Zira - uzunlik o'lchovi; 81,28 sm ga teng. Jarib-yer o'lchovi; bir tanob ; 4097 kv. metrga
teng bo'lgan.
Barmoq – uzunlik o'lchov birligi; O'rta barmoqning o'rta bo'glni eniga teng uzunlik. 1
barmoq 2,078 sm dan 2,28 sm gacha qiymatga teng. O'rta Osiyoda 18 asrda 1 barmoq 2,18/2,28
sm ga teng bo'lganligini hisobga olib, o'rtacha qiymati 2,28 sm bo'lishiga qaramay, uni
yaxlitlab, 2,25 sm ga teng deb qabul qilish mumkin.
Barmoq - adabiyotlarda angusht va asba (Barmoq kengligi) ko'rinishida ham uchraydi. a)
Boburiylardan Akbarshox (1542-1605) uzunlik va og'irlik o'lchovlarni joriy qilgan vaqtda
barmoq kengligi, ya'ni barmoqning ikki xil o'lchovi-2,078 va 2,252 sm bo'lishiga qaramasdan, u
barmoq kengligini 2,032 sm qilib olgan va bir tirsakni shu 2,0,32 sm li 41 barmoqqa bo'lgan,
ya'ni 1 barmoq = l/41 tirsak; b)17-asr ma'lumotlariga ko'ra, Buxoroda 1 barmoq bagra doniga,
larpa doni esa 6 ishchi ot yoli (qili) ga teng bo'lgan Demak, l barmoq=6 arpa doni = 36 ot qili.
Barmoq o'lchovi Xorazmda 2,078 sm ga teng bo'lgan. Barmoqning qiymati berilmagan taqdirda
uning o'rtacha yaxlitlangan qiymatini 2,25 sm ga teng deb olish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bo'gin-uzunlik o'Ichov birligi; quruvchilar orasida qo'llaniladi. U o'rta barmoqning
o'rtacha bo'gini eniga teng. l bo'gin taxminan 2,0/2,5 sm ga to'g'ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |