Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
74 kalendarida esa faqat 1600, 2000, 2400 yillari kabisa yillari, qolganlari oddiy yil, chunki 17, 18, 29, 21, 22, 23 sonlari to'rtga bo'linganda qoldiq qoladi. Grigoriy kalendarida yilning davomiyligi 365,242500 sutkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 sekundga ortib boradi va salkam 3300 yilda bu bir kunni tashkil qiladi. Grigoriy kalendaridagi xatoning qiymatini aniqlash uchun dastlab kalendar yilining uzunligini aniqlashimiz kerak bo'ladi. Har 400 yilning 303 yili 365 kundan, 97 yili esa 366 kundan iborat. Demak, to'rt asrda 303·365 + 97·366 = 110595 + 35502 = 146097; uni 400 ga bo'lamiz: 146097:400 = 365,242500. Demak, Grigoriy kalendari tropik yildan 0,000305 sutka ortiq. Bu esa 3280 yildagi xato bir sutka demakdir. Grigoriy kalendarini yanada aniq qilish mumkin. Buning uchun 4000 yilda bir marta kabisa yili kamaytiriladi. Natijada 4000 yilda 1,22 sutka farq paydo bo'ladi. Grigoriy kalendarida Yulian kalendariga nisbatan kabisa yillarini hisoblash murakkab. Har ikkala vaqt oralig'idagi farqni hisoblashga kelsak, isloh qilingan vaqtida farq 10 sutka bo'lsa, 1700-yilning 29-fevralidan boshlab, bu farq 11 sutka bo'ladi, 1800-yilning 29-fevralidan boshlab esa 12 sutka, 1900-yilning 29-fevralidan boshlab, 13 sutkaga etdi. 2000-yilda har ikkala hisobda ham kabisa yili bo'lganligidan 13 sutka farq 2100-yilning 29-fevraligacha o'zgarmay qoladi, undan so'ng 14 sutka bo'ladi. 1973-yilda butun dunyoda Kopernikning 500 yillik yubileyi nishonlandi. Uning eski hisob bo'yicha 1473-yil 19-fevralda tug'ilgani ma'lum. Lekin bizning bugungi kunda Grigoriy kalendarini ishla-tayotganimiz tufayli uni shu hisobga aylantirish zarur. Buni qanday hisoblaymiz? XVI asrda ikki kalendar orasidagi farq 10 kun bo'lgan va bu bugungacha davom etgan. Bunda 325-yilda Nikey soborida Yulian kalendarining qabul qilinganda bahorgi tengkunlik 21-martga to'g'ri kelganligini ham unutmasligimiz kerak. Ikki kalendar o'rtasidagi farqni 1-mart 1700-yildan quyidagi jadvaldan bilishimiz mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling