgi uch yilda 2 milliard dollarlik yirik sanoat loyihalari ishga tushdi. Buning natijasida 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi, yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport paydo bo‘ldi. Yaqinda ishga tushgan «Balpan-tog‘» va «Tomdi-buloq» konlaridan yiliga 3 million tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi.
Shuningdek, mamlakatimiz faxri bo‘lgan «Navoiy kon metallurgiya kombinati»da «Turbay koni»ni kengaytirish bo‘yicha 130 million dollarlik loyihani ishga tushirish arafasida turibmiz, «Pistali koni»da oltinni qayta ishlash bo‘yicha 275 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda (60 foiz ish bajarilgan).





Karmanada 35 million dollarlik kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi, Qiziltepada 10 million dollarlik qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi hamda Tomdida 70 million dollarlik fosforit ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Kelgusi yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianid tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi.
Dehqonlarimiz ham ulkan xirmon ko‘tarishdi. Agar har bir xonadon boy va baxtli bo‘lsa, mamlakat ham farovon bo‘ladi», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tashrif davomida prezident sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishishi, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda xalq bilan muloqot rejalashtirilgan.

Download 199.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling