Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Vaqt xizmati. Vaqt xizmati, birinchidan, vaqtni aniqlash va «saqlash», uni aniq vaqt
radiosignallari yordamida uzatish va qabul qilishga doir uyg'unlashgan ishlar majmuyidir. Aniq vaqt yulduzlarni kuzatish orqali va boshqa usullar bilan aniqlanadi. Uni astronomik soat 1 yoki boshqa vaqt etalonlari yordamida «saqlanadi». Vaqt xizmati astrometriya 2 tadqiqotlari jumlasiga kiradi. Ikkinchidan, vaqtni aniqlash, uni aniq yuradigan soatlar yordamida «saqlash», vaqt 81 radiosignallari yordamida uzatish va qabul qilish kabi ishlar bilan shug'ullanadigan astronomik muassasa hisoblanadi. Astronomik kuzatishlar yordamida aniq vaqtni topish yoritgichlar, masalan, yulduzlarning meridiandan o'tish (kulminatsiya) paytida soat to'g'rilamasini aniqlashdan iborat. Soat to'g'rilamasi yetarlicha aniq bo'lishi uchun, odatda, 10-12 yulduz kuzatiladi. Baqt xizmati asosan meridianga o'rnatilgan passaj asboblari bilan ta'minlanadi. Ba'zan fotograflk zenit trubadan ham foydalaniladi. Hozirda fotoelektrik passaj asbobi ko'p qo'llaniladi. Har sutkada topilgan soat to'g'rilamalarining farqi olinib, soatning sutkali yurishi (ilgarilashi yoki orqada qolishi) topiladi. Astronomik soatning sutkali yurishiga asoslanib, astronomik kuzatishlar o'tilmagan paytlar uchun ham aniq vaqtni hisoblab topish mumkin. Bunday paytlarda juda aniq yuradigan bir necha astronomik soatlar yordamida aniqlanadi va «saqlanadi». Bunda mayatnikli, kvars va atom soatlardan foydalaniladi. Baqt xizmatida har kunning ma'lum soatlarida aniq vaqt signallarini berib turadigan stansiyalar mavjuddir. Dunyodagi vaqt xizmatlar ishlarini Parijdagi Xalqaro Baqt byurosi boshqarib turadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling