Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
83 OG'IRLIK O'LCHOV BIRLIKLARI TIZIMI. № Og'irlik o'lchov birliklarining nomlari Birliklarning qadoq bo'yicha qiymatlari Xalqaro birliklar tizimidagi qiymatlari 1 1 arpa doni 1.110 4 0,04095=0,00004095kg 2 1 misqol=100 arpa doni 1-10 2 4,095g =0,004095 kg 3 1 qadoq =100 misqol 1 409,5 g = 0,4095 kg 4 1 kumush tosh = 250 misqol 2,5 1023,75r =1,02375 kg 5 1 oltin tosh = 500 misqol 5 2047,50 g = 2,0475 kg 6 To'rtdan bir pud 1000 misqol 10 4095,0 g =4,095 kg 7 Yarim pul =2000 misqol 20 8190,0 g = 8,190 kg 8 1 pud = 4000 misqol 40 16380,0 g = 16,38 kg 9 l kichkina botmon=8 pud 320 131040 g = 131,04 kg 10 1 botmon = 10 pud 400 163800 g =163,80 kg 11 1 katta botmon = 16 pud 640 262080 g = 262,08 kg 12 1 eng katta botmon = 20 pud (bu ko'pincha botmon – motmon deb ham ataladi. 800 327600 g = 327,60 kg (Jadval N. Axrorov kitobidan olindi.) Pitl – og‘irlik o‘lchov birligi, Agar 1 xorazm dirhami = 3,125g ligi hisobga olinsa, u holda 1 pitl = 330x3,125 = 1031,25g bo‘ladi. Beruniy va ibn Sino asarlarida 1 ritl = 340 gramm deb berilgan. Misqol - og'irlik o'lchovi va o'lchov birligi mamlakatimizda, shuningdek, boshqa ba'zi mamlakatlarda qo'llanilgan. Bobokalonlarimiz oldida misqolning og'irligini belgilash muammosi ko'ndalang bo'lgan. Ular bu muammoni arpa va bug'doy donlaridan foydalanib hal qildilar. Ular 1 misqolning og'irligini o'zlari yetishtirgan arpa (yoki bug'doy) donidan yo‘z donasining og'irligiga tengladilar. Agar bir dona arpa donini qadimda o'rtacha 0,0409512 g ga teng qilib olishganini hisobga olinsa, u holda 1m=100 arpa doni =100x0,0409512 = 4,09512 g bo'ladi. Lekin arpani yetishtirish davri, joyi va sharoitga qarab, uning katta-kichikligi, ya'ni og'irligi ham har xil bo'lgan. Quyida misqol qanday qiymatlarga ega bo'lganligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan: Xorazimda 14 - asrda va undan oldin 1 arpa doni 0,0455 g deb qabul qilingan, 1 m-4,55 bo'lgan, 19 - asrga kelib 1 arpa doni =0,0453 g, 1 m = 4,53 g bo'lgan. Buxoroda misqolning ikki xil qiymati bo'lgan : 1 misqol =96 arpa doni= 4,8 g; ikkinchisi 1 misqol = 100 arpa doni =5 g bo'lgan. Samarqand xalqi 6-8 -asrlardan, balki undan ham oldin og'irligi 4,46 g bo'lgan misqollarni qo'llashgan. Bu misqollar ( l misqol = 4,46 g) hozirgi kunda ham mamlakatimizda, shuningdek, ba'zi sharq mamlakatlari ham qo'llanilmoqda. Farg'ona vodiysida Xorazmning 100 arpa doniga teng va qiymati 4,55 g bo'lgan misqoli qo'llanilgan ( 1 misqol= 100 arpa doni = 4,55 g). Beruniy va Ibn Sino asarlarida berilgan jadvallarda misqolning o'rtacha qiymati 4,25 g ga teng qilib berilgan. Misqolning boshqa mamlakatlardagi qiymatlari quyidagicha bo'lgan: Misrda uning qiymati 0,195 g li 24 karat bilan aniqlanadi. Bu holda 1 misqol = 24 karat = 24 x 0, 195 = 4,68 g. Suriyada misqolning qiymati 3,14 g bo'lgan dirhamni 12 5 1 ko'paytirish yo'li bilan aniqlangan ; 1 misqol = 12 5 1 dirham =17/12 x 3,14 = 4,4483 g bo'lgan. Iroqda bir misqol =4,46 g bo'lgan. Eronda 14-asrda 1 misqol 4,3 g ga,18 asrda 4,613 g ga , 1890 yildan keyin esa 4,639 g ga teng bo'lgan; lekin amalda 16 -asrdan boshlab misqolning 4,6 g li qiymati ko‘proq qo'llanilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling