Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
84 Qipchoqda 14-asrda 1 misqol = 4,41 g bo'lgan, lekin amalda og‘irligi 4,46 g bo'lgan misqol ishlatilgan. Hindistonda 1 misqol = 4,583 g (Kalkutta shahrida 1 misqol = 4,415 g) bo'lgan. Shimoliy Afrikada 1 misqol = 4,72 g, Sharqiy Afrika (Mozambik)da 1 misqol = 4,41 g bo'lgan. 706 yilda Amudaryo tomon kelgan Qutayba boshliq arablar mafialliy aholining boyligiga hayratga qoldi. Ular juda katta o'ljaga - oltin idishlar, haykalcha va boshqa buyumlarga ega bo'ldi. Eritilgan tilloning o'zi 150 ming misqolga teng kelgan. Taxmin qilishlaricha, Qutayba xazinadagi barcha tillo buyumlarni bir joyga yig'ib eritishni buyurgan. Bundan 50 ming misqol oltin hosil bo'lgan ekan. Qadoq - og'irlik o'lchov birligi. Juda qadimdan qo'llanilib keladi. l qadoq = 409,512 g. Qiymat jixatidan 1 funtga teng bo'lgan ; 1 qadoq = l funt. Funtning qiymati ishlatilishi joyiga qarab har xil bo'lgan. Masalan, Rossiyada 1 funt = 409,512 g bo'lsa, Angliya va AQSH da 1 funt = 0,45359237 kg, 453,592 g. O‘rni kelganda shuni ta'kidlash kerakki, Angliya funti 453,592 g bo'lib, u Misr xinasi /Misr xinasi=0,454 kg hajmidagi suv og‘irligiga teng. Bulardan ko'rinib turibdiki, o'zbek qadoqining qiymati qadimdan to hozirgacha o'zgarishsiz bo'lib, o'lchov birligi sifiatida qo'llanilib kelmoqda. Chunki 40 qadoqga tenglab olingan va qadimdan to hozirgi kungacha qo'llanib kelayotgan pud hozirgi kunda ham 16,3805 g ga teng. Bunga asosiy sabab, qadoqni 1 arpa doni = 0,0409512 g va 1 misqol =100 arpa doni bo'yicha aniqlash bo'lib, unda 1 qadoq = 100 misqol 100x100 Arpa doni=409,512g ekanligidir. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling