To'pni ko'pincha ikki qo'llab, ko'krakdan uzatiladi (101- rasm). Uning qulayligi, birinchidan, dastlabki holatda to'p ikki qo'l bilan raqibdan yaxshi himoyalangan joyda ushlab turiladi, ikkin-chidan, bu uzatish eng aniq va ishonchli bo'lib, uni joyida turib yoki harakatda bajarish mumkin. Uzatishda to'pni pastga-o'ziga-yuqoriga harakatlantirib, kerakli yo'nalishga keskin irg'itiladi. Uchishni tezlashtirish maqsadida shu tomonga bir qadam qo'yiladi; boshqa oyoq keskin to'g'rilanib, pol (maydon)ga tayaniladi, gavda va yelka harakati yordamida to'pning uzatilishi kuchaytiriladi va to'pning uzoqqa uchishi ta'minlanadi. O'rganilgan harakatni mustahkamlash va takomillashtirish uchun bir-biriga qarab turib, uzatishni mashq qilish foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |