Bashirov sanjarning shaharlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi
O‘zbekiston shaharlarini aholi soniga ko‘ra klassifikasiyasi va funksiyalari
Download 185.64 Kb.
|
1-Mustaqil ta’lim 1.1- javob
18.O‘zbekiston shaharlarini aholi soniga ko‘ra klassifikasiyasi va funksiyalari.
Aksariyat qiziquvchilarning xabari bo‘lsa ehtimol, rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining aholisi 2018-yil 1-oktabr holatiga 33 mln. kishidan oshdi. Mazkur aholining yarmidan ortig‘i shaharlarga yashaydi. Turli ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda nechta shahar bor degan savol qo‘yilib turlicha javoblar berilgan. Yuqoridagi savollarga aniqlik kiritish maqsadida ushbu maqolaga qo‘l urdik. O‘zbekistonda aholi punkti shahar maqomini olishi uchun uning aholisi 7 ming va undan ko‘p bo‘lishi, unda istiqomat qilayotgan aholining 2/3 qismi ishchi va xizmatchilar hamda ularning oilasidan iborat bo‘lishi kerak. Mamlakatimizda shaharlar aholi soniga ko‘ra katta shaharlar, yirik shaharlar va hatto millioner shaharlar deb ataladi. Hozirda respublikamizda 119 ta shahar mavjud. Lekin shuncha shahar borligi haqida aksariyatimiz tasavvurga ega emasmiz. Ko‘pchilikdan so‘ralsa 20 ta ko‘pi bilan 30 ta shaharlar nomini sanab bera olamiz xolos. Sababi biz ko‘pincha katta shaharlarni yoki yirik shaharlarnigina bilamiz. Umuman mamlakatimizdagi shaharlar bo‘ysinuviga ko‘ra 3 toifaga: 1. O‘zbekiston Respublikasi bo‘ysinuvidagi; 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysinuvidagi; 3. Tuman bo‘ysinuvidagi shaharlarga bo‘linadi. Mamlakatimiz poytaxti – Toshkent shahri O‘zbekiston Respublikasi bo‘ysinuvidagi yagona shahar hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysinuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Xiva va Shahrisabz shaharlari viloyat bo‘ysinuviga o‘tkazilgan eng yangi shaharlar hisoblanadi (2017-yil). Bu choralar O‘zbekiston hududida joylashgan ushbu qadimgi shaharlarga sayyohlar oqimini sezilarli oshirish imkonini beradi. Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 7 ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud aholi punktlari kiritilishi mumkin. Bulardan tashqari O‘zbekiston aholi punktlari ichida shaharchalar (posyolka) ham bor. Ularning soni mingdan oshadi va bu aholi punktlarida istiqomat qiladiganlar ham shahar aholisi hisoblanadi. Quyida shahar aholi punktlari to‘g‘risidagi ma’lumot hududlar kesimida keltiriladi. Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. SHaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida 2 ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, mamlakatimizda shahar va shaharcha tipidagi aholi punktlaridan tashqari qishloq aholi punktlari ham mavjud. Ularning umumiy soni 11 mingdan ortadi. Aholisining asosiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligini yuritish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa qishloq joylarga xos bo‘lgan faoliyatni yuritish hisoblanadigan joylar qishloq aholi punktlari deb yuritiladi. Qishloq aholi punktlari ham aholisi soniga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: Yirik aholi punktlari – aholisi soni 5 ming kishidan ko‘p; Katta aholi punktlari – aholisi soni 3 ming kishidan 5 ming kishigacha; O‘rta aholi punktlari – aholisi soni 1 ming kishidan 3 ming kishigacha; Kichik aholi punktlari – aholisi soni bir ming kishigacha. Mamlakatimizda aholining o‘sish sur’atlari qishloq aholi punktlarini soni va maydonini kengayishiga olib kelmoqda. Katta qishloqlarda zamonaviy binolarga ega ta’lim muassasalari, madaniy-maishiy muassasalar, shifoxonalar jadal qurilmoqda. Ular tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlanmoqda. SHu tariqa qishloq aholisining turmush sharoiti shaharliklarning turmush tarziga yaqinlashmoqda. SHuningdek, qishloq joylarda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi tufayli ko‘plab sanoat korxonalari barpo etilmoqda. Yuqoridagi omillar tufayli mustaqillik yillari ko‘pgina qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berildi natijada mustaqillikkacha 60 foiz aholisi qishloqda istiqomat qilgan agrar respublikada urbanizatsiya darajasi ko‘tarilib aholisining yarmidan ortig‘i shaharlarda yashamoqda. Download 185.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling