Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

 
78 
Shuni  aytib  o'tish  kerakki,  taklif  qilinayotgan  loyihalar  kalendarning  ichki  tuzilishiga 
o'zgartirish kiritmaydi. Ularda faqat yilning bir xil kvartal va oylarga bo'linishi va hafta kunlariga 
moslashishnigina  o'z  ichiga  oladi.  Bu  loyihalarni  tuzilishi  bo'yicha  ikkita  guruhga  bo'lish 
mumkin: 1) 13 oylik kalendar loyihalari; 2) 12 oylik kalendar loyihalari. 
O'n  uch  oylik  kalendar  loyihalari.  XX  asrda  o'n  uch  oylik  kalendar  loyihasini  ko'p 
olimlar ma'qullashdi. Bu loyiha bo'yicha kalendar yili bir xil 28 kunli 13 ta oydan, har bir oy 4 
haftadan iborat  bo'ladi.  Har bir oy  yakshanbadan boshlanib,  shanba  bilan tugaydi. Haftada ikki 
kun dam olish kuni bo'lganligidan, bir oyda 20 ish kuni va 8 ta dam olish kuni bor. 28 kunli 13 
oydan iborat kalendar yili 364 sutka bo'ladi. Kalendar yilini tropik yilga to'g'rilash uchun har yili 
bir  sutka,  kabisa  yillarida  esa  ikki  sutka  qo'shiladi  va  bu  kunlar  xalqaro  bayram  hisoblanadi. 
Qo'shimcha kunlarning nomlari (hafta hisobida) ham, sanasi ham bo'lmaydi. Ularning birinchisi 
dekabrning oxirgi  kuni  bilan  yanvarning birinchi  kuni  orasiga joylashtirib,  «tinchlik va xalqlar 
do'stligi kuni» deb ataldi. Ikkinchisi esa har to'rt yilda bir marta, yozda, iyunning oxirgi kuni va 
iyulning  birinchi  kuni  orasiga  joylashtirilib,  u  «kabisa  yili  kuni»deb  nomlandi.  O'n  uch  oylik 
kalendarning qulayliklari shundaki, unda hamma oylardagi kunlarning soni bir xil, haftalar ikkita 
oyga tushib bo'linib qolmaydi. Har bir oyda ish kuni va dam olish kunlarining soni bir xil. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling