BARG MORFOLOGIYASI. BARGNING ANATOMIK TUZILISHI tuzilishi.
Ma’ruzaning maqsadi: Barg vazifasi,uning qismlari. Bargning poyada joylanishi.Oddiy va murakkab barglar, qiyofasini o‘zgartirgan barglar, bargning ichki tuzilishi to‘g‘risida tushuncha beriladi.
Ma’ruzaning rejasi:
1.Barg vazifasi
2.Barg qismlari
3.Barg plastinkasining tuzilishi
4.Bargning poyaga joylanishi
5.Murakkab barglar
6.Barg metamorfozasi
7.Barg ichki tuzilishining xillari
8.Barg ichki tuzilishining o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liqligi
9.Dorzoventral barg anatomiyasi
10.Izoloterial barg anatomiyasi
11.Radial barg anatomiyasi
BARG MORFOLOGIYASI-Folium .
Barg o‘simligining asosiy vegetativ organi bo‘lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug‘ embrionidan yoki kurtakdan o‘sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o‘sadi. Ba’zi o‘simliklarda ma-salan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o‘sadi. Ko‘pchilik o‘simliklar bargi baxorda chiqib kuzda to‘kiladi. Ba’zi o‘simliklarning bargi esa bir necha yil to‘kilmasdan turadi. Masalan: qarag‘ayning bargi 3 yil,archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o‘simlikning bargi 100 yil to‘kilmasdan tura oladi. Barg asosan 2 qismdan iborat:
1.BARGNING BANDI (Chereshok)
2.BARGNING PLASTINKASI
Go'za bargi: 1-barg tomirlari, 2-barg yaprog'i, 3-barg bandi.
Ba’zi o‘simliklarning bargi bandsiz bo‘ladi, (sidyachiy list) Masalan, ko‘knorining bargi. Ba’zi o‘simliklarning bargi qinli (Vlagalishniy list). Masalan: G'alladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o‘simliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |