Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir eshak yuk
G‟ichcha - og'irlik o'lchov birligi; asosan Toshkent viloyatida qo'llanilgan. Qiymati
Toshkent mannining, ya'ni Toshkent botmonining 1024 dan bir bo'lagiga teng bo'lgan. Agar 1 Toshkent mannini yoki botmonini 10,5 pudga, l pudni esa 16,3805 kg ga teng ekanligining hisobga olinsa u holda 1 G'=l/1024xl0,5xl6,3805=167,96=168g bo'ladi. Ag'ra- og'irlik o'lchov birligi; Xivada qo'llanilgan; qiymati joylardagi misqolning og'irlik qiymatiga qarab har xil bo'lgan. Masalan, 19-asrda: a) l A=l/360 mann. Xorzmda 1 mann = 20000 g bo'lganligi hisobga olinsa, unda 1A =1/360 x 20000 = 62,5 g; b) agar Ag'ra qiymati 5 g bo'lgan Buxoro misqoli orqali ifodalansa, 1A =12,5 Buxoro misqoli =l2,5 x 5 = 62,5 g; v)Xorazmning o'zida Xorazmning 1 misqoli 4,53 g ga tengligi inobotga olinsa, 1 ag‘ra=13 misqol= 13x4,53 g =58,89 g; yuza o'lchov birligi; tanobni belgilash uchun qo'llaniladi. Ag‘ra tanobning 320 dan bir bo'lagiga teng. Ba'zan 40 ag'ra tanobning 8 dan bir bo'lagiga teng, deb ham yuritiladi. Agar l gaz=71sm bo'yicha hisoblangan tanob qiymati 1814,76 m2 ni olsak, unda lagra=l/320 tanob = l/320xl814,76 = 5,671125 m2 =5,671 m2 40 ag‘ra = l/8 tanob=l/8xl 814,76=226,845 m2 . Bu holda ham 1 ag‘ra=5,671m2 bo'ladi. Shira-katta og'irliklar o'lchov birligi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qo'llanilgan. Qiymati 19-asr ma'lumotiga ko'ra 4 pudga teng. Demak, l shira=4pud=4xl6,3805=65,522kg bo'lgan. Bir eshak yuk - bir yerdan ikkinchi yerga tashib borilishi lozim bo'lgan yukning muayyan og‘irligi. Ko'pincha, qisqa qilib, yuk, ba'zi joylarda esa har-var deb ham yuritilgan. Qiymati ishlatilishi joyi va vaqtiga qarab har xil bo'lgan. 13-14-asrlarda mamlakatimizda 83,2 kg yuklar qo'llanilgan. Al-Umariyning xabar berishicha, Xorazmda 16-asrda 1 eshak yuk =100 Xorazm ratili =100 x l,03125=103,125 kg bo'lgan. Amur Temurning ‖Temur tuzuklari‖ asarida keltirilgan ma'lumotlariga qaraganda bir harvar, ya'ni leshak yuk 300 kg ga yaqin bo'lgan, Buxoroda bir eshak yuk 170-175 kg ga teng bo'lgan. Mana shu qiymat 17-asrda Xorazmda ham qo'llanilgan. Ba'zi joylarda bir eshak uuk =1B2,146 kg ekanligi to'g'risida ham ma'lumotlar berilgan. Ser - og'irlik o'lchov birligi. O'rta Osiyoda o'rta asrlardan qo'llanilgan . Serning qiymati to'g'risida Bobur o'z asarida 40 serning bir botmonga tengligi to'g'risida yozgan, demak bir ser botmonning 1/40 bo'lagiga teng ekan. Botmon qiymati bo'yicha o'sha vaqtda mann bilan bir xil ekanligidan l ser=l/40 mann (botmon) kichkina mann (botmon) ning 18-asrda 3,686 kg ekanligidan 1 ser=l/40 mann=l/40X3,686=92,15 g bo'ladi. Lekin serni misqol orqali hisoblaganda u boshqacha qiymat-ga ega bo'ladi: 1 ser=168 masha=33,6 misqol. Agar bir misqolning 4,55g ga tengligidan foydalanilsa unda 1 ser=152,88 g bo'ladi. Eronda to 1935 yilgacha lser=74,24g bo'lgan, keyinchalik bu qiymat yaxlitlanib, l ser 75g ga tenglashtirilgan. Bog'cha - og'irlik o'lchov birligi. Qiymati 4 botmonga teng. (1 botmon-163,80 kg.) ya'ni 1 bog'cha = 4 botmon. Agar Bobur bergan ma'lumotlarni ya'ni 1 botmon =1344 misqol va Farg'onada 1 misqol =100 arpa= 4,55g ekanligi inobatga olinadigan bo'lsa, u holda 1 botmon 6,1152 kg bo'ladi, ya'ni bir bog'cha = 4 botmon= 4x6,l 152 kg =24,46 kg. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling