Basketbol o’yin taktikasi tasnifi reja


Markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasining asosiy variantlari


Download 181.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana16.06.2023
Hajmi181.12 Kb.
#1498737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Basketbol o`yini taktikasi tasnifi

Markaziy o’yinchi orqali hujum qilish sistemasining asosiy variantlari – 
bitta markaziy o’yinchi orqali va ikkita markaziy o’yinchi orqalidir. Hozirgi zamon 
sport amaliyotida uchta markaziy o’yinchi orqali hujum qilish juda kam qo’llaniladi. 
Markaziy o’yinchilarning va ularning sheriklarining shaxsiy imkoniyatlariga 
shuningdek jamoaning umumiy taktik maqsadlariga qarab musobaqalarda 
boshlang’ich joylashishning har xil sistemalarini (pozitsiyalarini) qo’llashadi. 
To’pni markaziy o’yinchiga uzatgandan keyin shchit tomonga to’g’ri chiziq 
bo’ylab chiqishdan tashqari, hujum qilayotgan jamoa, pozitsion hujum uchun 
jamoaning asosiy boshlang’ich joylanishi bilan ikki yoki uch o’yinchilarning 
ma’lum bo’lgan o‘zaro harakatlarining birin-ketin qo’shilib ketishiga asoslangan
ilgaridan o’rganilgan taktik kombinatsiyalardan foydalanishi kerak. 
Kombinatsiyada deyarli har doim jamoaning hamma o’yinchilari 
qatnashishadi, ba’zi birlari asosiy hujum qiluvchi harakatlarni amalga oshirishadi, 
boshqalari – ozod qiluvchi yoki chalg’ituvchi, uchinchilari – orqa xavfsizligini 
ta’minlaydigan harakatlarni amalga oshirishadi. 
3.7. Shaxsiy pressingga qarshi hujum 
Shaxsiy pressinga qarshi kurashayotgan jamoa taktik va texnik xarakterga ega 
bo’lgan bir qator sharoitlarni bajarish kerak: 
1) to’pni tezda o’yinga kiritish


2) tezlik bilan himoyani yo’rib o’tish uchun operativ kenglikka chiqishi yoki 
hech bo’lmaganda 10 soniya ichida to’p bilan raqibning maydoniga o’tishi; 
3) zich ta’qib paytida hujumning shiddati va taktik tizimini saqlash; 
4) hujumning boshqa, maqsadga muvofiq sistemalari vavariantlariga (tezkor 
ravishda) tezda o’tish. 
Shaxsiy pressinga qarshi hujum taktikasi qo’llanishi qo’yidagi holatlardan kelib 
chiqadi: 
1) raqib shchiti tomonga tez yo’rib o’tishni qo’llash uchun o’z yarimida 
maydonning hamma beshta o’yinchining dastlabki boshlang’ich joylashishini 
qo’llash; 
2) hujumning oldingi va keyingi chiziqlari o’rtasidagi yetarli darajada katta 
oraliqni ta’minlash (himoya chiziqlari o’rtasidagi o’zaro harakatlarni tuzilishini va 
hamkorligini qiyinlashtirish uchun), harakatchan markaziy o’yinchini yoki kanot 
hujumchini orqaga maydon markaziga to’pni olish uchun jalb qilish va u orqali tezda 
hujum yushtirish; 
3) jamoaning mohir driblerining (to’pni mohirona olib yuradigan) himoyachi 
yakka kurashishishi uchun maydonning bir tomoni ni bo’shatish; 
4) maydonning raqib yarimiga to’p bilan kirish paytida raqib shchitidan uzoqqa 
ketgan markaziy o’yinchisiz hujumni yushtirish bilan tarqoq pressingdan pozitsion 
kurashda foydalanish (ikkala ko’rsatilgan sistemalar jarima maydonni ochiq qoldirib 
hujumchilarga birdaniga u yoqqa yorib o’tishga va savatga hujum qilishga 
imkoniyat beradi). 

Download 181.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling