Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
1. Tot.
7. Famenot 2. Faofi. 8. Farmuti. 3. Atir. 9. Paxon. 4.Xoyyak 10. Payni. 5. Tibi. 11. Epifi. 6. Mexir. 12. Mesori. O'n ikkinchi oydan so'ng «epagamenlar» birinchi kun – Osiris, ikkinchi kun - Gora, uchinchi kun - Seta, to'rtinchi kun – Isida, beshinchi kun - Neftida deb atalgan. Ular Yer xudosi 32 Geb va osmon ma'budasi Nutlarning bolalari hisoblangan. Gerodot misrliklarda yil 12 oy va beshta qo'shimcha kundan iboratligi to'g'risida ma'lumot berib o'tadi. Misr kalendari qishloq xo'jaligi ishlari uchun qanchalik qulay bo‘lmasin, u tropik yildan 0,25 sutka qisqa edi. Bu to'rt yilda bir sutkani, 120 yilda bir yilni tashkil qiladi. Bu Misr «daydi» kalendarida 1461-Misr yili 1460-Yulian yiliga teng edi. Eramizdan avvalgi II ming yillikda Misr kalendarini isloh qilishga harakat qilinadi. Ular Misr kalendariga to'rt yilda bir kun qo'shadi va Misr kalendari tropik yilga tenglashtiriladi. Misrda giksoslar hokimiyati qulagandan so'ng yana an'anaviy Misr kalendari joriy qilinadi. Shundan boshlab, taxtga chiqqan Misr fir'avnlari yilning uzunligini o'zgartirmaslikka qasamyod qilgan. Eramizdan avvalgi III asrga kelib Ptolemey III Everget (er. aw. 246-222) bu qasamyodni buzib kalendar islohotini o'tkazadi. U eramizdan avvalgi 238-yil 7- martda kalendarda kabisa yilini joriy qilish to'g'risida maxsus farmon (mazkur farmon Kanon ibodatxonasi nomiga Kanon farmoni deb ataladi) beradi. Kanon farmonida shunday deyiladi: «Yulduz (Sirius) har to'rt yilda bir kun oldinga o'tib ketmoqda. Kelajakda yozda nishonlanadigan bayramlarni qishda nishonlamaslik uchun har to'rt yilda bir marta 360 kun va 5 qo'shimcha kundan so'ng va yangi yildan oldin bir kun qo'shilsin. Kalendar podsho Everget tomonidan tuzatilganini hamma bilsin». 1 Yozda Quyosh juda baland ko'tariladi, uning eng yuqori vaziyati 22 iyunda bo'ladi. Bu eng uzun kun yozgi quyosh tik turishi kuni deyiladi. Bundan keyin quyoshning kulminatsiya nuqtasi kun savin pasaya boradi. Uning yuqori ku'lminatsiyasi 22-dekabrda eng pastda bo'ladi. Bu quyoshning qishki tik turish kuni deviladi. Abu Rayxon Beruniy bu kalendar haqida shunday yozadi: ―Qibtiylar‖, ya‘ni qadimgi misrliklar boshqa biror millatning haftani ishlatishda eronlik, So‘g‘dlik va xorazmliklarga ergashgani bizga ma‘lum emas. Chunki qibtiylar, biz vuqorida aytgandek, to mamlakatni Ag‘ustus ibn Yuujis (Rim imperatori Avgust er. av. 30 yildan - eramizning 14–yili egallaganicha o‗ttiz kunni nom - banom ishlatganlar. 29 Bundan Qadimgi Misrda Yulian kalendari tuzilishidan salkam 200 yil oldin kabisa yilini bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Manbalardagi ma'lumotlarga ko'ra, Ptolemey III Evergetning bu islohoti hayotga tadbiq qilinmagan. Eramizdan avvalgi 26-yilga kelibgina Rim imperatori Avgust Misrda kabisa yili mayjud bo'lgan Yulian kalendarini joriy qiladi. Qadimgi Misrda dastlab yagona era bo'lmagan, ular fir'avnlaming hukmronligi davriga qarab yilni hisoblaganlar. Ellinizm davriga kelib, Nabonassar erasidan foydalanganlar. Eraning boshlanish sanasi Yulian kalendari bo'yicha eramizdan avvalgi 747-yil 26-fevralga to'g'ri keladi. III asrga kelib Misrda Diokletian erasini joriy qilinadi. Diokletian erasi boshi Yulian kalendariga ko'ra 284-yil hisoblanadi. Diokletian erasidan bugungi kunda xristian-koptlar diniy an'analarni o'tkazishda foydalanib keladi. Nabonassar va Diokletian eralari to'g'risida eralar mavzusida batafsil to'xtalib o'tamiz. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling