Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
92 Birinchisi -oddiy gaz 24 barmoqqa teng. Har bir barmoq (Xorazmdagidek) 2,078 sm qilib olingan. Shunda 1 gaz = 24 barmoq = 49,875 sm bo'lgan. Ikkinchisi - Buxoro qarisining uchdan biriga teng bo'lgan Buxoro shox gazi 106,82 sm ga teng. Yana gazning ikki shox gaziga teng bo'lgan qiymati ham bo'lgan va u xalq orasida katta gaz deb ham yuritilgan. Shunday qilib, 1 katta gaz = 2 shox gazi = 213,064 sm bo'lgan. Buxoroda 1740-yildan boshlab qiymati 36 barmoqqa teng bo'lgan gaz ham qo'llanilgan. Uning qiymati bir gaz = 36 barmoq =36x2,18 = 78,48 sm bo'lgan, 3) Samarqand, Toshkent va Farg'onada ham gazning ikki xil qiymati qo'llanilgan. Ulardan biri 40 barmoqqa, ikkinchisi esa 49 barmoqqa teng bo'lgan. 1 barmoq = 2,18 sm ekanligidan, birinchisi -1 gaz = 40 barmoq = 87,2 sm; ikkinchisi -1 gaz = 49 barmoq = 106,82 sm. Toshkent va Samarqandda ko'p roq bir barmoq = 2,28 sm bo'yicha aniqlangan, Xo'jandda bir barmoq 2,18 -2,28 sm bo'yicha aniqlangan 1 gaz = 67,58-70,68 sm ga teng bo'lgan. Yuqorida keltirilganlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, gaz o'lchovining qiymati qo'llanish davri, joyi va nimani o'lchashga qarab har xil bo'lgan. Lekin shunga qaramasdan, bu o'lchov birligi amalda 1000 yillardan beri qo'llanilib kelingan hatto hozirgi kunda ham xalq orasida, ya'ni muomalada miqdori 0,71 m bo'lgan uzunlik o'lchovi birligi sifatida qo'llanilmoqda. 2) Azaldan xalqimiz orasida qo'llanilib kelingan uzunlik jihatidan 0,71 m ga teng bo'lgan arshin yoki olchin kabi uzunlik o'lchov vositasi; 3) Respublikamizning ba'zi joylarida gaz hajm o'lchashda ham qo'llanilgan. Masalan; gaz bilan moy hajmi o'lchangan. l gaz hajmi = 310 - 325 kub sm ga teng bo'lgan, bu esa 0,310 - 0,325 1 ga to'g'ri keladi. Xiva xonligining harbiy ahvoli haqida rus sayohatchisi Nikolay Muravyov mana bu ma'lumotlarni beradi: ‖Muhammad Rahimxon‖ saltanat kursiga o‘lturgunga qadar qabilalar orasida avjiga mingan o'zaro urush-talashlar va tashqaridan qilingan bosqinlar oqibatida xalq, (ayniqsa) badavlat kishilar o'zini bosqin va talon-talojlardan saqlash uchun uylarini mustahkamlab qal'aga aylantirganlar. Bu mustaxkamlangan (kichik) qal'alar, yoki qo'rg'onlar ko'pincha o'zlarining dala bog'lari o'rtasida qurilgan. Uning ichida turar joylar, hovuzlar, qo'rg'on sohibi va xizmatkorlarning uylari, tegirmon, qushxona, molxona, omborxona va boshqalar favquloldda yuz bergan hodisalar vaqtida 100-150 kishini saqlaydigan narsalar bor. Bu qal'alalar to'rt burchakli paxsadan bino qilingan, ba'zilarida devor tagida tosh qo'yilgan. Devorning past qismi to'rt arshin (Arshin-Rossiyada amalda bo'lgan uzunlik o'lchovi; 0,711 metrga teng bo'lgan) tepa qismi yarim arshin balandligi 3 sajen (sajen- 2,13 metrga barobar bo'lgan uzunlik o'lchovi) atrofida, devor tashqarisida, (har yer-har yerdaj paxsadan dumaloq suyanchiqlar qo'yilgan. Devorning tepa qismiga ko'ngiralar qilingan... Xonlikning yuqorida tilga olingan beshta shahari: Xiva, yangi Urganch, Shovot, Kot va Gurlan ham mustahkam paxsa devor bilan o'ralgan. Shu sababdan Xivaliklar qal'a deb ataydilar... Qal'alarda birorta ham zambarak yo'q; ularda askar ham yo'q shaharlarini aholisining o'zi himoya qilishi kerak bo'ladi. Xivaliklarda muntazam qo'shin yo'q. Urush chiqib qolgudek bo'lsa, qo'shin o'zbeklar va turkmanlardan tuziladi. Qo'shin asosan sipohiylar tabaqasidan. U xonning buyrug'i bilan belgilangan yerga to'planadi va asosan otliq askarlardan iborat bo'ladi. N. Muravyovning esdaliklarida o'zbeklarning fe'l atvori, tabiati va qiyofasi haqida ham e'tiborga loyiq ma'lum otlar keltirilgan. Unda xususan o‘qiymiz: ‖O'zbeklar umuman aqlli va yokimli, hazil mutoyibani yaxshi ko'radigan, biror ishga jazm qilgudek bo'lsa, qaroriga qat'iy to'g'ri so'z, yolg‘onni va egrilikni yomon ko'radigan, ruhi tetik, xushbichim va jismonan kuchli xalq ...Harbiy ishlarda xorib charchamaydiganlar, qo‘rqmas va jasur kishilardir ‖. 53 Chorak (fors -tojik ) - 1) O'rta Osiyoda, shu jumladan respublikamizda uzunlik o'lchovi - gaz yoki olchinning 1/4 ini belgilash uchun ishlatiladigan o'lchov. Agar 1 gaz = 1 olchin = 52 : 107 sm bo'lsa ,u holda 1 chorak =1/4 oilchin-1/4 x 52-107) =13-26,75 sm bo'ladi; 2) O'rta Osiyoda eng ko'p qo'llaniladigan og'irlik o'lchov birligi. U ba'zi joylarda 5 pudga, ba'zi joylarda 5 qadoqqa ya'ni 2,04756 kg ga teng bo'lgan . 53 Bo‘riboy Axmedov. O‘zbekiston tarixi manbalari. T ., 2001. 343 – 344- betlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling