Bashirov sanjarning shaharlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi


O‘zbekiston o‘rta shaharlarida sanoatlashuv jarayonlari


Download 185.64 Kb.
bet12/18
Sana07.04.2023
Hajmi185.64 Kb.
#1336460
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
1-Mustaqil ta’lim 1.1- javob

13. O‘zbekiston o‘rta shaharlarida sanoatlashuv jarayonlari.

O‘zbekistonning o`rta sanoat shaharlariga asosan Marg‘ilon, Ohangaron, Muborak, Gazli, Zarafshon, Taxiatosh, Asaka, Uchqo‘rg‘on, Quvasoyga o‘xshashlami kiritish mumkin.


Margʻilon (boshqanomlari Margilan, Margelan) — Oʻzbekiston shaharlaridan biri. Fargʻona viloyatida joylashgan. Aholisi 190,2 ming kishi. Shaharda 30 dan artiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Jumladan, 91,9 % oʻzbeklar, 3,1 % ruslar, 1,4 % tatarlar. Shahar iqlimi — kontinental, qish yumshoq, yoz esa juda issiq keladi. Margʻilon vodiydagi yirik shaharlar bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. „Margʻilon haqiqati“, „Turon shoyisi“ gazetalari chiqarilmoqda. Shaharda 1037 oʻringa moʻljallangan kasalxonalar, 2 tibbiyot sanitariya qismi, Salomatlik markazi, tez tibbiy yordam markazi va boshqa tibbiy muassasalarda 422 vrach, 1599 oʻrta tibbiy xodim xizmat qiladi. „Atlaschi“ va „Turon“ stadionlari, 33 sport zali, koʻplab voleybol, basketbol va futbol maydonlari, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi bor. 56 ta jismoniy tarbiya jamoasida 43 ming nafardan ziyod yoshlar shugʻullanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Pir Siddiq majmui („Kaptarlik“, 18-asr oʻrtalari), Xoʻja Magʻiz maqbarasi (18-asrning birinchi yarmi), Chokar, Toronbozor masjidlari (20-asr boshlari), Saidahmad Xoja Eshon madrasasi (19-asr oxiri) va boshqa saqlanib qolgan. Margʻilonda buyuk alloma Burhoniddin Margʻinoniy yashab oʻtgan, shoira Uvaysiy (Jahon Otin) tugʻilgan va boshqa bir qancha mashhur kishilar ijod qilganlar. Dengizdan 487 metr balandlikda. Margʻilon shahri ming yillardan beri oʻzining usta-hunarmandlari, olimu fuzalolari bilan dunyoga mashhurdir. 2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari oʻtkaziladi. Qadimiy Xitoy yozma manbalarida Dovonda Largi shahri keltirilgan, Xitoy olimlari ilmiy ishlarida bu shahar Hozirgi Margʻilon shahriga togʻri keladi va bu shahar 2700-yil tarihga ega ekanligini isbotlaydi.
Ohangaron — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi shahar (1962-yildan). Tuman markazi. Qurama togʻining etagida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida, 525-600 m balandlikda. Toshkentdan 68 km. Toshkent – Angren temir yo’ldagi stansiya. Shahar hududidan Xoʻjabaland, Xonariq va boshqa ariqlar oqib oʻtadi. Aholisi 34,7 ming kishidan ziyod (2003). Shahar nomi „ohangaron“ — „temirchilar“ maʼnosini anglatadi. Ohangaronning tez oʻsishiga uning yaqinidagi Angren koʻmir koni va Olmaliq rangli metall konlarining ochilishi sabab boʻldi. Ohangaronda sementli shifer korxonasi, „Santexlit“, „Ohangarondon“, „EUROCEMENT“ zavodlari bor. 8 umumiy taʼlim maktabi (5700 ga yaqin oʻquvchi), bolalar sport maktabi, bolalar sanʼat musiqa maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 kutubxona, 2-madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion faoliyat koʻrsatadi. Ikkinchi jahon urushi qurbonlariga yodgorlik oʻrnatilgan. Kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, 10 dorixona mavjud. Hozirda Ohangaron butun vodiy aholisiga mashhur shahardir. chunki bu yardagi tamaddixonalarda hordiq chiqarib ketish mumkin.
Muborak - Oʻzbekiston respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan shahar. Muborak muhim gaz va neft shahridir. Shahar Muborak tumanining markazi hisoblanadi. Muborak shahri Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan 78 km masofada joylashgan. Muborak 1974-yildan beri shahar hisoblanib keladi. Baʼzi mahalliy rivoyatlarga koʻra, „Muborak“ nomi Imom Buxoriyning ustozlaridan biri deb sanalgan Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziyga atab barpo qilingan „Xoʻjamuborak“ qishlogʻi nomidan olingan.
Muborak muhim gaz va neft shahridir. Muborak yaqinida Muborak gazkondensat koni joylashgan. Muborakda tuman hokimiyati binosi, gazni qayta ishlash zavodi, „Muborakneftgaz“ korxonasi, bosmaxona, toʻrt avtokorxona, oʻn qurilish taʼmirlash korxonasi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya muassasalari, sanoat kasb-hunar, tibbiyot, pedagogika-iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktabi, telemarkaz, kutubxona, klub, stadion, yoshlar sport majmuasi, tennis korti, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Shaharda suv bilan davolash fizioterapiya shifoxonalari faoliyat koʻrsatadi.
Gazli — Buxoro viloyati Romitan tumanidagi shahar (1977-yildan). Qizilqum choʻlida joylashgan. Buxoro sh.dan 106 km shim.-gʻarbda. Ahrlisi 8,2 ming kishi (2001). Gazli yirik gaz konlarining topilishi (1956) natijasida vujudga kelgan. 1960-y.larda Gazlidan Ural (Yekaterinburg , 2100 km)ga, Rossiya Yevropa qismining markaziga, Tosh-kentga gaz quvurlari oʻtkazilgan. Gazlida gaz va neft konlarini qidiruvchi "Buxoroneftgaz" birlashmasi, oʻrta maktab, kinoteatr, madaniy-maishiy xizmat tarmoqdari bor. Gazli Buxoro — Urganch avtomagistrali yoqasida.
Asaka (1937 — 1991-yillarda Leninsk) — Andijon viloyatidagi shahar (1937-yildan). Oktabr inqilobiga qadar shahar oʻrnida Assake kishlogi boʻlgan. 1898-yilda qadar esa bu manzilgoh oʻrnida 1898-yilgi Andijon qoʻzgʻolonining markaziga aylangan qishloq boʻlgan. 1924-1937-yillarda shahar, Bolshevik rahbar Zelenskiyning nomiga Zelensk deb atalgan. Zelenskiy qatagʻonga uchraganidan soʻng, 1937-yilda shahar nomi bolsheviklar dohiysi sharafiga Leninsk deb oʻzgartirilgan. 1991-yilda shaharning tarixiy nomi qayta tiklangan. Asaka 2010-yildan tumanga boʻysunuvchi shahar maqomida, ungacha esa u viloyatga boʻysungan. Asaka Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati markazi hisoblanadi, 1990-yillarning oxirida yiliga 250 ming donagacha avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan Daewoo avtomobil zavodi qurib bitkazilgan. UzDeu Avto amalda shahar miqyosidagi ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi. Shuningdek, shaharda boshqa bir qator zavodlar: UzDongVonKo, paxta tozalash, yogʻ-moy, avtoremont, temir-beton uskunalar, qurilish materiallari, kislorod ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlar bor. Shahardan Andijon — Qoʻqon temiryoʻl liniyasi oʻtgan, shaharning oʻzida „Asaka (temiryoʻl stansiyasi)“ temiryoʻl stansiyasi bor. Shahar, shuningdek, Margʻilon, Fargʻona va Andijonga olib boruvchi avtomobil yoʻllari tuguni ham hisoblanadi. Shahar yaqinida neft va tabiiy gaz qazib olinadi.

Download 185.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling