Barkamol shaxs tarbiyasida ma'naviyatning o'rni


Download 344 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi344 Kb.
#1166064
  1   2   3
Bog'liq
Barkamol avlod tarbiyasida badiiy adabiyotning o`rni (Zahriddin Mihammad Bobur ijodi misolida)


Barkamol shaxs tarbiyasida ma'naviyatning o'rni

Ishning umumiy tavsifnomasi.
Ma’lumki, asrlar osha bizgacha yetib kelgan milliy merosimiz, qadriyatlarimiz xalqimiz tomonidan asrab, avaylab ardoqlanib kelinmoqda.
Vatanimiz mustaqilligi munosabati bilan tariximizning o‘tmishi sahifalarini varaqlar ekanmiz, ota-bobolarimiz insonning ma’naviy olamini bilish borasida naqadar oldinda bo‘lganliklarining guvohi bo‘lamiz. Muhtaram Prezidentimizning ana shu milliy, madaniy merosimizni tiklash borasidagi barcha ezgu ishlarni amalga oshirishda bevosita rahbar bo‘lib turganliklari tufayli ham bir necha buyuk allomalarimizning tavalladu kunlari bayram sifatida nishonlandi. Shu jumladan, 1993-yilda shoh va shoir Mirzo Bobur hazratlarining tug‘ilgan kunlari ham 510-yilligi nishonlandi. Hozirgi davr yoshlarining ma’naviy dunyosini boyitishda xizmat qilayotgan adabiy merosimizning katta bir sahifasini o‘z ichiga olgan Z.M.Bobur ijodini o‘rganish, uning fazilatlaridan namuna olish katta tarbiyaqiy ahamiyatga ega.
Yurtboshimizning o‘tmishi madaniy merosimizga bo‘lgan yuksak hurmati, ehtiromi biz yoshlarni ham vatandoshimiz Z.M.Bobur ijodiy faoliyatini chuqurroq o‘rganishga undaydi.
Z.M.Bobur garchi Andijonda tug‘ilib, bolalik yillari shu yerda o‘tgan bo‘lsada, yoshligidagi saroy muhitida tarbiyalanganligi sababli, otasidan davlatni boshqarish sirlarini o‘rgandi. Ilm fanga mehr qo‘ydi, ayniqsa adabiyot va tarix bilan shug‘ullandi. 12 yoshida taxtga o‘tirgan yosh Bobur davlatni boshqarish bilan o‘zi shug‘ullandi. Undagi qat’iy, jasurlik, fikr doirasining kengligi, qo‘rqmasligi, o‘zini tuta bilishi-barcha insoniy fazilatlari yosh avlod uchun namunadir. Shunig uchun ham biz bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini badiiy adabiyotning yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni haqida belgilab, asosiy manbani Z.M.Bobur ijodi bilan bog‘lab olib borishga harakat qildik.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari.
Barkamol avlodni vatanparvarlik, xalqparvarlik ruhida tarbiyalash uchun amalga oshirilayotgan vazifalarda yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari biz uchun dasturiamal bo‘lib kelmoqda... farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma`naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi...”1
Avvalo, hozirgi davrda yoshlarda mustaqillik ma’naviyatini tarbiyalash, barcha tarixiy-madaniy boyliklarni yaratgan yiriksiymolar, donishmand adiblarning merosini o‘zlashtirish, ularga hurmat izzatda bo‘lish, milliy g‘urur, vatanparvarlik tushunchalarini chuqur his qilish, har bir o‘tayotgan kunimizning asosiy maqsadi bo‘lmog‘i lozim. Shu nuqtai nazardan qaragnada uzoq tariximizda vatandoshimiz Temuriyzoda Mirzo Boburning XVI asrda Hindistonda temuriylar davlatini barpo etish, uning avlodlari davrida Markaziy Osiyolik olim, fozil, shoir, rassomlarning bir joyga to‘planishga, Hind madaniyatini rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasibizni faxrlantiradi.
Har bir insonning madaniyati, tarbiyasi, ma’naviyati, avvalo o‘zi tug‘ilib o‘sgan muhiti bilan bog‘liqligi qatorida ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan ma’naviy merosini o‘rganish shunga suyanish natijasida ham yuksalib boradi. “Bizning oldimizga qo‘yilgan maqsadimiz esa, bunday ulug‘ zotlarning hayot yo‘li va qoldirgan merosini to‘liq tasvirlash emas balki, ularning eng buyuk namoyondalari timsolida ma’rifat ilmu, fan , madaniyat din kabi sohalarning barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barng ekanini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur urganish, uning ma’no- mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishi shart deb hisoblayman”.2
Biz bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifasi qilib qo‘yidagilarni belgilab oldik:
-avvalo, shoh va shoir Z.M.Bobur shaxsi, uning hayotiy faoliyati haqidagi ilmiy adabiyotlar asosida o‘z fikrlarimizni yoritish.
-shoir lirikasida vatan timsoli, yurt sog‘inchi, vafo va hijron azoblari, yolg‘izlik, vatan tuprog‘ini qumsash kabi g‘oyalarning berilishini yosh avlodga yetkazish.
-yosh Boburning davlatni boshqarish siyosati, sarkardalik, shijoati, g‘ayrati, kamtarligi kabi fazilatlarni g‘azallar va “Boburnoma”dan keltirilgan parchalar misolida o‘quvchilarga tushuntirish;
- Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga ma’naviyatimizning teran ildizlari ajdodlarimizdan qolgan bebaho milliy merosimiz bilan bog‘liqligi xususidagi fikrlarini asarlari asosida bayon etish;
- Yuqorida nazarda tutilgan vazifalarni yoritishda bevosita shoirning nazariy va nasriy asarlarini o‘rganib chiqib tahlil qilishga harakat qildik.
Ishning o‘rganilishi va ilmiy yangiligi.
Adabiyotshunos olimlarimiz tomonidan Z.M.Bobur ijodi, faoliyati haqida ko‘plab ilmiy, nazariy fikrlar berilgan. Mumtoz adabiyotimiz tarixiga Bobur ijodi alohida sahifa sifatida kiritilgan.
Umumta’lim maktablarining adabiyot fani darsligiga shoir ijodi uchun ajratilgan. 5-sinfda “Z.M.Bobur hayoti va ijodi, ruboiylari” mavzusi uchun 2 soat berilgan.
9-sinflarda “Bobur hayoti va ijodi, shoir lirikasi “Boburnoma” mavzulari uchun 7 soat ajratilgan Akademik litseylarning ijtimoiy fanlar va filologiya bo‘limlari uchun ham mumtoz adabiyotimiz tarixi bo‘limida Z.M.Bobur ijodi, faoliyati uchun alohida soat berilgan. Oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlari Z.M. Bobur ijodi alohida sahifa sifatida o‘tiladi. Ko‘rinib turibdiki yosh avlod o‘quvchilik davridanoq shoir ijodi bilan tanishib boradi.

Albatta, mavzuning o‘rganilish jarayonida biz yirik adabiyotshunoslar N. Mallayev, V. Zoxidov, V. Abdullayev, A. Hayitmetov, A. Hojimatov va boshqa shoir ijodi haqida ilmiy fikrlar bildirgan olimlarimizning fikrlariga suyandik. Yozuvchi Qilichbek Kenjaning “Jahon adabiyoti jurnalida e’lon qilingan “Sharq Bobur izidan” nomli maqolasi va adabiyotshunos olim Hasan Qudratullayevning Boburning temuriylar saltanati inqiroziga munosabati haqidagi muning zarari turkka va mo‘g‘alga “Boburnoma”ga kiritilgan “Musoviy dur” deb nomlangan alohida sahifasi to‘g‘risidagi tahlil qilingan maqolani ham qarab chiqdik va undan foydalandik. Z.M.Bobur ijodi, uning asarlari haqidagi ilmiy-nazariy manbalarda ko‘proq shoir qoldirgan nazmiy va nasriy asarlar tahlil etiladi. Ularning g‘oyasi, mavzularning rang-barangligi, shoir shaxsi kabi sohalar davr bilan bog‘lab tushuntiriladi.


Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati.
Ma’lumki, Z.M. Bobur ijodi yuzasidan umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va Oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tib kelinmoqda. O‘qitish jarayonida shoirning lirik she’rlari, g‘azallari “Boburnoma” asarining matni ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar bilan ijodiy hamkorlikda ishlashni tavsiya etamiz. Biz bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida o‘quvchilarga Z.M.Boburning yoshligi, turli hunarlarni o‘rganishi, chavandozlik, sarkardalik faoliyati, odamiylik, kamtarlik kabi insoniy fazilatlardan o‘rganishni bayon etdik. Ayniqsa, ona –Vatanimizni, yurtimiz tuprog‘ini, xalqimizni, tug‘ilib o‘sgan joyni chin qalbdan sevishni, Vatandan ayro yashagan shoh Bobur iztiroblarini qalbdan his qilishni asarlaridagi keltirilgan parchalar misolida ko‘rsatdik. Shuning uchun ham bitiruv malakaviy ishdan dars jarayonida qo‘shimcha manba sifatida foydalansa bo‘ladi. Bu esa ishning amaliy ahamiyatiga ega ekanligini ta’minlaydi. Biz ishning o‘rganilishi va ilmiy yangiligi ustida to‘xtalar ekanmiz, masalaga hozirgi davr talabi nuqtai nazardan yondashdik. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni zamonaviy bilim va tafakkuri, ruhan tetik insonlar qilib voyaga yetkazishning samarali yo‘llarini izlash va qo‘llashda badiiy asarlarning ham roli yuksak ekanligini ko‘rsatish ishimizning asosiy o‘rganilishi bo‘ladi. Yuksak ma’naviyatli, madaniyatli, barkamol inson bo‘lmoq uchun avvalo, ajdodlarimizdan qolgan ilmiy-adabiy merosga to‘g‘ri yondashib, unga baho berish bu bebaho xazinalar nafaqat kechagi va bugungi avlod uchun, balki kelajak avlodlar uchun ham yetarli ta’lim-tarbiya maktabi ekanligini ko‘rsatish bo‘ldi.
Bitiruv malakaviy ishning metodi va metodologiyasi. Ishimizning metodologik asosini Prezidentimiz I. Karimovning o‘tmish madaniy meros va uni yosh avlod tafakkuri ma’naviyatga ta’siri xususidagi mulohazalari, ko‘rsatmalari tashkil etadi. Xususan Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari asosiy metodologik asos bo‘ldi. Shuningdek, adabiyotshunoslik olimlarimizning ilmiy nazariy fikrlariga ham suyanib, tahlil qilish jarayonida tarixiy, qiyosiy metoddan foydaladik.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling