Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

Chaqirim  (chaqirmoq  so'zidan  )  -  uzunlik  o'lchov  birligi.  Qadimdan  O'rta  Osiyo  katta 
masofalarni  o'lchash  uchun  qo'llanilib  kelingan.  Qiymati  1200  qadamga  teng.  Agar  bir  qadam 
o'rtacha 0,75 m ekanligini hisobga olinsa, unda 1 chaqirim = 1200x0,75=900m=0,4 km ga teng 
bo'ladi. Biroq 19-asrning oxiri va undan keyingi vafftlarda chop etilgan adabiyotlarda 1 chaqirim 
1500 gazga, ya'ni 1500 olchinga teng ekanligi to'g'risida ham ma'lumotlar uchrab turadi. Bunda 
gaz va olchinlarning o'zaro tengligi, shuningdek, ularning 0,71 : 0,72 m ekanligi hisobga olinsa, 
unda 1 chaqirim =1500(0,71-0,72)=l,065-l,08 km bo'ladi.  
Umuman  Chor  Rossiyasining  1894  yilda  rus  o'lchov  birligiga  o'tish  to'g'risidagi 
ko'rsatmasi  chiqqan  davrgacha  1  chaqirim  =  0,9  km,ko'rsatma  chiqqandan  keyin  1  chaqirim 
=1,06-1,08 km ga teng bo'lgan. Hozirgi vaqtda esa 1 chaqirim deganda 1 km tushuniladi. 
‖O'zbekiston xalqlari tarixi‖ kitobida VII-asrda shaharlar unchalik katta emas edi, masalan, 
Afrosiyob harobalari 3,5 chaqirim (1 chaqirim -1,6 km) atrofida bo'lgan deb yozilgan. 
 Gaz  -1)  Uzunlik  va  masofalarni  o'lchashdagi  asosiy  o'lchov  birligi;  arshinning  o'zginasi 
O'rta Osiyoning, shu jumladan O'zbekistonning ba'zi joydarida zar deb ham  yuritilgan. Qiymati 
0,71 m deb qabul qilingan. Gaz uch xil uslda aniqlangan: 1-usulda o‘zatilgan qo'lning barmoqlar 
uchidan  yelkagacha  bo'lgan  masofa  (70-75  sm)  (birinchisi);  kukrakning  o'rtasigacha  bo'lgan 
masofa,  (80-90  sm)  (ikkinchisi);  to  ikkinchi  yelkagacha  bo'lgan  masofa  (105-110  sm) 
(uchinchisi),  2-  usulda  gazning  o'lchami  1  barmoq  =  6  arpa  doni,  1  arpa  doni-6  ishchi  otning 
yoliga tengligi  orqali aniqlanadi.  Respublikamiz hududida 1 gaz = 24 barmoq  bo'lgan;  arag bir 
barmoq  2,28  sm  bo'lsa,  1  gaz  taxminan  52,32  -54,72  sm  bo'lgan.  3  -usul  bo'yicha  gazning 
o'lchami  mushtum  (tutam)  orqali  aniqlanadi.  Bunda  bir  mushtum  4  barmoqqa  tengligi, 
shuningdek,  bosh  barmoqning  ko‘tarilgan  holatdagi  uzunligi  3  barmoqqa  tengligidan  yangi 
uzunlik  o'lchov  birligi  -«mushtum  ko'tarilgan  bosh  barmoq  bilan»  paydo  bo'ladi  va  u  miqdor 
jixatidan  7  barmoq  qiymatiga  teng  hisoblanadi.  Shulardan:  1  gaz  =6  mushtum  +1  mushtum 
ko'tarilgan bosh barmoq bilan = 6,4 barmoq +7 barmoq =31 barmoq. Demak; bu usulda 1 gaz 31 
barmoqqa teng ekan. Endi 1 barmoq o'rtacha 2,18 6- 2,28 sm ga tengligidan 1 gazning qiymati 
aniqlandi:  1  gaz  =  31  barmoq  =  31  x  (2,18-  2,28)  =  67,586-70,68  sm.  Gaz  qayerda  va  nima 
uchun qo'llanilishiga qarab uning qiymati har xil bo'ladi: l)Xorazmda gaz ikki xil o'lchovga ega 
bo'lgan; yer o'lchash uchun, mato o'ichash uchun, ya'ni 1 yer gazi = 49 barmoq, 1 mato gazi = 28 
barmoq ; 1 barmoq Xorazmda 2,078 sm ekanligi hisobga olinsa, 1 yer gazi =101,822 sm;l mato 
gazi = 58,184 sm ekanligi kelib chiqadi. Agar 1 barmoqni 2,18 sm ga teng deb olinsa, unda 1 yer 
gazi = 49x 2,18 = 106,82 sm; 1 mato gazi = 28x2,18 = 61,04 sm ekanligi kelib chiqadi. Shunday 
qilib,  Xorazmda  yer  o'lchash  uchun  qo'llaniladigan  gaz  106-107  sm  ga,  mato  o'lchash  uchun 
qo'llaniladigan gaz 61 sm ga teng ekan; 2) Buxoroda ham ikki xil gaz o'lchami qo'llanilgan.
 
                                                 
52
 
Zahiriddin Muhammad Bobur .‖Bobumoma‖  T. 1989. 5-50 betlar.
 
 



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling