Barqaror rivojlanish


Download 32 Kb.
Sana06.05.2020
Hajmi32 Kb.
#103779
Bog'liq
Javohir Rahimov


Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topishi butun dunyo uchun muhim yangilik bo’ldi. Ko’plab davlatlar xalqaro siyosat darajasigacha ko’tarilishi kerak bo’lgan muammolarni endi birgalikda hal qilish uchun bir joyga jam bo’ldilar. Shu maqsadda ko’plab dastur va loyihalarni ishlab chiqa boshladi. Ulardan biri Barqaror taraqqiyot maqsadlaridir.

Barqaror taraqqiyot maqsadlari konsepsiyasi 2015 yilda bo‘lib o‘tgan BMTning Barqaror taraqqiyot mavzusidagi Rio+20 konferensiyasida dunyoga kelgan. Mazkur konferensiya davomida barqaror taraqqiyot konsepsiyasining uchta tamoyili, xususan, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash tamoyillarini qamrab oluvchi vazifalar ham belgilab olingan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohidabarcha a’zo davlatlar yig‘ilishadi. Barqaror Rivojlanish maqsadlari Respublika uchun alohida ahamiyatga ega, zero, BMT tarixida ilk bor umumqamrovli global maslahatlashuv jarayonida 2030-yilgacha rivojlanish borasida yagona nuqtai nazar ishlab chiqildi. Ushbu kun tartibi BMT ning 193 ta a’zo davlatlari tomonidan tasdiqlandi. Barqaror rivojlanish- shaxs va jamiyat hayotini tashkil etishning yangi modeli. Barqaror rivojlanishning zamonaviy konsepsiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan birga hal etishga chaqiradi.

Bugun xalqaro hamjamiyatning nigohi 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan, desak, aslo yanglishmaymiz. Xalqaro ekspertlar fikricha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘undir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tuzilmalari vakolatxonalari rahbarlari ushbu dasturilamal hujjatning yurtimiz kelajagi uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlashmoqda.

Biz bugun 17 ta muhim masalalarga qaratilgan Barqaror rivojlanish dasturining 16-maqsadi haqida so’z yuritamiz. Bu maqsad quyidagicha:

Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish. Bu maqsadlardan, o’z navbatida, o’zlari uchun muhim vazifalarni belgilab olishdi va bular quyidagilardir:

1-vazifa. Zo‘ravonlikning barcha turlari tarqalishini qisqartirish va ushbu hodisa sababli o‘lish ko‘rsatkichlarini kamaytirish.

2-vazifa. Bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha turlarini tugatish.

3-vazifa. Qonun ustuvorligiga ko‘maklashish hamda barcha uchun odil sudlovdan foydalanish bo‘yicha teng imkoniyatlarni ta’minlash.

4-vazifa. 2030-yilgacha noqonuniy pul va qurol-yarog‘ oqimlarini jiddiy ravishda qisqartirish, o‘g‘irlangan aktivlarni izlab topish va qaytarish bo‘yicha ishlarni jonlantirish, uyushgan jinoyatchilikning barcha shakllariga qarshi kurash olib borish.

5-vazifa. Korrupsiya, ekstremizm va poraxo‘rlik ko‘lamlarini ularning barcha shakllarida jiddiy ravishda qisqartirish.

6-vazifa. Boshqaruvning barcha bosqichlarida davlat organlarining samaradorligi, hisobdorligi va shaffofligini oshirish.

7-vazifa. Boshqaruvning barcha bosqichlarida qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish.

8-vazifa. Fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqini amalga oshirishlari uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot oshkoraligini kuchaytirish hamda fuqarolarning asosiy erkinliklari himoyasini ta’minlash.

9-vazifa. Zo‘ravonlikning oldini olish, terrorchilik, ekstremizm va jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish ishida milliy va xalqaro darajalarda hamkorlikni kengaytirish orqali tegishli milliy muassasalarni mustahkamlash.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, bu kabi maqsadlar zamirida nafaqat bizning xalq, balki, butun dunyo xalqlarini bir maqsad yo’lida jamlash, tinchlik-totuvlikni ta’minlash, yorqin kelajakka ishonch ko’zi bilan qaray olish kabi muhim jihatlarni shakllantirishdek g’oyalar mujassamdir.



Javohir RAHIMOV

102-GURUH TALABASI
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling