6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar. Tirik sistemalarda erkin radikallarning hosil bolish jarayonlari
Download 191 Kb.
|
6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar. Tirik sistema
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlamchi radikallar
- Ikkilamchi radikallar
10.3-jadval.
Tirik organizmlar hujayralarida hosil boluvchi erkin radikallar (Y.A.Vladimirov)
Hujayralarda hosil boluvchi asosiy radikallar bu kislorodning superoksid va gidroksil radikallari, NO, toyinmagan yog kislotalar radikallari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, sifatsiz dorilar tasirida yoki ultrabinafsha tasirida hosil boladigan radikallardir. Kislorodning radikallari. Organizm hujayralarida istemol qilingan molekulyar kislorod, asosan, mitoxondriyalar ichki membrnasi elektronlar tashish zanjirida organik substratlarni oksidlaydi va togridan togri suvgacha qaytariladi. Kislorodning malum ozgina qismi esa organik birikmalarning tola bolmagan oksidlanishiga sarflanadi. Va nihoyat, kislorodning sezilarli qismi superoksidlash radikaligacha hujayralar yordamida tiklanadi. Fagotsit hujayralardagi NADFN- oksidaza ferment kompleksi ishtirokida kislorod radikali superoksid ajraladi. NADFN + 2O2→ NADF+ + 2O*- (superoksid). Qonning monotsitlari va granulotsitlari hamda to‘qima makrofaglarida superoksid hosil bolishi kuzatilgan. Meyorda va ozgaruvchan valentlikdagi metall ionlari yoq bolgan sharoitda (masalan, temir ionlari), superoksid radikallari vodorod perekisiga aylanadi; bu reaksiya superoksiddismutaza fermenti bilan katalizlanadi: 2O*-→H2O2 + O2 Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling