6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar. Tirik sistemalarda erkin radikallarning hosil bo‘lish jarayonlari


Download 191 Kb.
bet1/6
Sana27.10.2023
Hajmi191 Kb.
#1727958
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar. Tirik sistema


6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar.

Tirik sistemalarda erkin radikallarning hosil bo‘lish jarayonlari. Oziq moddalarning kimyoviy energiyasidan foydalaniladigan ba’zi jarayonlarda, yorug‘lik kvantlari, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlar ta’sirida organizmda erkin radikallar vujudga keladi. Erkin radikal deganda, molekulyar orbita yoki tashqi atom orbitasida juftlashmay qolgan elektronlar va shunga ko‘ra o‘z magnit momenti bo‘ladigan molekula yoki molekula qismi tushuniladi. Doimiy magnit maydonidagi ana shunday molekulalar o‘z magnit momentining yo‘nalishiga yarasha uning uzunasiga qarab joylashadiki, bu ularni aniqlab olishga imkon beradi.
Tarkibida erkin radikallari bo‘lgan moddalar paramagnit moddalar deb ataladi. Temirli birikmalarning ko‘pchiligi, ikki valentli mis tutadigan moddalar va boshqalar paramagnit moddalar jumlasiga kiradi. Ba’zi moddalar, masalan, kislorod juft sondagi elektronlarga ega bo‘lsada, tashqi orbitasida juflashmagan ikkita elektroni bo‘ladi va shuning uchun bular ham paramagnit moddalar hisoblanadi. Erkin radikallar yuksak kimyoviy faollikka ega. Tekshirilayotgan to‘qimalardagi juftlashmay qolgan elektronlar konsentratsiyasi bilan almashinuv jarayonlarining darajasi o‘rtasida hayron qolarli darajada muvofiqlik borligi aniqlangan. Erkin radikallar biopotensiallarning kelib chiqishida muayyan rolni o‘ynaydi – erkin radikallar konsentratsiyasi bilan potensiallar ayirmasi o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘lanish bor. So‘nggi vaqtlarda erkin radikallarning kanserogenezda muayyan darajada ishtirok etishini ko‘rsatadigan talaygina ma’lumotlar mavjud.
Erkin radikallarning organizmdagi asosiy manbai almashinuv jarayonlaridagi ko‘pdan-ko‘p oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida kuzatiladigan bir elektronli ko‘chishlardir. Ma’lumki, oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining asosida elektronlarning molekulalar yoki ionlar orasidan ko‘chib, ular zaryadining o‘zgarib qolishi yotadi. Chunonchi, gidroxinon (I) ning xinon (II) gacha oksidlanish jarayoni negizida 2 ta elektronning yo‘qolishi yotadi. Biroq, Mixaelis ko‘rsatib berganidek, bu elektronlarning ko‘chishi bir yo‘la yuzaga chiqmasdan, balki avval ularning biri, keyin ikkinchisi yo‘qoladi. (I) yoki (Ia) va (II) bosqichlar o‘rtasida erkin radikal bo‘lmish yarimxinon yoki semixinon hosil bo‘ladigan oraliq bosqich mavjud. Erkin radikallar ko‘pchilik hollarda turg‘un bo‘lmagan va tez yo‘qolib ketadigan oraliq birikmalardir. Lekin maxsus metodlar bilan ularni qayd qilish mumkin. Odam organizmida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida (vitamin B2 va ba’zi bo‘yoqlar) erkin radikallar ishtirok etishini qayd qilish mumkin bo‘ldi. Erkin radikallarning biologiyadagi rolini L.A.Blyumenfeld va L.M.Kayushinlar o‘rganishgan.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling