Barg morfologiyasi. Bargning anatomik tuzilishi. Ma’ruzaning maqsadi


Download 301.48 Kb.
bet6/6
Sana07.03.2023
Hajmi301.48 Kb.
#1247599
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QODIROV ERKIN

Radial barg.
Qarag‘ayning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, boshqa barglarga o‘xshash epidermis bilan qoplangan. Epidermis xujayralarining po‘sti qalin, tashqi tomondan kutikula bilan qoplangan. Ustitsalar epidermisda chuquroqda joylashgan. Epidermisni ichkari tomonida mexanik to‘qima Gipoderma joylashgan. Gipoderma bargga qattiqlik berishdan tashqari, epidermis shikastlanganda qoplog‘ichlik vazifasini bajarib turadi. Bargning assimilyatsion to‘qimasi chokli parenxima (skladchataya parenxima)dan tashkil topgan.Chokli parenximada xujayra ichkari tomonga kiradi. Assimilyatsion to‘qima bargning po‘stloq qismiga joylashgan. Bargning po‘stloq qismida smola yo‘llari bor. Smola yo‘li atrofida 2 qavat xujayralar joylashgan.1 qavati tirik xujayralardan iborat bo‘lib, uni Epitelial xujayra deyiladi. Ba’zi olimlarning fikricha epitelial xujayralar smola ishlab chiqaradi. Epitelial xujayra atrofida mexanik to‘qimaga kiruvchi o‘lik xujayralar joylashgan. Bargning markaziy qismi ichkari tomoniga joylashgan. Markaziy qismida asosiy to‘qima, mexanik to‘qima sklerenxima hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarida floema ksilemaning yuqori tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyaga o‘xshab) Qarag‘ay ochiq urug‘li o‘simliklarga kirgani uchun o‘tkazuvchi to‘qimada suv naylari bo‘lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi, ya’ni suv va suvda erigan moddalar traxeidlar orqali o‘tib turadi.
Download 301.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling