Batafsil bayon etilgan
Farvardin moh. 7. Mehrmoh
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Dayba ozar. 23.Dayba din. 9. Ozar. 24. Din. 10. Obon. 25. Ard. 11. Xur. 26. Ashtoz.
1. Farvardin moh. 7. Mehrmoh.
2. Urdibihisbt moh. 8. Ohon moh. 3. Xurdod moh. 9. Ozar moh. 4. Tirmoh. 10.Day moh. 5. Murdod moh. 11.Baxman moh. 6. Shahrivar moh. 12.Isfandor moh. Oyda 30 kunning maxsus nomi ham bo‘lgan. Ular quyidagilar: 30 1. Xurmuz. 16. Mehr. 2. Bahman. 17. Sarush. 3.Urdubehisht. 18. Rashn. 4. Shahrivar. 19.Farvardin. 5.Isfandarmaz. 20. Bahrom. 6. Xurdod. 21. Rom. 7. Murdod. 22. Bod. 8. Dayba ozar. 23.Dayba din. 9. Ozar. 24. Din. 10. Obon. 25. Ard. 11. Xur. 26. Ashtoz. 12. Moh. 27. Asmon. 13. Tir. 28. Zomyoz. 14. Jo'sh. 29.Morasfand 15.Daybamehr. 30. Aniron. Qo'shimcha besh kun o'n ikkinchi oy isfandarmoh oxiriga qo'shiladi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha. bu besh kun qadimgi Eroncha «panji» yoki «andargoh» deb atalgan. Keyinchalik mazkur so'z arablashtirilib «andarjoh» deyilgan. Beruniy «andarjoh» kunlar doimo 12-oy oxiriga yoki boshqa oylar oxiriga qo'shilmay, ba'zan sakkizinchi (obon moh) va to'qqizinchi (ozar moh) oylari o'rtasiga qo'yilganligini ta'kidlagan. Yangi yil - farvardin oyining birinchi kuni bahorgi tengkunlik (21-mart)da boshlanadi. Yazdigird kalendarida har to'rt yilda yig'ilib qolgan bir kun 120 yilda bir oyni tashkil qilgan. Shu bir oy har 120 yilda o'n uchinchi oy joriy etilib, u yilning birinchi oyidan keyinga qo'shilgan va farvardin ikki deb atalgan. Ikki yuz qirqinchi yilda esa bu o'n uchinchi oy ordabehishtdan keyin kelib, ordabehisht ikki, uch yuz oltmishinchi yildagi uchinchi oy esa uchinchi oydan keyin qo'yilgan va xurdod ikki deb atalgan. Yil boshini bu xilda har 120 yilda qaytadan bahorgi tengkunlikka «qaytarish» yil hisobida katta noqulayliklarga sabab bo'ldi. Salkam to'rt yarim asr Eronning davlat kalendari bo'lib xizmat qilgan Yazdigird yil hisobidan Erondan tashqari boshqa davlatlar, xususan O'rta Osiyo xalqlari ham foydalandilar. VII-XI asrlarda Eron va O'rta Osiyoda yozilgan manbalarda, hujjatlarning ba'zilarida Yazdigird kalendari bilan qayd etiladi. Shuni ham aytish kerakki, Yazdigird yil hisobi XI asrda bekor qilingan bo'lsa-da, ayrim olimlar, kotiblar uni XIII asrga qadar qo'llaydilar. Yazdigird yil hisobini qo‗llashda ma'lum qiyinchiliklar yuzaga keladi. 1079-yilda Jaloliddin Malikshoh (1072- 1092) kalendar masalasini hal qilishni Umar Xayyomga topshiradi. Umar Xayyom boshchiligidagi komissiya aniqligi juda yuqori bo'lgan yangi Quyosh kalendarining loyihasini tayyorlaydi. Umar Xayyom boshliq komissiya Quyosh kalendarining xatoligini kamaytirish maqsadida kabisa yillarini Yulian kalendaridan biroz farq qiladigan yangi kombinatsiya bilan ishlatishni taklif qildi. Umar Xayyom kalendari loyihasiga ko'ra har o'ttiz yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yili davomida kabisa yillar, xuddi Yulian kalendari kabi yettita kabisa yildan (ya'ni, har to'rtinchi yili), sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan so'ng emas, balki to'rt yildan so'ng beshinchi yili qabul qilinadigan bo'ldi. Natijada bu kalendarda, sakkizta kabisa yili Yulian kalendaridagi kabi 32 yil ichida emas, balki 33 yil ichida qo'shiladigan bo'ldi. Demak, Umar Xayyomning kalendarida yil uzunligi 365 butun — sutkaga yoki, boshqacha aytganda, 365 sutka 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng bo'ldi. Umar Xayyom kalendarining xatoligi har yili atigi 19,5 sekundga teng. Umar Xayyom kalendari, Eronda Malikshoh farmonidan islohot bilan 1079-yilning 16- martida (bu davrda Yulian kalendari bo'yicha bahorgi tengkunlik shu kunga to'g'ri kelardi) yoki hijriy oy kalendari bo'yicha 471-yilning 10-ramazonida qabul qilindi. Bu kun Yazdigird kalendari bo'yicha 448-yilning 19-farvardiniga to'g'ri kelardi. Shuningdek, Malikshoh islohotida, yangi kalendar erasining boshini 622-yildan Muhammad payg'ambarning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling