Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
66 erasini qabul qildi. Bu davrda xristianlarda uchta asosiy era keng tarqalgan edi. Bular Aleksandriya erasi (er.avv. 5443-уil 29-avgustdan boshlangan), Antiox erasi (er.avv. 5969-yil 1- sentabrdan). Vizantiya era (er.av. 5509-yil l-sentabrdan)laridir. Vizantiya erasi greklar tomonidan VII asrda qabul qilingan edi. X asr oxirlariga kelib, Qadimgi Rusda Vizantiya uslubidagi Yulian kalendari tarqalgan bo‘lsa-da, mahalliy an'analar ham saqlanib qoldi. (ma-salan, ukrain, belorus va polyak tillarida bugungi kungacha xristianlikkacha qo'llanilgan oy nomlari saqlanib qolgan). Yulian kalendarining Rim uslubida yilning boshi birinchi yanvardan, Vizantiyada esa birinchi sentabrdan boshlangan. Yangi Rus kalendarida esa xristianlikdan oldin qabul qilingan 1-mart yilning boshi sifatida saqlanib qoldi. Qadimgi Rus yilini Vizantiya yili bilan taqqoslasak, u Vizantiya yilidan olti oy o'tib ketishi yo olti oy qolib ketishi mumkin edi. Agar Rus yili Vizantiya (sentabr) yilidan keyin boshlansa, orqada qolib ketardi. Bu Rus yil hisobi tarixchilar orasida «mart yili» yoki «mart uslubi» nomini oldi. Qadimgi Rus yili Vizantiya yilidan olti oy oldin boshlansa, oldinga o'tib ketardi. Bunday Qadimgi Rus yil hisobi «ultramart yili» yoki «ultramart uslubi» nomini oldi. Mazkur «mart» va «ultramart» yillari shartli ravishda qabul qilingan bo'lib, tarixiy manba va hujjatlarda bunday nom uchramaydi. Solnomalardan X-XII asr boshlarida mart uslubi ko'proq uchrashini kuzatish mumkin. XII—XIII asrlarda ikki uslub ham mavjud bo'lgan. XIV asrga kelib, mart va sentabr uslublari hukmronlik qilgan. XIV asr oxirlaridan-XVII asrgacha to'liq sentabr uslubiga o'tiladi. Mart uslubi, mart yili yanvar yilidan ikki oy keyin boshlangan. Agar mart yilining dastlabki o'n oyi (martdan dekabrgacha) Dionisiy erasining qaysidir yiliga mos kelsa. u holda o'sha yildagi yanvar va fevral (Qadimgi Rus yilining ikki oyi) Dionisiy erasidagi keyingi yanvar yiliga kiradi. Shunday qilib, «Dunyoning paydo bo'lishi» erasidagi mart yilini Yulian yiliga aylantirishda quyidagi formuladan foydalanamiz: D=B-5508-a bunda a - martdan dekabrgacha 0 ga, yanvar, fevralda 1 ga tengdir. D -Dionisiy erasidagi yilning tartib raqami, В - Vizantiya erasidagi yil. Ultramart uslubi. Ultramart yili mart yilidan o'n ikki oy kattadir. Shuning uchun yilni hisoblashda quyidagi formuladan foydalanamiz: D=B -5509 + a, Sentabr uslubi. Sentabr yili yanvar yilidan to'rt oy katta va ultmniml yilidan olti oy orqada qoladi. Bunda ham D=B-5509+ a formuladan foydalanamiz, bunda a - sentabrdan dekabrgacha nolga, yanvardan avgustgacha 1 ga tengdir. «Dunyoning paydo bo'lish» erasining 7000-yilidan keyin yozilgan manba va hujjatlarda yildagi ming tushirib qoldirilgan. Masalan, 7136-yilni yozish kerak bo'lsa, 136 yil tarzida berilgan. Rusda Yulian kalendari kirib kelishi bilan yetti kunlik haftadan ham foydalaniladigan bo'ldi. Rusda haftalar yaxlit holda «sedmitsu» deb atalgan. XVI asrgacha zamonaviy yakshanba «nedelya» (ish yo'q kun ma'nosida) deb atalgan. Bugungi «voskresen'e» atamasi birinchi marta X asr oxirlarida kirib keldi. XVI asrga kelib, «voskresen'e» atamasi hafta « kunlarining birining nomi sifatida qo‘llanila boshladi. Natijada «nedelya» esa «sedmitsa» - hafta ma'nosida ishlatiladigan bo'ldi. Haftaning nomlari ularning o'rniga qarab, ponedelnik - nedelya(voskresene)dan keyingi klin, «vtornik» - nedelyadan keyingi ikkinchi kun, «sreda» - sedmitsaning o"rtasi, «chetverg» - nedelyadan keyingi to'rtinchi kun, «pyatnitsa» -nedelyadan keyingi beshinchi kun degan ma'nolarni bildirgan. «Subbota» atamasi yuqoridagilardan mustasno tarzda qadimgi yahudiy tilidagi «sabat» (shabat) so'zidan (ishning yakuni ma'nosini bildiradi) kelib chiqqan. Qadimgi Rusda XIII asrgacha sutka atamasi vaqtning o'lchovi sifatida ishlatilgan. Sutka ikkiga, ya'ni yorug' va qorong'u qismga bo'lingan. Yangi kunni tongdan boshlab hisoblaganlar. 1722-yildan Rossiyada yangi kun kechasi soat 24.00 dan keyin boshlanadigan bo'ladi. XII asrda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling