Barkamol avlod o'yinlarida futbolning taraqqiyoti Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Barkamol avlod o'yinlarida futbolning taraqqiyoti hamda rivojlanishi
II Bob Futbol musobaqalari va ularni o‘tkazish haqidagi “Nizom”
Download 0.55 Mb.
|
Barkamol avlod o\'yinlarida futbolning taraqqiyoti
II Bob Futbol musobaqalari va ularni o‘tkazish haqidagi “Nizom”.
2.1. Barkamol avlod o'yinlarida futbolning taraqqiyoti musobaqalarni rejalashtirish va ularning turlari. Futbol musobaqalarini o‘tkazish amaliyotida musobaqaga rahbar tashkilot, qatnashuvchilar haqida ma’lumot, uning o‘tkazish muddati, sovrinli o‘rinlar, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari egallaydigan barcha keyingi o‘rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o‘tkazishdan avval musobaqa haqidagi nizom tuziladi. Ushbu nizomlar futbol Federatsiyalari yoki musobaqalarni o‘tkazuvchi tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Hamisha musobaqa haqidagi “Nizomi” katta yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo‘ladi. “Nizom” o‘quv-mashg‘ulot ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliy - uslubiy tayyorgarligi bo‘lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanib, musobaqada qatnashuvchilarga tarqatiladi. Musobaqani o‘tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi, aks holda mazkur musobaqani o‘tkazayotgan tashkilotni obro‘yiga putur yetadi va keraksiz nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Musobaqaning katta yoki kichikligidan qat’iy nazar asosan g‘oliblarni aniqlash, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalarni yoki jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar jamoalar bo‘yicha hisobga olinganda) egallaydigan barcha keyingi o‘rinlari aniqlanadigan biron - bir rasmiy musobaqa o‘tkazishdan avval musobaqa haqidagi “Nizom” tuziladi. Bu “Nizom” futbol Federatsiyasi yoki musobaqani o‘tkazuvchi tashkilot (kollej direktori) tomonidan tasdiqlanadi. Musobaqa haqidagi nizom musobaqalar boshlanishidan ancha oldin unda ishtirok etuvchi jamoalarga yetkazilishi shart. Musobaqalar haqidagi “Nizom” da quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak: 1. Sport turi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak bo‘lgan musobaqaning maqsadi va vazifalari. 2. Mazkur musobaqani kim tomondan o‘tkazilishi (federatsiya, tashkiliy komitet va h z). 3. Bo‘lib o‘tadigan musobaqani aniq o‘tkazish muddatlari va kerakli shartlari. 4. Musobaqaga qo‘yilishi kutiladigan jamoalarning soni va ularning nomlari, talabnomaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal va minimal miqdori. 5. Musobaqalar o‘tkaziladigan o‘yin tizimi (davralari – bir yoki ikki davrali, mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketiladigan, aralash tizimlar). 6. Hisobga olish tizimi va jamoalarning hamda jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar jamoalar bo‘yicha hisoblanganda) egallagan o‘rinlarini aniqlash tartibi. 7. Musobaqalarning alohida shartlari (qanday holatlarda o‘yinda qo‘shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o‘yin durang bilan tugallanganda yoki o‘tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo‘lganda g‘olibni aniqlash usullari (11 – metrlik jarima to‘pi tepish), o‘yin qoidalarida ko‘rsatilgandan tashqari nechta o‘yinchi almashtirish mumkinligi va hokazolar). 8. Jamoalarning va musobaqa qatnashchilarining rasmiylashtirish tartibi, shakli, o‘yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati. 9. Musobaqalar uchrashuvlarini olib boradigan hakamlar jamoasining (brigadasining) nomi. 10. O‘tkazilgan o‘yinga norozilik bildirish, uni ko‘rib chiqish, shuningdek, o‘yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan intizomiy choralar masalalarini o‘z vaqtida qarab chiqish tartibi. 11. O‘yinchilar intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda stadion va jamoalar ma’muriyatining o‘yin o‘tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo‘lishi. 12. Musobaqalar o‘tkaziladigan maydonlar va ularga qo‘yiladigan talablar. 13. Musobaqa g‘oliblarini taqdirlab mukofotlash hamda oxirgi o‘rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari. Barcha uchrashuvlarni musobaqa hakamlari guruhi mazkur nizom asosida o‘tkazadilar va ular hamisha mazkur o‘yinlarni yuqori saviyada o‘tishiga ma’suldirlar. Futbol musobaqalari darsdan tashqari paytlarda o‘quv yurti birinchiliklari sifatida o‘tkazilib kelinadi. Musobaqalar o‘quvchi-talabalarini mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, mamlakatimizda futbolning ommaviy rivojlanishiga yordam beradi, o‘quvchi-talabalar sog‘ligini mustahkamlaydi, iqtidorli futbolchilarni kollej terma jamoalariga saralab olishga yordam beradi, shahar birinchiliklarda ishtirok etuvchilarni tanlab olishga xizmat qiladi, shuning bilan uzliksiz sport musobaqalari tizimidan o‘rin olgan, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musoboqalariga tayyorlaydi. O`quvchi-talabalar futbol o‘yinlarida, o`quv-mashg‘ulotlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydilar. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy jihatdan tayyorgarlik darajasini aniqlaydi, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining ahvoli va yo‘nalishini aniqlash imkonini beradi, maktab jismoniy tarbiya jamoasini ishiga baho beradi. Musobaqa natijalari o‘quv-mashg‘ulot ishlarini yakunlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Musoboqaning g‘olib jamoalarni aniqlaydi. Futbol musobaqalari o‘quvchi-talabalarda qat’iylikni, g‘alabaga erishish yo‘lidagi iroda kuchini, maktab va kollej jamoasi, shahar, respublika, mamlakatimiz oldidagi mas’uliyat hissini tarbiyalaydi. Musobaqalarning keskinligi futbolchilarning ruhiyatini oshiradi. Hamisha futbol musobaqalari ochiq havoda o‘tkazilganda qatnashchilarni sog‘lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo‘lib, jismoniy kamolotning hammabop va qimmatli vositasi bo‘lib hisoblanadi. Musobaqalar ko‘p sonli tomoshabinlarni jalb qilish bilan birga sportni futbol turini targ‘ib qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Futbol musobaqalarida o‘yin hakamlarning ya’ni bosh hakam va yordamchi hakamlarning tarbiyachi - pedagog va o‘yin rahbari sifatidagi o‘rnining ahamiyati nihoyatda katta va juda ma’suliyatlidir. Musobaqa o‘yinlarida mohirlik bilan halol hakamlik qilish, futbol o‘yini jarayonida maydonda ro‘y beradigan qo‘polliklarni o‘z vaqtida payqab futbol o‘yin qoidasiga binoan tegishli choralar qo‘llashi, ayrim futbolchilarning o‘yindagi intizomsizliklariga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o‘yinchilariga o‘z vaqtida tanbeh va ko‘rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jihatdan yuqori darajada o‘tkazishga yordam beradi. Futbol musobaqalarini boshlanganidan toki tugab ketgunga qadar musobaqa hakami tartibsizliklar uchun javobgar hisoblanadi. Mamlakatimizda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha musobaqalarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarga qarab asosiy va yordamchi musobaqalar bo‘lish mumkin. Respublikamizda yagona sport tasnifi talablariga muvofiq tashkil etiladigan va erishilgan natijalariga ko‘ra sport tasnifi beriladigan hamda g‘olib yoki chempion degan nom beriladigan musobaqalar asosiy musobaqalarga kiradi. Musobaqalarning asosiy turi - taqvim musobaqalar bo‘lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvim rejasida nazarda tuziladi va tasdiqlangan “nizom”ga muvofiq ravishda o‘tkaziladi. Quyidagilar musobaqalarning asosiy turlariga kiradi: – birinchilik yoki chempionatlar; – kubok musobaqalari; – saralash musobaqalari. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling