”Kichkina mann” yoki «kichkina botmon» katta manning yarmiga teng bo'lgan (ba'zi
adabiyotlarda 1 kichkina mann=3,788 kg ekanligi to'g'risida ham ma'lumot uchraydi). 19- asrga
kelib botmon deb yuritilgan og'ir mann ham bo'lgan. Og'ir mann ya'ni botmon ikki xil qiymatga
ega bo'lgan; birinchisi 48 -50 qadoqqa teng, ya'ni botmon = 19,6565 -20,4756 kg bo'lgan (ba'zi
adabiyotlarda 19,247 -20,271 kg ga teng qiymatlari ham berilgan).
Ikkinchisi birinchi botmonga nisbatan ikki marta og‘ir bo'lgan va og‘ir botmon deb
yuritilgan. 19- asrga kelib ko‘proq 48 yoki 96 qadoqli mannlar qo'llanilgan. 19- asr o'rtalarida
asosan 1 mann 48 qadoq = 48x0,409512 kg= 19,65657 kg = 19,657 kg bo'lgan mann ishlatilgan;
shu davrda Urganchda 1 mann = 39,314 kg qo'llanilgan. 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida 50 va
100 qadoq bilan aniqlangan . 20,476 kg va 40,951 kg li mannlar ishlatilgan. Xorazmning bir
qancha joylarida 20 va 40 kg li mannlar ham qo'llanilgan. Xorazmning 4 ,53 g li misqoli bo'yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |