3-Laboratoriya ishi: Zanjirli reaksiya asosida poliakril kislota sintez qilish va uning eruvchanligini aniqlash Ishning maqsadi


Download 81.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi81.14 Kb.
#1468699
Bog'liq
4 laboratoriya



3-Laboratoriya ishi: Zanjirli reaksiya asosida poliakril kislota sintez qilish va 
uning eruvchanligini aniqlash 
Ishning maqsadi: Poliakril kislotasini sintez qilish bo‘yicha keng qamrovli bilim 
va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Reaktivlar: Ingibitordan tozalangan, yangi haydalgan akril kislota (50 ml), zanjirli 
polimerlanishni amalga oshirish uchun initsiator – benzoil peroksidi (5 g), 
erituvchilar: kaliy yoki natriy gidroksid eritmasi, distillangan suv, formalin, etil yoki 
metil spirti. 
Jihozlar: Spirt lampasi (4 dona), probirka (4 dona), 5 mlli pipetkalar (2 dona), shisha 
voronkalar (2 dona), analitik tarozi.
Tajribaning borishi
A) Poliakril kislotasi sintez qilish.
4 dona probirka olinadi va ular alohida-alohida holda shtativga mahkamlanadi. 
Shtativga mahkamlangan probirkalarning barchasiga mos ravishda shisha 
voronkalar joylashtiriladi. Yangi haydalgan akril kislotasi solingan sklyankadan bir 
xil miqdorda, ya’ni 3-4 mldan pipetka orqali o‘lchab olib, mos ravishda 
probirkalarga quyiladi, va ularning ustiga benzoil peroksididan (1% gacha miqdorda 
tarozida o‘lchab) qo‘shiladi. Shundan so‘ng shtativlardagi probirkalarni qiya holatga 
keltiriladi va spirt lampasi yordamida qizdiriladi. Qizdirish sekinlik bilan amalga 
oshirilishi talab etiladi. Qizdirish boshlangandan ma’lum vaqt o‘tgach, 
probirkalardagi modda ko‘pirib quyuqlashadi, ya’ni akril kislotasi erkin radikalli 
mexanizm asosida polimerlana boshlaydi. Shundan so‘ng qizdirish to‘xtatiladi va 
spirt lampasi olib, probirkalar sovitiladi.
Natijada shishasimon poliakril kislota hosil bo‘ladi. 4 ta probirkadan birinchisi 
sovugandan so‘ng sindirib, qattiq polimer ajratib olinadi, tarozida tortiladi va 
monomerga nisbatan % hisoblanadi.
Umumiy holda akril kislotasidan poliakril kislota hosil bo‘lishini quyidagicha 
yozish mumkin: 


B) Poliakril kislotasining eruvchanligini aniqlash. 
Tajribaning birinchi qismida akril kislotasi va benzoil peroksid inisiatori 
ishtirokida sintez qilingan poliakril kislotasining eruvchanligini aniqlash uchun, 
qolgan 3 ta probirkalarni yana shtativga tik holatda mahkamlanadi.
Birinchi probirkadagi polimer ustiga 10-15 ml chamasi distillangan suv
ikkinchisidagi polimer ustiga shuncha miqdorda kaliy yoki natriy gidroksidlarning 
eritmasi va uchinchisiga formalindan solinadi. Vaqt o‘tishi bilan probirkalardagi 
polimer eriy boshlaydi. Ularning qanday tezlikda erishi mumkinligi (20, 40, 60 va 
90 minut) davomida kuzatiladi. Alohida ajratib olingan poliakril kislotasidan oz 
miqdor olib, biror kislotada eruvchanligini tekshirish ham mumkin. Olingan natijalar 
asosida hisobot yoziladi.
Topshiriqlar:
1. Tajriba haqida hisobot yozing.
2. Tajribaning reaksiya tenglamasi yozing.
3. Hosil bo‘lgan poliakril kislotasining miqdori aniqlang.
4. Zanjirli reaksiyalarni qanday ketma-ketlikda amalga oshishini misollar
asosida izohlab bering. 

Download 81.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling