34
(Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.)
Quyosh chiqishidan botishigacha bo'lgan vaqt bir sutka hisoblangan. Yilning boshi bahorgi
tengkunlikdan boshlangan. Bu kalendar erasi Saka erasi hisoblangan (eramizning 78-yil 15-marti
uning boshlanishi hisoblanadi). Hindistonda mazkur kalendar va eralardan tashqari Kalyuga
erasi (boshlanishi er.avv. 3102-yil 18-fevral), Nirvana erasi (er.vv. 543 yilidan), Maxavira erasi
(er.avv. 527-yildan), Graxaparivritti erasi (er. aw. 24-yildan), Nevar erasi (eramizning 879-yil
20-oktabridan), Fazli (eramizning 1550-yil 10-sentabridan) eralari mavjud bo'lgan.
XVIII asrga kelib, Hindistonda Grigoriy kalendari qo'llanilgan. Bugungi kungacha
Grigoriy kalendari bilan birgalikda mahalliy kalendarlardan ham foydalaniladi. XX asrning
elliginchi yillarida Hindistonda kalendar islohoti o'tkaziladi. 1957-yilda Saka erasiga asoslangan
yagona milliy kalendar qabul qilingan. Mazkur kalendar Grigoriy kalendari asoslari asosida
tuzilgan. Shuningdek, unda qadimgi hind Quyosh kalendari xususiyatlari ham mavjud.
Kalendar 365 (kabisa 366) kun, 12 oydan iborat. Oylar 30-31 kundan, oddiy yilda birinchi
olti oy 30 kundan, qolgan oltitasi 31 kundan iborat. Kalendar quyidagi jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |