Basketbolchilarning o'yini qoidalarini o'rgatish to'pni uzatish reja: kirish I. Bob basketbol musobaqalarida hakamlik qilish


Download 149.13 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi149.13 Kb.
#1571466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BASKETBOLCHILARNING O\'YINI QOIDALARINI O\'RGATISH TO\'PNI UZATISH

Yelkadan bir qo'llab uzatish. To'pni tez va uzoqqa uzatish kerak bo'lganda qo'llanadiyTo'pni uzatish paytida u yelka balandligiga ko'tariladi, qo'l barmoqlari to'pning orqasida turadi, so'ng to'pni uncha baland bo'lmagan uchish trayektoryasida kerakli yo'nalishga yuboradi. Uzatishda qo'l barmoqlari to'pni, u qo'ldan chiqib ketgungacha ushlab turadi. Shundan so'ng bir qo'l yondan pastga tushiriladi. Uzatishning olisligi oyoqning to'g'ri qo'yilishiga, ya'ni to'pning orqasidan qanday qadam tashlanishiga bog'liq. Shuningdek, to'p izidan yelka harakatining ham o'z o'rni bor. Qisqa masofadan yugurib kelib, so'ng sakrab bajarilsa ham uzatish yanada samaraliroq bo'ladi

Bir qo'llab pastdan uzatish. Bu uzatish usulida oyoq va qo'llar ikki qo'llab pastdan uzatish paytidagi kabi ishlaydi.,Faqat uzatuvchi qo'l barmoqlari to'pning orqasidan, ya'ni uning ostidan u qo'ldan chiqib ketguncha ushlaydi. Aytganimizdek, bu usulni amalga oshirish yelka, bilakning oldinga tez harakati bilan boshlanadi hamda to'p uzatish barmoqlarning kuzatuvi bilan yakunlanadi.
Shuningdek, bosh ustidan keng yoysimon harakatda bir qo'lda ,,kryuk" uzatish ham bajariladi.
Maydon (yer) dan sakragan to'pni uzatish, to'pni to'xtatib qoladigan va egallab olish qobiliyatiga ega bo'lgan harakatchan va chaqqon raqibga qarshi qo'llanadi. To'p uzatishni bir qo'llab ham, ikki qo'llab ham bajarish mumkin. Bu holatdagi to'pni polga urish kuchli, sakrash nuqtasi esa hamma vaqt to'pni qabul qiluvchiga yaqin bo'lishi lozim Maydondan to'pni sakratib uzatish uni oldinga yoki orqagaburish bilan bajarilgandajuda samarali bo'ladi. Bu uzatishni puxta o'zlashtirish uchun uni juftlikda bajarib, polda sakragan to'pning qanday sakrashini eslab va tahlil qilib, tuproqli maydonda, aylantirib va aylantirmasdan bajarib ko'ring.

To'pni pastlatib olib yurish (dribling). Bu basketbolning muhim texnikaviy usulidir.,Chunki to'pni egallagan o'yinchi, basketbol qoidalariga qat'iy amal qilgan holda, hujum uchun qulay holatga chiqadi va shitga yaqinlashadi va to'pni savatga tashlaydi.
Olib yurish, to'pni yerga urish barmoqlarning egiluvchan harakatlarida amalga oshiriladi. Agar atrofmgizda raqib bo'lmasa, to'pning sakrashi balandroq bo'lishi mumkin. Bordi-yu raqibga yaqinlashib qolinsa, oyoqni bukish, to'pning sakrashini pasaytirish va uni gavda bilan to'sib, bo'sh qo'lda raqibning urinishidan to'pni himoyalash mumkin. Olib yurish yo'nalishini o'zgartirish uchun qo'lni to'pga yon tomondan qo'yiladi va to'pni yerga urish kerakli yo'nalishda bajariladi.
Dribling texnikasini takomillashtira borib, to'pga qaramay turib, olib yurishga o'rganing. To'pni ko'rishni muskullar orqali his qilish hisobiga amalga oshiring. To'pni olib yurganda unga emas, balki o'z shitingizga, raqib shitiga, maydondagi belgilarga va boshqa o'yinchilarga nigoh tashlang. Bu esa o'yin vaqtida sizni butun may-donni, undagi bo'sh joyni, o'yinchilarning joylashuvini, raqib-larning himoyalangan yoki zaif yerini ko'rishga o'rgatadi.
To'pni olib yurish malakasini mustahkamlash uchun maydon-ning chegaralangan zonasida to'pni olmoqchi bo'lgan raqibdan uni yashirib, to'pni olib yurishni (masalan, doiralardan birida, uch soniyali jarima zonasida) bajaring.



Download 149.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling