Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

 
52 
huquqi  ta‘minlangan.  Har  yili  musulmonlar  hijriy  qamariy  hisob  bo‗yicha  ro‗za  tutib,  haj 
ziyoratiga boradilar. 
Islomda  shariat  yuzasidan  yangi  oy  ko‗rinishiga  qarab  aniqlanishi  lozim  bo‗lgan  kunlar: 
ro‗za  tutish  uchun  Ramazon  oyining  birinchi  kuni,  ro‗zadan  chiqishh  uchun  Shavval  oyining 
birinchi  kuni,  haj  va  Qurbonlik  qilish  uchun  Zulxijja  oyining  birinchi  kuni.  O‗tmishda  shu 
kunlarni  aniqlashda  yangi  oyni  kuzatish  uchun  ko‗zi  o‗tkir  kishilar  ufq  yaxshi  ko‗rinadigan 
tepaliklarda  kuzatish  olib  borganlar  va  ularning  xabarlari  asosida  Kalendarning  yangi  oyi 
boshlangan. 
Ana shulardan kelib chiqib  yurtimizdagi  behisob tepalar  yangi  oyni  aniqlash,  azon aytish 
yoki namoz vaqtlarini belgilash uchun xizmat qilgan.(A.D.)  
O‗tmishda  musulmon  mamlakatlarining  astronomlari  yangi  oyning  qachon  ko‗rinishini 
oldindan  aytib  berish  uchun  Oy  va  Quyoshning  osmondagi  vaziyatlarini  e‘tiborga  olib,  hisob-
kitob  qilishgan.  Masalan,  IX  asr  boshida  buyuk  vatandoshimiz  Muhammad  al-Xorazmiy 
Bag‘dod kenglamasi uchun oldindan yangi oy ko‘rinishi jadvalini tuzgan. Bunda u muayyan kun 
uchun Quyosh va Oyning botish paytlarini hisoblab, bu vaqtlar orasidagi farq 48 daqiqadan ortiq 
bo‗lsa, yangi oy ko‗rinadi degan fikrga asoslangan. 
Musulmonlar  kalendarini  turlicha  talkin  etib  ba‘zan  kamchiligini  ko‗rsatishadi.  Bu 
kalendar 1390  yilga  yaqin vaqt  mobaynida (o‗rtada bir kunlik farqni hisobga olmaganda to‗liq 
amal qilib kelmoqda va shunday davom etadi. 
Yer yuzidagi barcha xalqlar, millat va elatlarning o‗z urf-odatlari bo‗lganidek, Muhammad 
paygambar musulmonlarni boshqa semit xalqlaridan farqlash, islom dinini o‗rnini saqlash uchun 
qamariy yilga qo‘shimcha o‗n uchinchi oyni yoki ayrim oylarga  qo‘shimcha kunlarni qo‗shishni 
butunlay taqiqlaganlar. 
Xadisi sharifda: ―Oyni ko‗rib ro‗zaga kiringlar, Oyni ko‗rib ro‗zadan chiqinglar, agar xavo 
bulut bo‗lib Oy ko‗rinmasa, Sha‘bon oyini o‗ttiz kun qilib keyin ro‗za tutinglar‖, - deyiladi. Bu 
xadisga rioya qilinsa diniy amallar o‗z o‗rniga tushib ketaveradi. 
Hijriy shamsiy yil. Shamsiy (shamsiya so‗zi arabcha shams (un–Quyosh so‗zidan olingan. 
Shamsiy yil hisobi Quyosh kalendari demakdir. Hijriy shamsiy yil davomiyligi Yerning Quyosh 
atrofida  bir  marta  aylanib  chiqishhiga  ketgan  vaqt  bilan  hisoblanib,  bu  vaqt  365  kun  5  soat  48 
daqiqa  48  soniyaga  teng.  Bu  yil  hisobida  ham  yaxlitlikni  ta‘minlash  maqsadida  uch  yil  365 
kundan hisoblanib oddiy yil tarzida olinadi. Har to‗rt yilda yil kunlarining kasr qismi jamlanib, 
bir kunga tenglashtiriladi. Shu to‗rtinchi yil 366 kunlik, ya‘ni kabisa bo‗ladi. 
Quyosh  osmon  gumbazi  sirti  bo‗ylab  o‗zining  yillik  aylanma  ko‗rinma  harakati  yo‗lida 
osmonning  12  ga  teng  maydonini  bosib  o‗tadi.  Mana  12  ga  teng  maydonning  har  birida  to‗p 
yulduzlar turkumi mavjud bo‗lib, ular klassik ilmi nujumda burjlar majmui deb ataladi. 
Har bir burjni nomlashda uning shakli, ko‗kda tutgan o‗rni va harakat xususiyatlarini aks 
ettirishga e‘tibor berganlar. 
Hijriy shamsiy yil ham hijriy qamariy yil kabi milodiy 622 yilning 16 iyul kunidan boshlab 
hisoblangan.  Ammo  yangi  yilning  birinchi  kuni  bahorgi  tengkunlik  –  21  martga  mos  keluvchi 
Hamal oyining birinchi kuni – Navro‗zi olamdan – tabiatning uyg‘onish vaqtidan nishonlanadi. 
Oddiy va kabisa yillar nisbatiga ko‗ra ayrim yil boshlari 20 yoki 22 mart kunlariga to‘g‘ri kelishi 
mumkin. 
Hijriy  shamsiy  oylari  doim  yilning  muayyan  vaqtlarida  keladi,  Hijriy  qamariy  yil  oylari 
kabi siljib yurmaydi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling