To’xtash.
Vaziyatga qarab o’yinchi, keskin yugurishlar va yugurish yo’nalishini o’zgartirishlar bilan bir qatorda raqib ta’qibidan bir oz bo’lsa ham qutilishga, bo’sh joyga chiqishga va keyingi hujum harakatlari uchun imkoniyatga ega bo’lish maqsadida kutilmagan (qo’qisdan) to’xtalishlardan foydalanadi. To’xtalish ikki uslubda: sakrab va ikki qadam bilan amalga oshiriladi.(59-rasm)
Burilish
Hujumga himoyachidan qutilish uchun, to’pni urib chiqarishdan saqlash uchun fintlarini ishlatib, so’ng savatga hujum qilish uchun burilishlardan foydalaniladi. Burilishning ikkita: oldinga va orqaga burilish usuli bor.
Oldinga burilish basketbolchi yuzi bilan qayoqqa qaragan bo’lsa, shu tomonga qadam tashlab, o’tish yo’li bilan bajariladi, orqaga burilish esa- u orqasi bilan qaysi tomonga turgan bo’lsa, o’sha tomonga qadam tashlab o’tish yo’li bilan bajariladi. (60-rasm
To’p bilan bajariladigan usullar (texnikasi)
To’p bilan bajariladigan usullar quyidagi texnik usullarni: to’pni ilib olish, uzatish, olib yurish va to’pni savatga otishni o’z ichiga oladi.
To’pni ilib olish
To’pni ilib olish- bu usulning yordamida o’yinchi ishonarli ravishda to’pni egallab olish va u bilan keyingi hujum haraktlariga kirishishi mumkin.
To’pni ilib olish, keyinchalik to’pni oshirib berish, olib yurish yoki otishni bajarish uchun ham dastlabki holat hisoblanadi, shuning uchun harakatlar o’z tuzilishi bilan keyingi usullarni aniq va qulay bajarilishini ta’minlashi lozim O’yinchi to’pni ham ilmay turib uni keyin qayoqqa va kimga uzatishni bilishi lozim
O’yinchi to’pga qarab tursa ham ko’z qiri bilan boshqa joylarni ko’ra olishi lozim
Basketbolchi joyida turib kutmasdan albatta unga qarshi chiqishini o’ziga qoida qilib olishi kerak. To’pni tutib olishning aniq usulini va uning har xil usullarini tanlab olish, o’yinchining uchib, kelayotgan to’pga nisbatan joylashganligini uning bir joydan ikkinchi joyga o’tish harakati dinamikasi va to’pning uchish balandligi va tezligiga bog’liq. (61- rasm)
To’pni ilib olish usullarining klassifikatsiyasi (tasnifi )
Do'stlaringiz bilan baham: |