Batafsil bayon etilgan


Rim  papasi  Grigoriy  XIII  ning  kalendar  islohoti


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

Rim  papasi  Grigoriy  XIII  ning  kalendar  islohoti.  XVI  asr  o'rtalariga  kelib,  kalendarni 
isloh qilish masalasi kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo'lib qoldi. 1582-yilda Rim papasi 
Grigoriy XIII maxsus komissiya tuzdi, uning tarkibida Balon universiteti professori astronom va 
matematik  Ignatiy  Danti  (1536-1586)  ham  bor  edi.  Bu  komissiyaga  yangi  kalendar  loyihasini 
tuzish vazifasi topshiriladi. Komissiya taqdim etilgan barcha kalendar loyihalarini ko'rib chiqib, 
italiyalik matematik va vrach Aloiziy Luiji Lilio (1520-1576) loyihasini ma'qul topdi. Luiji Lilio 
Perudji  shahridagi  universitetda  meditsinadan  dars  bergan.  Ushbu  kalendar  loyihasini  uning 
o'limidan  so'ng  ukasi  Antonio  Luiji  nashr  qiladi.  Kalendar  loyihasi  papa  Grigoriy  XIII 
tomonidan  qabul  qilinadi  va  kunni  10  kun  oldinga  surishga  farmon  beradi.  Qabul  qilingan 
loyihadagi tuzatishlar quyidagicha edi: 
1.   1582-yil 4-oktabr payshanba kunining ertasi 5-oktabr emas, balki 15-oktabr juma kuni 
hisoblanadi.  Bu  bilan  yuqoridagi  10  sutka  xato  tuzatilib,  bahorgi  tengkunlik  21-martga  to'g'ri 
keldi. 
2.   Kelgusida  yana shunday xato  yig'ilmasligi  uchun 400  yilda 3 sutka  kam  hisoblanishi 
kerak,  buning  uchun  Yulian  kalendarida  400  yilda  100  ta  kabisa  yili  o'miga  97  ta  kabisa  yili 
hisoblanadi.  Yulian  kalendarida  asrni  ifodalaydigan  raqamlarning  to'rtga  bo'linmaydiganlarini 
kabisa  yili  emas, balki oddiy  yil hisoblashga qaror qilindi. Masalan, 1600, 1700, 1800,   1900,  
2000,  2100.    2200,    2300,  2400  yillar  Yulian  kalendarida  kabisa  yillari,  yangi  hisob  Grigoriy 



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling