Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
31 Makkadan Madinaga hijrat qilgan yilining (ya'ni 622-yilning) bahorgi tengkunligiga ko'chirish qayd qilingan edi. Natijada islohotdan so'ng Yazdigird III kalendari o'rniga birinchi marta hijriy- shamsiy kalendari tuzildi. Binobarin, hijriy-shamsiy kalendari hisobida Malikshoh islohoti 458-yilda qabul qilindi. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga, Malikshoh sharafiga Jaloliy kalendari deb ham yuritilgan. Jaloliy kalendari Eronda XIX asrning o'rtalarigacha qo'llanilgan. So'ngra 12 yillik muchal sikli (sichqon, sigir, yo'lbars, quyon, baliq, ilon, ot, qo'y, maymun, tovuq, it va to'ng'iz) bilan yuritiladigan kalendarga o'tildi. Biroq, bu kalendar 1911-yilgacha ishlatildi. So'ngra yilning boshi yana bahorgi tengkunlik bilan mos keladigan «Burjiy kalendar»ga o'tildi. Bu kalendarda oylar Quyoshning yillik ko'rinma sohasida (zodiakda) joylashgan yulduz turkumlarining nomlari bilan hanial, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi, dalv va hut nomlari bilan yuritiladi. Bu kalendarda ham yil boshi bahorgi tengkunlikdan boshlanib, oddiy yilning uzunligi 365 kun. kabisa yillarining uzunligi 366 kun bo'lsa-da, «Burjiy kalendar» oylarida kunlarning soni bir xil bo'lmay, 29, 30, 31 va 32 kunlarga teng bo'ladi. Shuning uchun ham 1925-yilda yilning 21-martida Eronda majlis qarori bilan yangi hijriy-shamsiy kalendari joriy qilindi. Bu kalendarning erasi hijriy, ya'ni 622- yilning tengkunligidan boshlanib 365 (366) kundan, yilning 12 oyidan dastlabki olti oyi 31 kundan, keyingi beshtasi esa 30 kundan va oxirgi o'n ikkinchi oyi oddiy yillari 29 kundan, kabisa yillari esa 30 kundan edi. Ayni vaqtda Eronda bu kalendar rasmiy kalendar hisoblanadi. Unda oylar uchun Yazdigird III kalendaridagi oy nomlari qo'Haniladi. Bu kalendar bo'yicha 1993- yilning 21-marti 1372-yilning navro'ziga (1-farvardiniga) to'g'ri keladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling