Reja: Grigoriy kalendarining umumevropa kalendari sifatida qabul qilinishi
Download 28.49 Kb.
|
1 2
Bog'liqZAMONAVIY KALENDAR LOYIHALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Dekret vaqti. 6 . Vaqt xizmati .
- Kalendar islohoti bo`yicha 1 va 2 jahon urushlari davrida Millatlar ligasi shug`ullandi, keyinroq esa BMT ham bu masala bilan shug`ullandi
- Grigoriy Kalendarning joriy etilishi: 2
- Hijriy yil.
- Hijriy shamsiy yil.
MAVZU: ZAMONAVIY KALENDAR LOYIHALARI. REJA: 1.Grigoriy kalendarining umumevropa kalendari sifatida qabul qilinishi 2. O’n uch oylik kalendar loyihalari. 3.O’n ikki oylik kalendar loyihalari 4.Mahalliy va mintaqa vaqti. 5. Dekret vaqti. 6.Vaqt xizmati. Grigoriy kalendari hozirgi kunda asosiy xalqaro kalendar hisoblanadi. Uni dunyodagi barcha davlatlar qabul qilgan. U hozir deyarli 433 yoshga kirgan (1582 y). Kalendarning aniqligi etarli darajada yuqori, lekin uning qator kamchiliklari ham e’tirof etilgan. Uning bir yillik xatosi 0,0003 kunni tashkil etadi, xolos. Uning quyidagi nuqsonlarini ko’rsatish mumkin: 1 Oylarning uzunliklari har xil: 28, 29, 30 va 31 kun. 2 Turli xil uzunlikdagi oylarning kelishi tartibsiz. Masalan, dekabr 31 kun, yanvar 31 kun, fevral 28 kun. 3 Yil boshi tabiat bilan bog’lanmagan. 4 Yil fasllarda kunlar soni 90 dan 92 gacha. Birinchi yarim yillik ikkinchisidan oddiy yilda 3 kunga, kabisa yilida 4 kunga qisqa. 5 Hafta kunlari doimiy bir oy kunlari bilan mos tushmagan. Turli oy va yillarda ish kunlari soni turlicha. 6 Oy nomlari eskirib qolgan, hech qanday ahamiyatga ega emas. Bundan tashqari har yili juda katta xajmdagi kalendarlar chiqariladi. Ana shu sabablardan kelib chiqib 1923 yilda Jeneva shaxrida Millatlar Ittifoqida kalendarni isloh etish bo’yicha xalqaro qo’mita tuzilgan edi. Qo’mita shu vaqtgacha bir necha yuz yangi kalendar loyihalarini muhokama etdi.1 Kalendar islohoti bo`yicha 1 va 2 jahon urushlari davrida Millatlar ligasi shug`ullandi, keyinroq esa BMT ham bu masala bilan shug`ullandi. Islohotlar loyihasining bosh maqsadi, turli oylardagi haftaning 7 kunlik «yagonaligini ishlab chiqish edi. Loyihalar ichida mashhuri bu yilni 4 chorakka (13 haftadan) bo`lish edi. Qo`shimcha kunlar (oddiy yilga 1, kabisa yilida 2 kun)ni «oq kunlar» sifatida haftadan tashqari hisoblab, ularni «tinchlik kunlari» deb ataydi. Har bir chorakning 1-oyi 31 kundan, 2-oy esa 30 kundan bo`lib, yil oxirida qolgan 365-kun bor edi. Ushbu loyihada har bir chorak yakshanbadan boshlanib, shanbada tugaydi. Boshqa loyihada yil 13 oylik 4 haftadan (28 kun) va 1 kun esa haftaga bog`liq bo`lmay qolardi. Yangi kalendarni amaliyotda qo`llash murakkabligi shu ediki, u avvalo universal bo`lmog`i va har tomonlama qulay bo`lishi shart edi. Yo`qsa ko`plab kuch, vaqt va mablag`lar xalqaro, diplomatik, madaniy, iqtisodiy va savdo ehtimoli bor edi. Tan olingan kalendar esa har tomonlama ishonchili bo`lishi kerak edi. Masalan, yildagi 13 oyning 52 haftasi 13 ga teng bo`linib, har bir oy 4 haftaga taqsimlanadi. Ushbu variantda istagan har oyning birinchi kuni dushanba bo`ladi. Bir kun (kabisa yilida 2 kun) 52 haftadan iashqari deb, ular bayramlar yoki yangi yilga to`g`ri keladi. Kabisa yilini oddiylashtirish bo`yicha professor Medler (mashhur astronom V. Ya. Struvedan so`ng Tartu shahridagi universitet observatoriyasini ko`p yillar boshqargan) ning loyihasi ahamiyatlidir. Medler kabisa yillarini 32 yilga emas, hozirgidek 33 yilga taqsiMilashni taklif qiladi. Ushbu yangilik kabisa yilining yuz yilliklar oxiridagi noqulaylik muammolarini bartaraf etib, kalendar aniqligini oshiradi. Boshqa bir taklifga ko`ra haftani qisqartirib, shanba kunini olib tashlash va 6 kunlik hafta hosil qilish edi. Unga ko`ra 12 oy 30 kundan bo`lib, har bir oy aniq 5 haftadan bo`lardi. Ushbu holda kalendarda 5 «bechora» kun ortiq qolib, ularni yil oxiriga qo`yish aytiladi (XVIII asr oxiridagi frantsuz respublika kalendariga o`xshash). Dekabr’ va yanvar’ oylari o`rtasidagi yangi yilga, aprel’ va may, oktyabr’ va noyabr’ va dekabr’ o`rtalariga 5 o`z davrida Millatlar Ligasi qoshida kalendar islohoti bo`yicha maxsus qo`mita tuzilib, u 1923 yildan ishlay boshlagan hamda 200 kalendar loyihasini tanlagan. Birinchi loyihada yil 13 oydan (har oy 28 kun) va 1 kun Yangi yil bo`lgan. Ikkinchi loyihada yil 4 chorakka 91 kundan bo`linib, 4 oy 31 kundan qolganlari 30 kundan iborat bo`lgan. Millatlar Ligasi ikkinchi loyihani tasdiqlagan. Hamma davlatlar Yangi kalendarni 1939 yilning 1 yanvarida kiritishlari shart edi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi kalendar islohotiga xalaqit berdi. Urushdan so`ng kalendar islohoti maslasi qo`yildi va u Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida muhokama qilindi. Bu safar kalendar kalendar islohotining tashkilotchisi Hindiston bo`ldi, chunki uning hududida bir vaqtning o`zida ko`plab kalendar amaliyotda qo`llanilib, qator murakkablik va noqulayliklarni keltirib chiqarar edi. Mashhur fizik professor Mad Nak Sak boshchiligida mamlakatlari, Yevropaning barcha davlatlari bosimi ostida yangi kalendar loyihasi ma`qullandi va u Butunjahon kalendarida yil ayni bir xil 91 kunlik choraklarga bo`linib, uning birinchi oyi 31 kundan, qolganlari 30 kundan iborat edi. 91 kun 7 kunga qoldiqsiz bo`linadi. Har bir chorak 13 haftadan iborat bo`lib, 4 chorak 364 kun bo`ladi. Ortiqcha bir kun xalqlar o`rtasida Butunjahon tinchlik bayrami deb e`lon qilish va uni yil oxirida yangi yildan oldin qo`yish taklif etildi. Kabisa yilida yana bir kun ortiqcha bo`lib, uni ham xalqaro bayram-«kalendarsiz kun» deb 1 iyuldan oldin qo`yish loyihada bor edi. Butunjahon kalendarida 7 kunlik hafta va 12 oylik yil hisobi saqlandi. Ushbu loyihaga ko`ra yangi yil har yili faqat Yakshanbaga to`g`ri kelardi. Butunjahon kalendarida 7 kunlik hafta va 12 oylik yil hisobi saqlandi. Ushbu loyihaga ko`ra Yangi yil har yili faqat yakshanbaga –1 yanvarga to`g`ri kelardi (har bir chorak boshi 1 aprel’, 1 iyul’, 1 oktyabr’ ham yakshanbaga to`g`ri kelardi. Buyuk davlatlar Angliya, Frantsiya, Xitoy va o`sha davrdagi Sovet Ittifoqi yangi kalendarni butun dunyodagi davlatlar qo`llashga rozilik bersalargina ular ham ushbu kalendarga o`tishlarini bildirdilar. Oxirgi daqiqalarda esa AQSh hukumati o`zining norozilik bayonotini bildirib, Yangi kalendarga o`tmasligini e`lon qildi. Vaholanki, maxsus komissiya Yangi kalendarni ma`qullagan edi. AQSh noroziligi ko`plab ta`sirli diniy tashkilotlar bosimini ifodalardi. Chunki yangi kalendarda hshafta kunlari ortiqcha Tinchlik bayrami tufayli shanba kungi ibodatlarga xalaqit berardi. 1961 yil 1 yanvar’ yana yakshanbaga to`g`ri keldi, biroq yangi kalendar loyihasi amaliyotga kiritilmadi. Yangi kalendar tarafdorlari hozir ham uni joriy etish uchun harakat qilmoqdalar. Hozirgi kunda esa muammo, savol sifatida har yil ichidagi oylar oralig`idagi kunlarning aniq va qulaylik taqsimotidir. Grigoriy taqvimi o‘z afzalliklariga qaramay dunyoda tez tarqala olmagan. Grigoriy Kalendarning joriy etilishi: 2
Musulmonlar kalendari (Hijriy kalendar) to‘lik ma’noda sof qamariy kalendar hisoblanadi. U faqat oy fazalarining o‘zgarishiga asoslanadi.Dunyodagi ko‘pchilik Xalqlarning qamariy kalendarlari dehqonchilik va boshqa xo‘jalik extiyojlari ta’sirida keyinchalik qamariy-shamsiy kalendarga aylangan. Masalan, qadimgi vaviloniyaliklar, yaxudiylar, yunonlar, rimliklar avvaliga qamariy kalendardan foydalanganlar, keyinchalik esa yilfasllarining o‘zgarishiga moslashtirilgan qamariy- shamsiy kalendarga o‘tishga majbur bo‘lganlar. Musulmonlar kalendari hozir ham qamariy-shamsiy kalendarga aylanmay saqlanib qolgan dunyodagi yagona qamariy kalendardir. Mazkur kalendar Quyoshning harakatiga mutlaqo aloqador bo‘lmagan va butunlay Oyning aylanma harakatiga asoslangan kalendar bo‘lib, u hozirgi kunda islom dini davlat dini deb qabul qilingan Yaqin va O‘rta sharqdagi Jazoir, Indoneziya, Maroqash, Poqiston va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda qo‘llaniladi. Musulmonlar kalendari VII asrning birinchi choragida Arabistonda paydo bo‘lgan va keyinchalik arablar tomonidan boshqa xalqlarning majburan yoki ixtiyoriy islom diniga kiritilishi natijasida u shu xalqlar orasida ham tarqalgan. 1917 yilga qadar islom diniga e’tikod qilgan Kavkaz xalqlari, tatarlar, boshkirdlar, o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qirgiz va qozoqlar ham mana shu Hijriy yil hisobi kalendardan foydalanganlar. Hijriy yil. Hijriy so‘zi arabcha – ko‘chish so‘zidan olingan. Milodiy 610 yilda Makkada paygambarlik nozil bo‘lgan Muhammad alayxis-salom (570-632) ummaviy zodagonlarning qarshiligi va tazyiki tufayli o‘z izdoshlari bilan 622 yili Makkadan Madinaga (Yacribga) xijrat qiladi. Xijrat milodiy 622 yilning 8 sentabrida yoki qamariy yil Safar oyining 27 kuni sodir bo‘ladi.3Shu kuni rasulollox va uning izdoshlari Makkadan chiqib ketib, uch kun gorda turgach, Rabiul avval oyining 12-kuni Madinaga kirib boradilar. Xijrat 15 kun davom etadi. Rivoyatlarga ko‘ra xijrat haqidagi fikr paygambarimiz xotirasi Muharram oyida tug’ilgan, shuning uchun Hijriy yil boshi Muharram oyining birinchi kunidan , ya’ni xijrat sodir bo‘lganidan 56 kun hisoblanishi qonunlashtirilgan. 8 sentabrdan orqaga sanalib 56 kun chiqarib tashlansa, Muharram oyining birinchi kuni Milodiy 622 yilning 16 iyul juma kuniga, aniqrogi 15 iyuldan 16 iyulga (payshanbadan jumaga) o‘tar kechasiga to‘gri keladi. Musulmonlarda kunning almashuvi chegarasi tun oqshomi hisoblanadi. Xijratdan o‘n yetti yil o‘tgach, milodiy 638 yilda halifa Umarning buyrugi bilan mana shu xijrat vaqti – birinchi Muharram (milodiy 622 yil 16 iyulga to‘gri keladi) musulmon yil hisobining boshi deb e’lon qilinadi. Mana shu yil hisobi “Hijriy yil hisobi” deb yuritiladi. Hijriy yil hisobi ikki usulda olib boriladi: 1. Hijriy qamariy yil hisobi; 2. Hijriy shamsiy yil hisobi. Hijriy qamariy yil. Buni arab yilnomasi, Muhammad alayxis-salom yilnomasi deb ham yuritiladi. Qamariy (qamariya) so‘zi arabcha qamarun, ya’ni Oy so‘zidan olingan bo‘lib, yil hisobi Oyning Yer atrofida bir marta aylanib chiqishh davriga ketgan vaqt birligiga asoslangan. Ma’lumki, Oy yangi ko‘ringan nuqtasidan siljib, yana o‘sha nuqtasiga – Quyosh qarshisiga kaytib kelishi uchun ketgan vaqt – sinodik Oy davri 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2,9 soniyaga teng. Kalendarda yaxlitlikni ta’minlash uchun oy kunlari shartli ravishda 29 va 30 kunlik qilib olingan. Mana shunday hisobda bir yilda Oy Yer atrofini 12 marta aylanib chiqadi va bunga 354 kun ketadi. Ammo Oyning bu kalendariy davri bilan uning sinodik davri (29.12.44.2,9.) orasida tafovut bo‘lib, kalendariy oy sinodik oy davridan ortda qolib boradi. Shu sababli kalendariy yil 354 kundan, sinodik oy yili 354, 367 kundan iborat bo‘ladi. Oradagi bu farq har 30 yilda 11,013 kunni Tashkil qiladi. Mana shu ortib qolgan 11 kun 30 yillik davrning 11 yiliga (2,5,7,10,13,18,21,24,26,29) kabisa (355 kunlik), qolgan 19 yili oddiy (354 kunlik) tarzida hisoblanadi. Yil kabisa yoki oddiy ekanligini bilish uchun uni 30 ga bo‘lamiz. Agar bo‘lishdan qolgan qoldiq vuqoridagi 11 raqamdan biriga to‘gri kelsa, o‘sha yili kabisa bo‘ladi, qolgan yillar oddiydir. Masalan: 1417 Hijriy qamariy yil oddiy yoki kabisa ekanligini bilish uchun uni 30 ga bo‘lamiz. 1417 : 30 = 47,7, qoldiq 7. Vuqorida qayd etilgan 11 yilning uchinchisiga teng. Demak, 1417 Hijriy qamariy yil kabisa (355 kunlik) yil ekan. Musulmon qamariy kalendari bo‘yicha yil o‘n ikki oyga bo‘linadi. Qamariy yil oylari fasllar bo‘yicha qishdan kuzga, kuzdan yozga, yozdan baxorga va baxordan qishga qarab doimo siljib boradi. Hijriy - qamariy kalendar oylari.
Sinodik oyning davomiyligi bilan kalendar yilini tenglashtirish uchun vaqti-vaqti bilan zulxijja oyig’a bir kun ko‘shilib, 30 kunga yetkaziladi. Bunday yil kabisa deyiladi. (“Turk” va “Arab sikli”ni eslang). Hozir Hijriy qamariyning 1423 yili bo‘lib, uning birinchi muharrami 2002 yilning 15 martidan boshlandi. Hijriy qamariy yil kabisa (355 kunlik), milodiy va Hijriy shamsiy yillar oddiy (365 kunlik) bo‘lsa – oradagi farq 10 kun; har uchala yil ham kabisa bo‘lsa (355 va 365 kunlik) oradagi farq 11 kun; Hijriy qamariy yil oddiy (354 kunlik), milodiy va Hijriy shamsiy yillar kabisa (366 kunlik) bo‘lsa – oradagi farq 12 kunga teng bo‘ladi. Islom diniy an’anasi qamariy yil hisobiga asoslangan bo‘lib, diniy muassasalar ishlari shu asosda yuritiladi, barcha diniy ma’raka, marosimlar, bayramlar, urf-odatlar, tarixiy voqealar, adabiy kitobat sanalari, tavallud va rixlat hisoblari va shu kabi bir qator boshqa tadbirlar qamariy asosida olib boriladi. Bilamizki islom dini besh ustun asosida qurilgan: iymon, namoz, zakot, ro‘za, xaj. Mamlakatimizda Konstitusiyaga (31-modda) muvofiq fuqarolarning vijdon erkinligi xuquqi ta’minlangan. Har yili musulmonlar hijriy qamariy hisob bo‘yicha ro‘za tutib, xaj ziyoratiga boradilar. Islomda shariat yuzasidan yangi oy ko‘rinishiga qarab aniqlanishi lozim bo‘lgan kunlar: ro‘za tutish uchun Ramazon oyining birinchi kuni, ro‘zadan chiqishh uchun Shavval oyining birinchi kuni, xaj va Qurbonlik qilish uchun Zulxijja oyining birinchi kuni. O‘tmishda shu kunlarni aniqlashda yangi oyni kuzatish uchun ko‘zi o‘tkir kishilar ufq yaxshi ko‘rinadigan tepaliklarda kuzatish olib borganlar va ularning xabarlari asosida Kalendarning yangi oyi boshlangan. Ana shulardan kelib chiqib yurtimizdagi behisob tepalar yangi oyni aniqlash, azon aytish yoki namoz vaqtlarini belgilash uchun xizmat qilgan desak xato bo‘lmas. O‘tmishda musulmon mamlakatlarining astronomlari yangi oyning qachon ko‘rinishini oldindan aytib berish uchun Oy va Quyoshning osmondagi vaziyatlarini e’tiborga olib, hisob-kitob qilishgan. Masalan, IX asr boshida buyuk vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy Bag’dod kenglamasi uchun oldindan yangi oyning tuzilish jadvalini tuzgan. Bunda u muayyan kun uchun Quyosh va Oyning botish paytlari hisoblanib, bu vaqtlar orasidagi farq 48 daqiqadan ortiq bo‘lsa, yangi oy ko‘rinadi degan fikrga asoslangan. Musulmonlar kalendarini turlicha talkin etib ba’zan kamchiligini ko‘rsatishadi. Bu kalendar 1400 yilga yaqin vaqt mobaynida (o‘rtada bir kunlik farqni hisobga olmaganda) to‘lik amal qilib kelmoqda va shunday davom etadi. Yer yuzidagi barcha xalqlar, millat va elatlarning o‘z urf-odatlari bo‘lganidek, Muhammad paygambar musulmonlarni boshqa semit xalqlaridan farqlash, islom dinini o‘rnini saqlash uchun qamariy yilga ko‘shimcha o‘n uchinchi oyni yoki ayrim oylarga ko‘shimcha kunlarni ko‘shishni butunlay takiklaganlar. Xadisi sharifda: “Oyni ko‘rib ro‘zaga kiringlar, Oyni ko‘rib ro‘zadan chiqinglar, agar xavo bulut bo‘lib Oy ko‘rinmasa, Sha’bon oyini o‘ttiz kun qilib keyin ro‘za tutinglar”, - deyiladi. Bu xadisga rioya qilinsa diniy amallar o‘z o‘rniga tushib ketaveradi. Hijriy shamsiy yil. Shamsiy (shamsiya) so‘zi arabcha shams (un) – Quyosh so‘zidan olingan. Shamsiy yil hisobi Quyosh kalendari demakdir. Hijriy shamsiy yil davomiyligi Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishhiga ketgan vaqt bilan hisoblanib, bu vaqt 365 kun 5 soat 48 daqiqa 48 soniyaga teng. Bu yil hisobida ham yaxlitlikni ta’minlash maqsadida uch yil 365 kundan hisoblanib oddiy yil tarzida olinadi. Har to‘rt yilda yil kunlarining kasr qismi jamlanib, bir kunga tenglashtiriladi. Shu to‘rtinchi yil 366 kunlik, ya’ni kabisa bo‘ladi. Quyosh osmon gumbazi sirti bo‘ylab o‘zining yillik aylanma ko‘rinma harakati yo‘lida osmonning 12 ga teng maydonini bosib o‘tadi. Mana 12 ga teng maydonning har birida to‘p yulduzlar turkumi mavjud bo‘lib, ular klassik ilmi nujumda burjlar majmui deb ataladi. “Burj”ning lug’aviy ma’nosi rus tilidagi “znak zodiak” ga to‘g’ri keladi va u eski turkiy manbalarda tub ipak atamasi bilan atalgan. Har bir burjni nomlashda uning shakli, ko‘kda tutgan o‘rni va harakat xususiyatlarini aks ettirishga e’tibor berganlar. Hijriy shamsiy yil ham hijriy qamariy yil kabi milodiy 622 yilning 16 iyul kunidan boshlab hisoblangan. Ammo yangi yilning birinchi kuni baxorgi tengkunlik – 21 martga mos keluvchi Hamal oyining birinchi kuni – Navro‘zi olamdan – tabiatning uygonish vaqtidan nishonlanadi. Oddiy va kabisa yillar nisbatiga ko‘ra ayrim yil boshlari 20 yoki 22 mart kunlariga to‘gri kelishi mumkin.4 Download 28.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling