Barkamol avlod


Download 211.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.11.2017
Hajmi211.94 Kb.
#19698
1   2   3

10

boshqalar ajayib maktablar yaratgan.

M a’lumki  Yog‘och  qurilish  materiali  bo‘lib,  u  xalq  xo‘jaligining  turli 

sohalarida keng  ko‘lamda  ishlatiladi.  Yog‘och  durodkorlikda  ishlatiladigan  asosiy 

material  hisoblanadi.  Undan  qurilish  va  inshoatlardan,  vagonsozlik,  kemasozlik, 

kimyo  va ko‘mir  sanatida,  faner,  mebel,  gugurt  tayyorlashda va boshqa  sohalarda 

foydalaniladi.  Yog‘och  keng  ko‘lamda  ishlatilishga  sabab  uning  texnik 

xossalarining yuqoriligidir Yog‘och ishlash oson, vazni  engil puxtaligi yuqori issiq 

va  elektrni  yomon  o‘tkazadi  kislota  va  ishqorlar  ta’sirida  tez  emirilmaydi. 

Ko‘pchilik Yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib yaxshi pardozlanadigan 

bo‘ladi.  Yog‘ochning qattiqligi puxtaligi va boshqa texnik xossalari metallarga turi 

yo‘nalishida turlichadir.

Yog‘och  oson  alangalanadi  chizishga  hashoratlarning  emirilishiga 

qarshilik ko‘rsata olmaydi bundan tashqari  Yog‘ochda ayrim nuqsonlar ham bo‘lib 

bular  Yog‘och  sifatining  pasayishiga  olib  keladi.  M a’lumki,  barcha  turdagi 

Yog‘och taxta materiallar  daraxtdan  olinadi.  SHuning uchun  o‘quvchilarga daraxt 

turlarini  va  ulardan  qanday  maqsadlarda  ishlatilishi  haqida  tushuncha  berish 

maqsadga muvofiqdir.  Har  qanday  o‘sib  turgan  daraxt  uch  qismdan  iborat.  Bular 

ildiz  tana  va  el  shoxlardan  iboratdir.  Qalin  o‘rmonlarda  o‘sadigan  daraxtlar  tik 

o‘sadi  kam  shoh  bo‘lib  ulardan  sifatli  xodalar  olinadi  taxta  materiallar  yuqori 

bo‘ladi.


O‘rmon  chetlarda  o‘sadigan  daraxt  tanasi  egri  bo‘lib  o‘sadi  yakka  tartibda 

yoki  siyrak  o‘sgan  daraxtlar  past  bo‘yli  bo‘lib  ulardan  olinadigan  xodalar 

ko‘pincha tabiiy nuqsonlar bo‘ladi  shuning uchun  o‘rmonchilik xo‘jaligida  sifatli 

Yog‘och  etishtirish  maqsadida  daraxtlar  qalin  qilib  ekiladi  O‘rmonlarda 

daraxtlarni yiqitib Yog‘och material tayyorlash bir qator ishlardan biridir. Bularga 

daraxtlarni  arralab  yiqitish  shoxlarni  butash  yo‘g‘onligiga  qarab  o‘lchab  turlarga 

ajratish  ishlari  po‘stlog‘ini  shilish  sortlarga  ajratish  ishlari  yoki  temir  yo‘l  bilan 

joylarga yuborish  kiradi.  Qurilishlarda ishlatiladigan  Yog‘och yumoloq  Yog‘och 

xoda va taxta  materiallari  bo‘ladi.  Xoda  shohlari  kesilgan po‘stlog‘i  tozalangan 

daraxt  tanasi  bir  qismi  xoda  diametri  uch  qismining  yo‘g‘onligiga  qarab  butun 

sonlarda o‘lchanadi.

Madaniyat  rivojlanib  borar  ekan,  ajoyib  me’morchilik  yodgorliklari  qad 

rostlab  borar  ekan,  o‘z-o‘zidan  bunday  yodgorliklarni  milliy  naqshinkor  bezaklar 

bilan  bezashda,  shu  jumladan,  darvoza,  eshiq  ustun  va  ravoklari  Yog‘och 

o‘ymakorligi  bilan  bezatildi.  Bu  esa  Yog‘och  o‘ymakorligini  tez  suratlar  bilan 

o‘sib  borishiga  imkon  yaratib  beradi.  Monumental  me’morchilikda  Yog‘och  va 

ganch  o‘ymakorligi  an’anaviy  san’at  turiga  aylanib  bordi.  Kishini  hayratga 

soluvchi  va  o‘ta nafis,  tabiiy  qilib  ishlangan  Yog‘och  o‘ymakorligi  namunasi  XII 

asrga tegishli bo‘lib, u  Samarqanddagi  SHoxi-Zinda devori  orasidan topilganligini 

so‘zimiz isboti sifatida aytib o‘tishimiz mumkin.

Fan va madaniyat,  adabiyot va  san’atning rivojlanib  borishi  buyuk  sarkarda 

Amir  Temur  nomi  bilan  chambarchas  bogliqdir.  U  xukmronlik  qilgan  davrlarda 

me’morchilik  bilan  bir  qatorda  amaliy  bezak  san’ati  xam  yuksala  bordi.  Xuja 

Ahmad,  Qusam  ibn  Abbos,  Turkan  Oka,  Tuglik  Tekin,  Amirzoda,  Ali  Nasafiy 

maqbaralari Yog‘och o‘ymakorligi va koshin bilan jozibador kilib bezatildi.

11


XVI  asrning  oxiriga  kelib  Samarqandda  o‘ziga  xos  me’morchilik  uslubi 

shakllandi.  Oqsaroy,  Kuk  Gumbaz,  Shamsiddin  Kulol  maqbarasi,  Gumbazi 

Saidon,  Xazrat  Imom  masjidi,  Jaxongir  maqbarasi,  Dor  ut-tilovat,  Dor  us-siyosat 

va  boshqa  shular  singari  me’morchilik  yodgorliklari  o‘zining  monumentaligi, 

jozibadorligi,  naqqoshlik  va  o‘ymakorlik  san’atining  o‘ziga  xosligi  bilan  xamon 

diqqatga sazovordir.

Amir  Temur  davrida  Samarqandni  balandligi  8  metrgacha  bulgan  devor  bilan 

aylantirildi.  Shaharni  kesib  utadigan  Buxoro  -Farg‘ona  yo‘lini  kengaytirib  savdo- 

rastalari, timlar qurdirdi. U o‘zi istiqomat qilgan o‘lkalardagi eng mashhur me’mor 

va  xunarmandlarni  Samarqandga  olib  kelishi  shaharda  xunarmandlarning  go‘zal 

ma’daniyatini  vujudga  keltira  boshladi.  Bu  esa  san’atning  yanada  gurkirab 

rivojlanishiga, Buxorodagi Labihovuz ansamblini vujudga kelishiga zamin yaratdi. 

Shu  va  shunaqa  asori-atiqalar  an’anaviy  tarzda  pishiq  g‘ishtdan  bunyod  etilgan, 

ansambllarning  ichki  va  tashqi  bezaklariga  xam  zo‘r  e’tibor  berilib,  san’atning 

keng  qo‘lamda  rivojlanib  borayotgan  koshin,  ganch  va  Yog‘och  o‘ymakorliklari 

bilan jozibador qilib bezatildi.

Amir  Temur  o‘zi  qurdirgan  imoratlarni  o‘zgacha  bir  maf,  o‘zgacha  bir 

ishtiyoq  bilan  qurdirganki,  buni  Samarqand  va  Qashqadaryo  vohasini  bir-biridan 

ajratib  turuvchi  Turkiston  tog‘  tizmalarida  bunyod  etilgan  Oqsaroy  m e’morchilik 

yodgorligi  misolida  ham  ko‘rishimiz  mumkin.  Ushbu  obida  20  yil  davomida 

qurilgan bo‘lib, ko‘kka qad rostlab turibdi.  Oqsaroy ikkita yirik ravokdan iborat va 

bu  ravoklar  38  metrdan  so‘ng  kubba  shaklida  birlashtirilgan.  Har  ikki  arkning 

oralig‘i 22,5 metrni tashkil etadi.

XVI-XVVII  asrlarga  kelib  me’morchilikda  inshootlarning  ko‘rinishlari 

yanada  takomillashdi,  monumental  binolarning  tarixi,  qiyofasiga  o‘zgartirishlar 

kiritildi,  xunarmandlarning  artellari  vujudga  keldi.  SHu  davrlarda  bunyod  etilgan 

Mir  Arab  madrasasi,  Xo‘ja   Zayniddin  masjid-xonaqosi,  Chorbakir  minorasi, 

SHerdor  madrasasi,  Buxoro  va  Toshkentda  bunyod  etilgan  Ko‘kaldosh 

madrasalarida  o‘sha  davr  Yog‘och  o‘ymakorligining  ajoyib  namunalari  o‘z  aksini 

topgan.  SHu  davrlarda  Qo‘qonda  Madrasai  Mir  nomi  bilan  xalq  orasida mashhur 

Norbutabiy  madrasasi  XVVIII  asrning  oxirida  bunyod  etildi.  Daxmai  Shoxon 

ansambli  3  qismdan  iborat:  peshtoq,  2  ustunli  ayvon-masjid,  Norbutabiy va uning 

avlodlari  daxmasidir.  Uning  yaqinida  xonning  onasi  maqbarasi-Modarixon 

daxmasi  saqlangan.  Peshtog‘i,  gumbazli  bu  binolar  sirlangan  g‘isht,  koshin  bilan 

bezatilgan.  Xudoyorxon  o‘rdasida shaharning muqim  arxitektura yodgorliklaridan, 

ko‘p  ustunli  qilib  qurilgan,  buyama  va  o‘yma  naqshlar  bilan  jozibador  qilib 

bezatilgan  jom ’e  masjidi  XIX  asrning  oxiri  X-XII  asrning  boshlarida  qurilgan. 

1914 yilda esa Komil qozi madrasasi bunyod etildi.

Nurullaboy  saroyi,  Paxlavon  Mahmud  maqbarasi,  Buxoro  yaqinida  Sitorai 

Moxi  Xosa  saroyi  bunyod  etildi.  Saroy  qurilishlarida  xalq  me’morchiligi 

kompozitsiya  uslublaridan  foydalanildi.  Bunda  ichki  hovli,  hovuz,  ko‘p  ustunli 

ayvon va sinchli imoratlardan tashkil topdi.



12

Amaliy  bezak  san’atining  bir  qator  turlarida  maxalliy  uslublar  shakllandi. 

Naqqoshlikda,  ganch  va  Yog‘och  o‘ymakorlikda  islimiy  san’ati  rivoj  topdi. 

Yog‘och  o‘ymakorligida  o‘ymalarni  bajarishning  yangidan-yangi  uslublari  bilan 

ustunlar,  eshiklar,  ravoklar  va  boshqalar  jozibador  qilib  bezatildi.  Asrimizning 

boshlariga kelib  Xivadagi  ko‘hna Ark  Toshhovli, Nurillaboy, Buxorodagi  Minorai 

Kalon,  Ismoil  Samoniy  maqbarasi,  Samarqanddagi  Sherdor,  Tilloqori  madrasalari 

ta’mirlandi, Ulug‘bek madrasasining qulay boshlagan minorasi qayta tiklandi.

Bu davrlarda etuk amaliy  san’at ustalari  etishib  chikdi.  Abdulla Boltaev,  Ota 

Polvonov,  Ro‘zimat  Masharipov,  Usta  Shirin  Murodov,  Toshpo‘lat  Arslonqulov, 

Usmon  Ikromov,  Olimjon  Qosimjonov,  Yoqubjon  Raufov,  Xaydar  Najmiddinov, 

Saidmaxmud  Norqo‘ziev,  Toshpulat  Ayubxujaev,  Sulaymon  Xo‘jaev,  Qodirjon 

Xaydarov,  Maqsud  Qosimov  kabi  bir  qator  ustalar  amaliy  bezak  san’atining 

rivojiga munosib qissa qo‘shdilar.

6. Yog‘och o‘ymakorligi buyumlari uchun mos materiallar tanlash

Yog‘och  o‘ymakorligi  mashg‘ulotlarida  o‘ymakorlikda  foydalaniladigan 

Yog‘och materiallari, ularning turlari, fizik va kimyoviy xususiyatlari, zahiralari va 

boshqalarni bilish muhim ahamiyatga ega.

Yog‘och  materiallari  turli  jinsdagi  daraxtlardan  olinadigan  xom-ashyo. 

Binokorlikda,  qurilishda,  mebelsozlikda.  Yog‘och  o‘ymakorlikda  asosiy  xom- 

ashyo  sifatida  ishlatiladigan  Yog‘ochlar  daraxtlar  tanasidan  olinadi.  Daraxt  tanasi 

o‘zak 


Yog‘ochlik 

shoxlar, 

to‘la  va 

po‘stloqlardan  tuzilgan.  Yog‘och  xom- 

ashyosi kuyidagi guruhlarga bo‘linadi:

a) tabiiy xom-ashyo;

b)  turli  buzilishlarga,  chirishlarga 

qarshi  antiseptik  moddalar  shimdirilgan 

Yog‘och xom-ashyosi;

v) 


presslangan 

Yog‘och 


xom- 

ashyosi;


g) 

elimlangan 

Yog‘och 

xom- 


ashyosi;

d)  qatlam-qatlam  Yog‘och  xom- 

ashyosi;

e)  qatlamli  presslangan  Yog‘och 

xom-ashyosi;

Yog‘och  o‘ymakorligida  asosan  1-guruhga  kiruvchi,  ya’ni,  tabiiy  Yog‘och 

gullardan olinadigan  yo‘nilgan taxtalar xom-ashyoda  ishlatiladi.

O‘zbekistonda  Yog‘ochlarning  yumshoq,  qattiq  va juda  qattiq  gullari  olinadigan 

nina bargli va yaproq bargli turlari mavjud.

Nina  bargli  daraxtlardan  olinadigan  Yog‘ochlar  qurilishda,  jumladan, 

Yog‘och  o‘ymakorligida  ko‘proq  ishlatiladi,  chunki  ularning  tarkibida  smolasi 

ko‘proq, tez chirimaydi, taxtasi to‘g‘ri, uzun,  silliq, ishlov berish oson hisoblanadi. 

O‘ymakorlikda  ishlatiladigan  rangiga,  xiliga,  turiga,  tabiiy  guliga,  tovlanishiga

13


qarab  tanlanadi  va  turli  mevali,  shu  bilan  birga,  yaproq  bargli  daraxtlar  ham 

ishlatiladi.

Yog‘och o‘ymakorligi yasayotgan buyumiga karab Yog‘och materiallarining 

xususiyatlari, daraxtlarning turlari, rangi, ishlov berishning qiyin-osonligi va ishlov 

berilgandan  keyin  buyumlarning  sifatli  chiqishi  va  saklanishini  bilishlari  uchun 

Yog‘ochlar olinadigan daraxtlarni o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi.

Chinor - ko‘p yillik bargli, ko‘p  shohli, mustahkam va kattiq, rangi  qizg‘ish 

qoramtir, laklansa ajib bir chiroy bag‘ishlaydi.  O ‘ymakorlikda keng ishlatiladi.

Yog‘och 

o‘ymakorligida  ishlatiladigan  turli  xom-ashyolar  o‘zining 

pishiqligi,  nuqsonsizligi,  qurt  emaganligi,  rangining  tiniqligi,  mustahkamligi, 

laklansa  yanada  go‘zal  tovlanishi,  ko‘p  yillar  davomida  yorilmasligi, 

buralmasligi,  namga  chidamliligi,  pardozlanishi,  o‘yishda  qo‘porilmasligi  va 

shunga  o‘xshash  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  yasayotgan 

buyumga mos keladigan materiallardan tanlash alohida ahamiyatga ega

M a’lumki,  Yog‘och  o‘ymakorligida  Yog‘ochlarning  ishlov  berishga 

tayyorlashda turli elimlardan foydalaniladi.

Elimlar  -  suyuqlangan  yuqori  molekulyar  anorganik  va  organik  moddalar 

yoki  ularning  eritmalari  bo‘lib,  turli  materiallarning  bir-biriga  yopishtirish  uchun 

ishlatiladi.

Elimlar tabiiy,  sun’iy hamda rezina elimlarga bo‘linadi.

Tabiiy  elimlar  -  hayvonlar  (suyak  sut,  teri,  pay)  va  boshqa  o‘simliklar 

(daraxtlar  shiralari,  kraxmal  qipiqlarni  qayta  ishlash  natijasida)  mahsulotlaridan 

olinadi. Namlikka ancha chidamsiz.

Sun’iy  elimlar  smolalar  2  -  polimerlar  emultatsiyasi,  shuningdek,  erituvchi 

qo‘shilgan  ko‘shilmagan  smolalar  birikmalaridan  iboratdir.  Turli  materiallar, 

shisha,  plastmassa,  metall,  chinni,  penoplast,  suyak  krgoz  va  boshqalarni 

biriktirishda  keng  ko‘lamda  ishlatiladi.  Issiq,  sovuq,  namlik  ishqalanish,  egilish, 

bukilish va siljish kuchlanishlariga yaxshi chidaydi.

Rezina  (kauchukli)  elimlar  -  tabiiy  va  sintetik  yo‘l  bilan  olinadi.  Tabiiysi 

kauchuk  daraxti  smolasidan,  sun’iysi  rezinali  birikmalarning  erituvchilarda 

(benzin,  kerosin,  spirtdagi)  erigan  ko‘rinishidir.  Turli  jinsdagi  materiallarni, 

masalan,  Yog‘ochni  sementga,  metallaga,  shishani,  plastmassani  gazlamaga 

biriktirishda ishlatiladi.

Yog‘ochsozlikda, 

duradgorlikda, 

o‘ymakorlikda 

ko‘pincha 

hayvon 

elimlaridan  kazeinli  elimlar  ishlatiladi.  Namlikka.  chidamli  kazein  (lot-kasgeis- 



pishloq)  -  murakkab  oqsil bo‘lib, kimyoda fosfoproldit tuzilishini namoyon  qiladi. 

Sutning  ivishi  jarayonida,  uning  tarkibidagi  kazeinogendan  xosil  bo‘ladi,  Tuzli, 

ishqorli muhitda eriydi.

Yog‘och  o‘ymakorligida  taxtalarni  o‘ymakorlikka  tayyorlashda  bir-biriga 

biriktirilib,  o‘yiladigan  buyumning  asosi  tayyorlab  olinadi.  Taxtalarning 

o‘yiladigan yuza qatlami  silliqlanib, tobga keltiriladi.  Avvaliga mayda tishli  arrada 

arralanadi,  keyin  esa  mayin  burrada  arralanadi.  Tekis  qilib  randalanadi  va  bir- 

biriga  tekizib,  mayda  tirqishlari  yo‘qligiga  ishonch  hosil  qilinadi,  shundan 

so‘nggina  taxtalar  birlashtirilib,  pardozlanadi.  Pardozlashda  mayda  qumli  jilvir 

qog‘oz, baxmal bilan artiladi.



14

Yog‘och  o‘ymakorligida  yog‘ochni  quyosh  nuri  tushgan  tomonidan  ko‘p 

foydalanadilar.  Chunki  quyoshga qaragan tomoni  zich va pishiq bo‘ladi.  Avvalgi 

ustalar yog‘ochni  6  oydan  1  yilgacha  suvda,  ya’ni  hovuzlarda  saqlashgan.  Keyin 

esa  10-15  yilgacha  soyada  tabiiy  quritishgan.  Iloji  boricha  o‘ymakor  ustalar 

yog‘ochni  somonga  qo‘shib  qo‘yib  quritishgan,  chunki  somon  yog‘och  rangiga 

ta’sir etib yanada go‘zallashgan.  Tabiiy quritishning har ikkala texnologiyasi ham 

azaldan  ota-bobolarimizning  quritish uslubi bo‘lgan.  Yong‘oq yog‘ochi  somonga 

ko‘mib  quritilsa,  uning  rangi  to‘qlashadi.  Suvda  saqlaganda  ham  yong‘oq 

yog‘ochining  rangi  to‘qlashadi.  Chunki  yong‘oq  daraxti  tarkibida  yod  moddasi 

mavjud  bo‘lib,  u  suvda  saqlanganda  suv  bilan  reaksiyaga  kirishib  qorayadi. 

Qolgan  boshqa  yog‘ochlar  suvda  saqlanganda  ham,  quritilganda  ham  ularning 

rangi 


o‘zgarmaydi. 

Yog‘och 


o‘ymakorligi 

ustalari 

yuqorida 

aytilgan 

texnologiyaga  qisman  amal  qilishmayapti.  Shuning  uchun  hozir  yasalgan  va 

o‘yilgan yog‘och eshiklar, ustun va xontaxtalar  1  yil o‘tmasdan yorilib ketmoqda. 

Bu yog‘ochni o‘ymaga yaxshi tayyorlanmaganligidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda  yog‘och  o‘ymakorligi  oddiy  bolalar  tumorchasidan  tortib 

bino  ustunigacha  bezab  kelinadi.  Yog‘och  o‘ymakorligi  ustalari  qadimdan  uch 

uslub asosida bezab kelganlar. Ular bag‘dodi, islimiy va pargoridir.

Pargori  -  pargor  (sirkul)  yordamida  chizib  o‘yilgan  naqsh bo‘lib,  an’anaviy 

yog‘och  o‘ymakorlik  turi.  Bu  o‘ymakorlik  turini  ustalar  «o‘ymali  pargori»  va 

«o‘yma  pargor  bilan»  deb  ham  yuritadilar.  Pargori  murakkab  o‘ymakorlik 

texnikasi bo‘lib, chuqur bilimdonlik hamda mahorat talab qiladi.

Pargori 

quyidagicha 

bajariladi. 

Yong‘oq, 

chinor, 

qayraqoch, 

tol 

yog‘ochlarga  o‘ymakorlik  uchun  yaxshi  materialdir.  Tayyorlangan  Yog‘och 



yuzasiga  qog‘oz  elimlanib,  unga  rapporti  aylana  to‘rtburchak,  uchburchak, 

ko‘pburchak  va  hakazolardan  iborat  naqsh  kompozitsiyalari  pargor  chizg‘ich 

yordamida  chiziladi.  Keyin  esa  asboblar  yordamida  o‘yiladi.  O‘ymaning 

chuqurligi  1  — 1,5  mm  gacha  bo‘ladi.  Naqsh  o‘yishda  30—35  tacha  har  xil 

o‘yuvchi  asboblar  ishlatiladi.  Yog‘och  o‘ymakorligida  bag‘dodi  uslubi  O‘rta 

Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston,  eron va boshqa joylarda keng tarqalgan.  Bag‘dodi 

uslubi  bu  geometrik  shaklda  o‘yilgan  naqshlardandir.  Girih  o‘simliksimon 

naqshlardan farq qiladi.  O‘simliksimon, ya’ni islimiy naqshlar barg, gul, novda va 

boshqalarni  naqqosh  tomonidan  stillashtirib  olingan  shaklidir.  Geometrik  naqsh 

to‘rtburchaklar, ko‘pburchaklar va egri chiziqlardan tashkil topadi.

Yog‘och  o‘ymakorligi  ustalari  bu  naqsh  turini  yaxshi  bilganlari  uchun  ham 

eshik,  ustun,  panjara,  xontaxtalarga  bag‘dodi  uslubida  naqsh  ishlab  kelganlar. 

Islimiy  uslub  o‘zbek  o‘ymakorligida juda  keng  tarqalgan.  Islimiy  klassik  naqsh 

turi  bo‘lib,  barg,  gul,  kurtak,  tanob  va  boshqalardan  tashkil  topgan  bir-biriga 

ulanib  takrorlanishdan  hosil  bo‘lgan  naqsh.  Islimiyning  turlari  juda  ko‘p,  usta 

kompozitsiyasi qaysi  shakl bilan to‘ldirilgan bo‘lsa,  shu shaklning nomini  qo‘shib 

aytiladi.  Chunonchi islimiy mehrob, islimiy bodom, islimiy bulbul va boshqalar.

7. Yog‘och o‘ymakorlik birikmalari xaqida tushuncha berish

15


Taxtakash uy-ro‘zg‘or buyumlari yasaladi

Yog‘ochdan ishlangan buyumlar

8. Yog‘ochlar ustida ishlash.

M a’lumki,  yog‘och  qurilish  materiali  bo‘lib,  u  xalq  xo‘jaligining  turli 

sohalarida keng ko‘lamda ishlatiladi.  Yog‘och durodkorlikda ishlatiladigan asosiy 

material hisoblanadi. Undan qurilish va inshaotlardan, vagonsozlik , kemasozlik , 

kimyo  va ko‘mir  sanatida faner,  mebel,  gugurt tayyorlashda va boshqa  sohalarda 

foydalaniladi.

Shunga ko‘ra xodalar uch  qirraga bo‘linadi  ingichka xodalar  diametri  13 

sm  gacha  o‘rtacha xodalar  diametri  24  sm  gacha yo‘g‘on  xodalar  diametri  25  sm 

va  undan  yo‘g‘on  bo‘ladi  yo‘g‘on  xodalar  lentalar  arralar  disk  arrali  stanoklar 

yordamida tilib ulardan har xil taxta hosil  qilamiz tilish natijasida ko‘p miqdordagi 

Yog‘och ar-to‘pon sifatida chiqib kesib isrof bo‘ladi.

Xususan,  taralar  uchun  6-8  mm  qalinlikdagi  taxtachalar  tayyorlashda 

tilish  arralash  yordamida  bajarilib  ko‘p  Yog‘och  isrof  bo‘ladi.  Chop  arrasi

6-7  mm  li  arralar bilan yupqa taxtalar tilishda isrofgarchilik  50  %  gacha etadi.  Bu 

usul  bilan  qalinligi  0.8-1.2  mm  bo‘lgan  yupqa  va  taralar  uchun  yuqqan  taxtalar 

tayyorlanadi.  Taxta  metiriallarning  o‘lchamlari  uch  son  bilan  yoziladi.  Masalan: 

6.5x18x40  bu yozuvdan  6.5  taxtani uzunligi  metr xisobidan  18  enini  sm hisobidan 

40  qalinligi  mm  xisobida  ifoda  etiladi.  Demak,  mana  shunda  usullarda  Yog‘och 

materiallar tayyorlanadi  qurilish yo‘liga o‘tamiz qurilish xam uchta yo‘l bilan  olib 

boriladi  tabiiy va  suniy to‘liq  qurigach  Yog‘ochlarga ishlov berishdan  asosan  ikki 

usuldan  yana  asboblar  bilan  ishlov  berish  va  stanoklardan  foydalangan  holda 

ishlov  berishdir  ishlov  berish  deganda  nimani  va  qanday  ishlar  tushuniladi.



16

Masalan:  biror buyum tayyorlash o‘lchamga keltirib  silliqlash kabi  ishlardir qo‘lda 

ishlov  berayotganimizda  bir  o‘lchamga  keltirish  uchun  duradgorlik  arralaridan 

foydalanamiz.  Duradgorlik  o‘quv  ustaxonalariga  ishlatilayotgan  arralar  shakliga 

qarab  ikki  turga  bo‘linadi  bular  1.  Dast  arralar  2.  Burch  arralar  dars  arralari  ikki 

qismdan  iborat  burch  arralar  ham  o‘z  navbatida  ikki  qismdan  dast  va  po‘latdan 

iborat arralar qanday shaklga ega bo‘lishdan qatiy nazar vazifasiga ko‘ra uch turga 

bo‘linadi  1.  Quruvchi arralar 2.  Tikuvchi arralar 3. Buralma yoki yoy arralar.

Bu  arralar  tikishlarning  shakli  bilan  farq  qiladi  arralar  yirik  tishli  va 

mayda tishli  bo‘ladi  arralar yordamida  zagatofkani  kesishdan  reja  chizig‘idan  2-3 

mm  qochirib  quyiladi  arralar yordamida ma’lum  bir o‘lchamga keltirib  bo‘lingach 

duradgorlik  randalari  yordamida  silliqlash  tekshirish  usullari  bajariladi  bu 

maqsadda  turli  xil  randalardan  tozalash  silliqlash  maqsadida  ishlanadigan 

randalarga  bo‘linadi  bular  sher  xabil  taxta  randa  chok  randa  konish  randa  start 

randa  va  boshqalardan  iborat  randalar  kunda  tig‘  va  panadan  iborat  bo‘ladi 

faqatgina har xil randalar kundasini  uzunligi tig‘ining  enligi va  ensizligi  bilan bir- 

biridan farq qiladi.

Randani  ishga  sozlashdan tig‘lar o‘tmaslashib  qolganda ularni  kundadan 

chiqarib  charxlanadi  charxlashdan hosil  bo‘lgan  qirovni  to‘kish  va tig‘ni  kundaga 

qaytadan  to‘g‘ri  o‘rnatishdan  iboratdir  charxlash  vaqtida  charx  xamma  vaqt 

oldinga qarab  aylantiriladi.

Qo‘lda  ishlov  berishda  arralar  randalar  bilan  bir  qatorda  uskunalardan 

foydalaniladi.  Uskunalar  yordamida  turli  xil  buyumlar  tayyorlanadi.  Ularni 

qismlarini  ko‘pincha  tirnoq  chiqarish  yo‘li  bilan  birlashtirib  bunda  uyushtirish 

ishlari  bajariladi  duradgorlik  parmalari  va  parmalash  moslamalaridan  ham  keng 

foydalaniladi bularga ya’ni parmalash moslamalariga kalovat vintli direl  shestirnali 

tirshatka va boshqalar kiradi ulardan har xil uylar tikishlar ochishda foydalaniladi.

Yog‘ochga  ishlov  berishda  stanoklar  yordamida  ham  foydalanish 

mumkin.  Stanoklarda  qo‘lda  bajarilgandan  ko‘ra  tezroq  va  sifatliroq  bajarish 

mumkin.

Yog‘ochlarga 



ishlov 

berishda 

asosan 

quyidagi 



stanoklardan 

foydalaniladi.  Yog‘och ishlashda tokorlik stanoklari, bularga:  TP-120 va T,SD-120 

tipidagi yog‘ochga ishlov berish stanoklardan foydalaniladi.

Yog‘och  ishlash  tokorlik  stanoklari  yordamida  yog‘och  materillaridan 

har xil  aylana sirtlariga ega bo‘lgan  detallar shakllar buyumlar va shunga o‘xshash 

buyumlar tayyorlaniladi.

Arralash 

stanoklaridan 

ham 

foydalaniladi 



minutiga 

2000-3000 

martagacha aylanadi randalash stanokida randalash qo‘lda randalanadi.

Randalash  stanogi  quyidagi  qismlarga  bo‘linadi.  Elektrodvigatel  orqali 

plita  yo‘naltirgichi  lineyka  oldingi  plitani  boshqarish  qutisi  stanokda  randaning 

tig‘lari elektr tig‘i yordamida o‘tkirlanadi.

Har  bir  o‘quvchi  sanitariya  va  gigiena  qoidalariga  rioya  qilgan  holda 

amaliy mashg‘ulotlarga o‘zining maxsus ish kiyimlarini kiyib ishlash talab etiladi.

O‘quvchilar vaqti-vaqti bilan grafik asosida navbatchilik qilinadi.

Mashg‘ulotlar  tanaffussiz  o‘tkazilgandan  so‘ng  har  bir  o‘quvchi  o‘z  ish 

o‘rnini tozalab asboblarini tartibga keltirib turish talab etiladi.


Download 211.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling