Bastakorlar ijodi
Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asari
Download 1.84 Mb.
|
bastakorlar ijodi
Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asari«Majolis un-nafois»1 («Nafis majlislar») – Alisher Navoiyning tazkira-yirik to‘plam (antologiya) janrida yaratgan asarlaridan biri bo‘lib, unda 459 ta zamondosh shoir, yozuvchi va olimlar, musiqa- shunos, sozanda, xonanda va bastakorlar ijodi xususida ma’lumotlar bayon etilgan. Asar 8 qism, ya’ni majlisdan iborat. Har bir maj- lis muayyan ijod ahligi bag‘ishlangan. Tazkiraning uslubiga binoan Navoiy har bir keltirilgan namoyandaning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashini tasniflaydi va ijodidan namuna keltiradi. Shu bilan birga, ayniqsa, madaniyat va san’at ahlining ijodiga ijobiy va tan- qidiy fikrlarini ham bayon etib o‘tadi. Tazkirada Alisher Navoiy musiqa san’atining turli sohalarida faoliyat yuritgan 16 nafar shaxslar ijodida ta’rif beradi. Bu oddiy ta’rif emas, balki san’at namoyandalarining ijodiga Navoiyning o‘ziga xos baho ekanligini e’tirof etish lozimdir. Xususan, ularning musiqa san’atiga qo‘shgan ijodiy hissasini tavsiflab o‘tadi2: 1 Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. Birinchi jild. – T., 2016. 310–312-betlar. 2 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami (20 jildli). 13-j. – T., 1997. zamonasidagi 6 ta mohir sozanda: Mavlono Qadimiy (naqqora- chi); Muhammad Ali G‘aribiy (musiqa ilmidan xabardor va bir qa- tor cholg‘ularning mohir sozandasi); Hoja Kamoliddin Udiy (so- zanda – zamonasining xushnavozi); Ustod Qulmuhammad Udiy (sozanda – ud va g‘ijjak hamda qo‘biz cholg‘ularining mukammal bilimdoni, bastakor Mir Habibulloh (sozanda – ud); Boysung‘ur Mirzo (mohir sozanda)larning sozandalikdagi amallarini Navoiy alohida baholaydi; 7 ta musiqashunoslar: Hoja Abdulvafoiy Xorazmiy (musiqiy risola bitgan, advor va musiqa ilmidan xabardor); Mavlono Muham- mad Jomiy (musiqashunos, musiqiy advor ilmida va musiqa ilmida mohir); Abdurahmon Jomiy (musiqashunos – musiqa ilmi bilimdoni); Mavlono Binoiy (musiqashunos – advorda risola bitgan); Mavlono Shayxiy (musiqashunos); Pahlavon Muhammad Go‘shtigir (musiqiy advor ilmida davrining benaziri); Hoja Abdulloh Sadr (Advor va musiqa ilmida benazir, qonun cholg‘usi ijrochiligi bo‘yicha tengsiz) kabilar o‘z davrida dong taratgan va shunga munosib musiqiy riso- lalar bitganligini faxr bilan tilga oladi; 3 ta bastakor: Mavlono Sohib Balxiy (bastakor – advor va musiqa ilmida komil – Chahorgoh kuyining muallifi); Hoja Yusuf Burhon (musiqa ilmini yaxshi bilgan ustoz, o‘zining baytiga Isfahon kuyini bastalagan, musiqa ilmidan Navoiyning ustozi); Mavlono So- limiy (sozanda – ud va tanbur cholg‘ularida mohir sozanda, mu- siqada tasniflar bog‘lagan bastakor)larning ijodiga baho berar ekan, Navoiy ularni avvalambor musiqa bilimdoni, musiqa nazariyasini idroklay olgan musiqashunos va musiqa amaliyotini mohirlik dara- jasida biluvchi sozanda bo‘lganliklarini alohida e’tirof etadi. Musiqa nazariyasi va amaliyotini bilgan har qanday san’atkor, bilimiga mos musiqa yaratishga qodir ekanligini, ushbu uchta musiqa bilimdonla- rining ijodi misolida ko‘rsatib bergan. Darhaqiqat, Alisher Navoiy o‘zining asarlarida musiqa san’atiga har tomonlama mukammal yondashganligi, ilmiy va amaliy jihatlarini yo‘nalishlarga xos yoritganligi va eng muhimi, jamiyat taraqqiyotida alohida o‘rin tutishini anglagan holda munosabatda bo‘lganligini qayd etish lozim. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling