Basketbol o'yiida harakatlanishsakrash texnikasi, suzish usullarini o'rganish


Download 59.99 Kb.
bet8/8
Sana09.04.2023
Hajmi59.99 Kb.
#1345071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Basketbol o\'yiida harakatlanishsakrash texnikasi, suzish usullarini

Orqadan bir qo’llab to’p uzatish. To’pni orqadan uzatishdagi asosiy harakatlar- bu biroz bukilgan qo’l belidan orqadan qo’l va pnjaning keyingi keskin harakati bilan uzatiladi (gavda ham biroz bukiladi).
Bir qo’llab elkaning ustidan to’p uzatish. Bir qo’llab elkaning ustidan to’p uzatish paytida o’yinchi tirsak va panjalarining shiddat bilan bukish bilan o’ng (chap) tomondan yoki qarama- qarshi elka ustidan to’pni shergiga uzatadi.
To’pni olib yurish ta’qib qilayotgan raqibdan qochishga, to’p uchun muvaffaqiyatli kurashdan so’ng to’p bilan shchit ostidan chiqishga va tez jadal qarshi hujumni tashkil etishga; raqibga to’siq qo’yishga yoki nihoyat, sherigiga hujum uchun to’pni uzatish va uni to’sayotgan raqibni biroz chalg’itishga imkon beradi.
Boshqa barcha holatlarda, qarshi hujum tezligini pasaytirmaslik uchun va o’yin jarayonini buzmaslik uchun to’pni olib yurishdan bekordan- bekorga foydalanmaslik kerak. Olib yurish to’pni bir qo’la bilan engil ketma- ket pastga- oldinga urish bilan amalga oshiriladi (yoki galma- gall o’ng- va chap qo’l bilan ), oyoqlardan biroz yonda va oldinga yo’naltiriladi. Asosiy harakatlarni tirsak va bilak bo’g’inlari bajaradi. Muvozanat holatini saqlash va harakat yo’nalishini tez o’zgartirish uchun oyoqlarni bukish kerak.
( 73-rasm)
Gavda biroz oldinga buriladi, to’pdan ozod qo’l va elka raqibni to’pga yaqinlashtirmaslikgi kerak (lekin uni itarib yubormaslik lozim). Qadam tashlash va to’p bilan aloqa qiluvchi qo’l harakatlarining sinxronligi to’pni olib yurish uchun xarakterlidir.
O’yinchi shu tarzda oldinga harakat qilib, shu vaqtning o’zida sheriklarini, raqiblarni joylashishini kuzatishi va shchit tomon yo’lini aniqlashi lozim Vaqti- vaqti bilan nazoratni to’pdan maydonga va qayta to’pga qaratishi maqsadga muvofiq.
Tezlikni o’zgartirish bilan aldab o’tish. himoyachidan qutilash uchun to’p olib yurish tezligining kutilmagan o’zgartirishdan foydalaniladi. To’pni olib yurish tezligi avvalo to’pni qay burchak ostida maydonga yuborilayotganligi va sakrash balandligiga bog’liq. To’p bilan oldinga harakat qilish tezligi avvalo to’pni sakrash balandligiga va uning sapchish burchagiga bog’liq. Tikkaga yaqin va past sakrashda buyurilsa yurish sekinlashadi va butunlay joyidan bajarilishi mumkin.
Adabiyotlar:



  1. Basketbol tuzuvchilar Qosimov V.SH. Rasulov O.T.

  2. Gomlivkiy A.YA. Taktika basketbolyu Moskva FIS –1966.

  3. Basketbol Sostavki : Simoshko N.I. FIS 1967 god.

  4. YAxaptova ye.R. Gengen Z.A. Basketbol Moskva FIS 1978 god.

  5. Engilmaslar “SHerlar” ga qarshi 1999 yil 23 noyabr 58 son.

  6. Basketbol sport gazetasi 1999 yil 16 iyun 30 son.

  7. Basketbol 27-son 1999 yil 6 iyun

  8. Basketbol 57 son 1999 yil 19 noyabr

Download 59.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling