Bastakorlar ijodi
Abul Faraj al-Isfahoniyning «Qo‘shiqlar kitobi»
Download 1.84 Mb.
|
bastakorlar ijodi
Abul Faraj al-Isfahoniyning «Qo‘shiqlar kitobi»Abul Faraj al-Isfahoniy Eronning janubida joylashgan Isfahon shahrida 897-yili tavallud topgan. Abul Faraj al-Isfahoniy butun o‘zining ijodida bir qator sohalarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Xususan, tibbiyot, tarix, falsafa, geografiya, astronomiya va musiqa bo‘yicha 30 dan ortiq risolalar yozib qoldirgan. Faoliyati davomida musiqaga bag‘ishlangan 7 ta risola yozgan. Ularning ichida eng mashhuri «Qo‘shiqlar kitobi» («Kitab ul-ag‘ani») deb nomlangan bo‘lib, oldin yaratgan 6 ta kitobga kirgan ma’lumotlarning aksariyatini qamrab olgan. 6 ta musiqa haqida kitoblarining nomlari quyidagicha: «Faqat qo‘shiqlar haqida kitob», «Tinglash haqida kitob», «Xonandalar kitobi», «Mashhur xonandalar haqida kitob», «Kuy haqida kitob» va «Ashulalar haqida kitob». Abul Faraj al-Isfahoniy ushbu risolani o‘zidan oldin yashab o‘tgan bastakor va ijrochi Is’hoq Mavsuliy kitobiga asoslanib yozadi. Qo‘shiqlarni o‘tmish xonandalar talqinlaridagi rivoji va o‘zgarishlari, turli ijro maktablari va uslublaridagi ijrosini VII–X asrlar mobaynidagi rivoji kesimida ko‘rsatib beradi. Risolada, asosan, arablar musiqiy estetikasi, musiqaning ahamiyati keng yoritilgan. Risola tarkibidan o‘rin olgan qo‘shiqlarda arablar, ya’ni ko‘chmanchi badaviylarning qo‘shiqlari, xalifalarni madh etuvchi marsiyalar, diniy-dunyoviy musiqalar o‘rin olgan. «Qo‘shiqlar kitobi»da musiqaning nazariy masalalari yoritilmagan, aksincha, asosan, amaliy jarayon ifoda etilgan. Risola 8 bobdan iborat. Har bir bob o‘z tarkibiga bir nechta qismni qamrab olgan. Ular asosan ocherklar ko‘rinishidadir. Kitob tarkibidagi qo‘shiqlar uch guruhga bo‘lingan: birinchisi: quvnoq, harakatga ega bo‘lgan qo‘shiqlar; ikkinchisi: nazokatli, nozik, ma’yus, xijronli kayfiyatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar; uchinchisi: mumtozlik uslubiga yaqin bo‘lgan qo‘shiqlar. Ularni ijro etish uchun ijrochida yetarli darajada malaka bo‘lishi talab etilgan. Risolada arab xalqlarining musiqa madaniyati rivoji qo‘shiqlar misolida berilgan bo‘lib, eng muhimi, kasbiy musiqaning rivoji xususida tartibli ilmiy-amaliy ma’lumotlar bayon etilgan. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling