Dekret vaqti. Sobiq Ittifoqda mintaqa vaqti Xalq komissarlari Soveti dekreti bilan 1919-
yil 1-iyuldan boshlab kiritilgan. Tabiiy yorug'likdan samarali foydalanish hamda xalq xo'jaligi va
turmushda elektr energiyasini mutanosib taqsimlash maqsadida ko'p mamlakatlarda soat millari
suriladi. Mintaqa vaqtidan bir soat oldinga suriladigan vaqt dekret vaqti deyiladi. Soat millarini
bir soat oldinga siljitish hukumatning maxsus farmoni (dekreti) bilan faqat yoz paytida (u holda
vaqt «yoz vaqti» deyiladi) yoki yilning hamma payti uchun bajariladi. Sobiq Ittifoqda yoz vaqti
bir necha bor joriy etilgan. Hukumatning 1930-yil 16-iyunda chiqargan dekreti bilan sobiq Ittifoq
hududidagi hamma soatlarning mili bir soat oldinga siljitilgan. Unga ko'ra, Toshkent 5-
mintaqada joylashgan bo"lsa-da, 6-mintaqaning vaqtidan foydalangan, ya'ni Grinvich vaqtidan 5
soat emas. balki 6 soat oldindagi vaqtga amal qilgan. Ma'lum bir joyning dekret vaqti T o'zining
mintaqa vaqti T
n
va dunyo vaqti T
g
bilan quyidagi munosabatda bo'ladi:
T
g
=T
n
+I
h
; T
g
=T
0
+n
h
+I
h
.
1976-yilning oktabr oyida Angliyada ham dekret vaqti joriy qilingan bo'lib, u O-mintaqada
joylashgan bo'lsa-da, vaqti 1-mintaqa vaqtiga to'g'ri kelgan va bu vaqt London vaqti deb atalib,
dunyo vaqtidan bir soat ilgari yurgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |