91
yerlarda turlicha, ya'ni taxminan 1/6 gektardan 1/2 gektargacha qiymatga ega bo'lgan ; 2) uzunlik
o'lchash, yer o'lchash, chiziq tortish shu ko'rinishda ishlatiladigan uzun chilvir, reja ip, uzun
arqondan foydalanilgan.
Qari - uzunlik o'lchovi va o'lchov birligi; juda katta masofa uzunliklarni o'lchashda
qadimdan qo'llanilgan. Qiymati ishlatilgan vaqti va joyiga qarab har xil bo'lgan. Buni quyidagi
ma'lumotlardan ham ko'rsa bo'ladi; Bobur ‖Boburnoma‖ asarida 1 qari = 6 tutam, 1 tutam - 4 elik
ko'rinishidagi ma'lumotni keltirgan. Shunga asosan, 1 barmoq o'rtacha 2,083 sm ligidan, 1 qari =
6 tutam = 24 barmoq = 50 sm bo'ladi. Amalda mana shu qiymatdan 1,5 marta katta qiymatga ega
bo'lgan qari qabul qilingan, unda 1 qari = 75 sm bo'lib, u yo'l o'lchovi hisoblangan.
Xorazmda 1 barmoq = 2,078 sm bo'lgani uchun 1 qari 72 barmoq 72x2,078 =149,6 150
sm bo'lgan. Buxoroda mato o'lchash uchun 1 barmoq = eng katta qari =156 barmoq = 156x2,28
= 355,68 sm bo'lgan. Hozirgi vaqtda qari to'g'risida gap ketganda faqat 1 m ga uzunlik o'lchov
birligi tushuniladi.
‖Boburnoma‖ da eng ko'p qo'llanilgan masofa (uzunlik) birliklari ‖yig‖och‖,‖kurux‖, ‖
qari‖, ‖ shar‘i‖ so'zlaridir.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |