Basketbol o‘yin qoidalari


Jamoalar, o’yinchilar, zahiradagi o’yinchilar, sardor, murabbiylar


Download 397.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi397.68 Kb.
#1367774
1   2
Bog'liq
Basketbol o‘yin qoidalari

Jamoalar, o’yinchilar, zahiradagi o’yinchilar, sardor, murabbiylar. Har bir 
jamoa murabbiy va ko’pi bilan 10 ta o’yinchidan iborat bo’ladi. O’yinchilardan 
biri sardor bo’lib hisoblanadi. Har bir jamoa tarkibida murabbiy yordamchisi 
bo’lishi mumkin. Agar jamoa biron bir turnirda uchtadan ortiq o’yinda ishtirok 


etadigan bo’lsa, har bir jamoaning o’yinchilari soni 12 tagacha ortishi mumkin. 
O’yin paytida har ikkala jamoadan beshtadan o’yinchi maydonda bo’lishi kerak. 
Ular qoidalarga muvofiq almashishlari mumkin.
Agar jamoa a’zosi maydonda bo’lsa, u o’yinchi bo’lib hisoblanadi va o’yinda 
qatnashish huquqiga ega. Boshqa hollarda u zaxiradagi o’yinchi bo’lib hisoblanadi.
Agar hakam zahiradagi o’yinchiga maydonga tushish uchun ruxsat bersa, unda u 
o’yinchiga aylanadi.
Har bir o’yinchining ko’krak va orqa tomonida raqami bo’lishi kerak. Bu raqamlar 
tushunarli va bir xil rangda, maykaning rangidan yaqqol ajralib turishi zarur. 
Raqamlar aniq ko’rinib turishi lozim: orqadagi raqamlarning balandligi kamida 2 
sm, ko’krakdagi raqamlarning balandligi kamida 1 sm bo’lishi shart. Raqamlar 
uchun ishlatiladigan ashyoning eni 0,2 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Jamoalar 4-
chidan 15-chigacha bo’lgan raqamlarni ishlatishlari lozim. Bir jamoa o’yinchilari 
takrorlanadigan raqamli maykani kiyib chiqishlari mumkin emas.
O’yinchining sport kiyimi quyidagilardan iborat:
- bir jamoaning hamma o’yinchilari old va orqa tomonlari bir xil va umumiy 
rangda bo’lgan maykalarni kiyishlari shart. Yo’l-yo’l maykalarni kiyish man 
etiladi;
- bir jamoaning hamma o’yinchilari bir xil va umumiy rangda bo’lgan shortik 
kiyishlari kerak;
- maykalar tagidan kalta yengli maykalar kiyish mumkin. Lekin kalta engli 
maykalar kiyilsa, ularning rangi mayka rangiga mos bo’lishi shart;
- kalta shim tagidan pastga chiqib turadigan ichki kiyim kiyilsa, uning rangi kalta 
shim rangiga mos kelishi kerak.
Sardor zaruriyati tug’ilganda maydonda o’z jamoasining vakili bo’lib hisoblanadi. 
Bu qoidalarni izohlash bilan bog’liq bo’lgan savollar bo’yicha yoki kerakli 
ma’lumot olish uchun hakamga murojaat qilish mumkin. Bu narsa 
xushmuomalalik bilan qilinishi lozim. Sardor biron-bir uzrli sabab bilan 
maydondan chiqib ketishdan oldin, katta hakamga o’yinchilardan qaysi biri uning 
o’rniga sardor sifatida qolayotganligini ma’lum qiladi.


Tartib bo’yicha o’yin boshlanishiga hech bo’lmaganda 20 daqiqa qolganida har bir 
murabbiy kotibga o’yinda qatnashadigan o’yinchilarning familiyalari va 
raqamlarini, shuningdek jamoa sardori, murabbiyi va murabbiy yordamchisining 
familiyalarini ma’lum qilishi kerak.
O’yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida murabbiylar o’z o’yinchilarining 
familiyalari va raqamlarni tasdiqlaydilar va qaydnomaga qo’l qo’yadilar hamda 
shu vaqtning o’zida o’yinni boshlaydigan 5 ta o’yinchini belgilab qo’yadilar. «A» 
jamoasi murabbiyi shu ma’lumotni birinchi bildirayotgan bo’lib hisoblanadi.
Agar o’yinchi o’yin jarayonida o’z raqamini o’zgartiradigan bo’lsa, unda bu haqida 
kotib va katta hakamga ma’lum qilishi zarur. 


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Usmonxo’jaev T.S. “Harakatli o’yinlar” O’quv qo’llanma T.: O’qituvchi 1992 y.
2. Maxkamdjanov K.M., Nurmatov F.A, Inozemseva L.A, Rustamov L “Sport 
bayramlarini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi” Darslik T.: 2008 y.
3. Xo’jaev P., Raximqulov K.D., Nigmanov B.B. Sport va harakatli o’yinlar va uni 
o’qitish metodikasi. (Harakatli o’yinlari) O’quv qo’llanma TDPU T.: 2008 y.
4. Azizova R.I. “Sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi” O’quv qo’llanma 
T.: 2010
5. Raximqulov K.D. “Milliy harakatli o’yinlari” O’quv qo’llanma T.: 2012 y.
 

Download 397.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling