Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

Savol va topshiriqlar 
1.  Qadimgi  Rusda dastlab  foydalanilgan  vaqtning  dastlabki  o‘lchov birliklari to'g'risida 
ma'lumot bering. 
                                                 
48
 Альберто Рус. Народ  майя. М., 1986. стр 152-160. 


 
73 
2.  Mayya kalendarlarida qanday davriylik qo'llanilgan? 
 
3-BOB. ZAMONAVIY KALENDARLAR 
Mavzu. Grigoriy kalendarining qabul qilinishi 
Reja: 
1.  Yulian kalendaridagi kamchiliklar. 
2. Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar islohoti. 
3.  Grigoriy kalendarining umumevropa kalendari sifatida qabul qilinishi. 
 
Yulian  kalendaridagi  kamchiliklar.  325-yilda  Nikey  soborida  Yulian  kalendari  yagona 
xristian  kalendari  sifatida  qabul  qilindi  va  ular  21-martni  bahorgi  tengkunlik  kuniga  mos 
keltirdik deb, o'yladilar. Xristianlarda diniy pasxa bayramini o'tkazishda buning ahamiyati katta 
edi.  Ular  bir  necha  asrdan  so'ng  haqiqiy  bahorgi  tengkunlik  nuqtasi  kalendarga  to'g'ri  kelmay 
qolganligini  sezib  qoldilar.  XVI  asrning  ikkinchi  yarmiga  kelib,  bu  farq  10  kunga  yetdi,  ya'ni 
bahorgi tengkunlik nuqtasi 21-mart emas, 11-martga to'g'ri kelib qoldi. Bu cherkovni tashvishga 
solib qo'ydi, ya'ni pasxa bayrami borgan sari yozga surila boshladi, bu esa Nikey sobori qaroriga 
zid edi. Pasxa bayrami 21-martdan keyingi to'linoydan so'ng birinchi yakshanbada nishonlanishi 
kerak  edi.  Yulian  kalendaridagi  kamchiliklarni  1324-yilda  Vizantiyalik  olim  Nikifor  Grigora 
aniqladi  va  bunga  imperator  Andronika  II  diqqatini  qaratdi.  Lekin  imperator  kalendarni  isloh 
qilishga  ruxsat  bermadi.  Yulian  kalendaridagi  kamchiliklarni  XVI  asrning  birinchi  yarmida 
Vizantiyada  yashovchi olim  Matvey  Vlastar ham ta'kidladi.  1373-yilda Vizantiyalik olim  Isaak 
Argir  kalendarni  isloh  qilish  zarurligini  asoslab  berdi.  Yulian  kalendarini  qaytadan  isloh  qilish 
zaruratini  katolik  cherkovi  vakillari  ham  ta'kidladilar.  Bu  fikrni  Kliment  VI  ham  qo'llab 
quvvatladi.  1414-yilning  martida  kardinal  Per  d'Ali  tashabbbusi  bilan  kalendar  masalasi 
muhokama  qilindi.  1437-yilda  bu  masala  Bazzel  soborida  ko'rib  chiqildi.  Unda  uyg'onish 
davrining  faylasuf  olimi  Nikolay  Kuzanskiy  (1401-1464)  o'zining  loyihasi  bilan  tanishtiradi. 
1457-yili  papa  Sikst  VI  kalendarni  isloh  qilish  va  pasxa  hisobini  to'g'rilashga  tayyorgarlikni 
boshlab  yuboradi.  Shu  maqsadda  papa  Rimga  yetakchi  nemis  astronomi  va  matematigi 
Regiomont (1436-1476)ni taklif qildi. Lekin olimning bevaqt o'limi tufayli papa bu ishni keyinga 
surishga  majbur  bo'ladi.  XVI  asrda  kalendar  masalasi  bilan  Lateran  (1512-1517)  va  Triden 
(1545-1563)  soborlari  shug'ullanadi.  1514-yilda  Lateran  sobori  kalendar  islohoti  bo'yicha 
maxsus  komissiya  tuzadi  va  Yevropada  mashhur  bo'lgan  astronom  Nikolay  Kopernik  (1473-
1543)ni  Rimga  taklif  qiladi.  Nikolay  Kopernik  o'sha  davrda  tropik  yilining  uzunligi 
aniqlanmagani uchun komissiya tarkibida ishtirok etishdan bosh tortadi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling